Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Fermentlar bilan ishlash jarayonida quyidagi metodlardan
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Fermentlar bilan ishlash jarayonida quyidagi metodlardan
foydalaniladi: 1. Polyarometriya 2. Yadro magnit rezonans (YaMR) 3. Elektron paramagnit rezonans 4. Radioktiv izotop 5. Spektrofotometriya 6. Rentgenologik taxlil 7. Kristallografiya 8. Mass-spektroskopiya Hujayra ichidagi va hujayra tashqarisiga chiqadigan fermentlarni ajratib olish va ularni tozalashni dastlabki bosqichida juda ham katta farq bor. Biomassani kultural suyuqlikdagi metabolitlardan, jumladan hujayra tashqarisiga chiqqan fermentlardan ajratish jarayoni unchalik murakkab bo’lmasdan, stentrafuga, separator hattoki oddiy filtrlash (zamburug`lar uchun) orqali amalga oshiriladi. Oqibatda kimyoviy tarkibi bo’yicha xilma-xil metabolitlar saqlovchi kultural suyuqlikni filtrati biomassadan ajratib olinadi. Odatda, filtrat ajratiladigan fermentni 80%ga yaqinroq bo’lgan faolligini saqlaydi va keyingi texnologik manipulyastiyalarga tayyor eritma hisoblanadi. Hujayra ichidagi fermentlarni ajratib olish uchun biomassa, unda sorbstiya bo’lib qolgan komponentlardan tozalash uchun distillangan suv yoki juda ham suyultirilgan bufer bilan bir necha marotaba yuvib tashlanadi. Hujayra strukturasini buzib, ichidagi fermentlarni ajratib olish uchun har xil usullardan foydalaniladi: mexanik (sharikchalar yordamida buzish; kvarst qumlari bilan artish), fizik (ultratovush, gidravlik qimirlatish, muzlatib-eritish) va boshqalar. Buzilgan biomassadan fermentni pH ko’rsatkichi fermentga to’g`ri keladigan suyultirilgan bufer yordamida amalga oshiriladi. Hujayrani buzilgan qismlari stentrafuga yordamida ajratiladi. Nuklein kislotalar fermentlar yordamida parchalanadi yoki yuqori molekulali kationlar yordamida cho’ktiriladi. Bu operastiya ayniqsa nuklein kislotasi ko’proq bo’lgan bakteriyalar va achitqilardan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling