Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Fermentlar faolligining boshqarilishi


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Fermentlar faolligining boshqarilishi 
Metabolizmni tashkil etuvchi kimyoviy reaksiyalarning tezligi muhit sharoiti 
va fiziologik holatga bog‘liq ravishda o‘zgaradi (boshqariladi). Metabolizmni 
boshqarishning asosiy mexanizmlaridan bo‘lib ferment faolligini boshqarish 
hisoblanadi. Boshqarilishning 3 bosqichi mavjud:
1. Hujayra ichi boshqarilishi (substratlar, metabolitlar, aktivatorlar, 
ingibitorlar, pH, harorat, allosterik fermentlar). Bunday boshqarilish avtomatik 
kechadi.
2. Gormonal boshqarilish. Oqsil tabiatli gormonlar va aminokislota 
hosilalari hujayraviy fermentlarni adenilatsiklaza tizimi orqali, steroid gormonlar 
va tiroksin gen darajasida fermentlar sintezini jadallashtiradi.
3. Nerv tizimi orqali boshqarilish.
Hujayra ichi boshqarilishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) faol bo‘lmagan o‘tmishdoshning faollanishi – proferment yoki 
zimogenning;
b) faol bo‘lmagan oqsil-faol ferment kompleksini dissotsiatsiya qilish yo‘li 
bilan faollashtirish;
d) ferment molekulasiga spetsifik modifikatsiya qiluvchi guruhni kiritish 
orqali faollantirish (fosforillanish/defosforillanish);
e) teskari bog‘lanish orqali allosterik boshqarilish. Har bir fermentning 
faolligi avvalambor substrat va reaksiya mahsulotining konsentratsiyasiga 
bog‘liqdir:
V+1 
S ––→ P 
V-1 


58 
Substrat va reaksiya mahsulotlari bilan bir qatorda fermentlar faolligini 
boshqaruvchilarga koferment va kofaktorlarni keltirish mumkin. Biologik 
sistemalarda ular konsentratsiyasini o‘zgartirish bitta emas, balki bir guruh 
fermentlar faolligini o‘zgartirishi mumkin. Fermentlar faolligini va shu jumladan
metabolik yo‘llarni boshqarishda modifikatorlar muhim rol o‘ynaydi: ijobiy 
(effektorlar) va salbiy (ingibitorlar). Effektor vazifasini kofaktorlar, metallar, 
substratlar, metabolitlar o‘taydi.

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling