Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Transferazalar tabiatda keng tarqalgan fermentlar bo’lib, maxsus
guruhlarni ko’chirish bo’yicha ular fosfotransferaza, aminotransferaza glikoziltransferaza, astiltransferaza va boshqalarga bo’linadi. Bu sinf 9 ta kichik sinfga bo’linadi: 2.1. Faqat uglerodli guruxlarni tashiydi; 2.2. Aldegid va ketonlarni tashiydi; 2.3. Ochiq guruxlarni tashiydi; 2.4. Glikozil guruxlarni; 2.5. Metillanmagan alkillarni tashiydi; 2.6. Azotni tashuvchi; 2.7. Fosfat guruxlarni tashiydi Sistematik nomi ATF: fruktozo-6-fosfat-fosfotransferaza Ishchi nomi Fosfofruktokinaza Sinf 2. Transferaza Kichik sinf 2.7. fosfat guruxni tashuvchi Kichik kenja sinf 2.7.1. Spirt guruxi aksteptor sifatida Tartib raqami KF 2.7.1.11 17 Fosfotransferazalar fosfat kislota qoldiqlarini ko’chirish reakstiyalarini katalizlaydi. Bu ferment ishtirokida fosforlangan birikmalar modda almashinuvida osonlik bilan reakstiyaga kirishadigan moddalarga aylanadi. Mazkur kichik sinfga mansub bo’lgan barcha enzimlar odatda fosfat kislotaning donori sifatida ATF yoki boshqa nukleozidtrifosfatlardan foydalanadi va ularni kinazalar deb ataladi. Kinazalarga ATF dan fosfatni glisteringa ko’chiruvchi glisterolkinaza misol bo’ladi: Aminotransferazalar aminoguruhlarni ko’chirishda qatnashadilar. Bu fermentlar ikki komponentli bo’lib, koferment tariqasida peridoksalfosfat (fosforlangan vitamin V 6 ) ishtirok etadi. Glikoziltransferazalar monosaxaridlar qoldig`ini boshqa birikmalarga ko’chish reakstiyalarini ta’minlovchi ferment hisoblanadi. Bu fermentlar oligo-va polisaxaridlarning sintezi va parchalanishida ishtirok etadi. Uglevodlardagi glikozil qoldiqlari fosfat kislota molekulasiga ko’chirilsa, bu jarayon fosforoliz deb, ataladi va unda fosforilazalar reakstiyani katalizlaydi. Saxaroza hosil bo’lishida fosforilazalar glyukoza qoldig`ini fruktoza molekulasiga ko’chishini ta’minlaydi. Olego-va polisaxaridlarning sintezida glikozil qoldiqlari sifatida uridindifosfatglyukoza (UDF-glyukoza) hisoblanadi. Astiltransferazalar astetat kislota qoldig`i va boshqa karbon kislotalar astil qoldiqlarini ko’chish reakstiyalarini katalizlaydi. Mazkur fermentlarning faol qismini K 0 A tashkil etadi. Enzimning faol guruhi-S bo’lganligi va bu guruhga astil qoldig`i birikishi sababli koenzim A qisqacha qilib S-K 0 A deb ifodalanadi. Transastillanish reakstiyasiga misol tariqasida fosfoglisterindan ikki molekula astil-K 0 A ishtirokida fosfotid kislotasini hosil bo’lishini keltirish mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling