Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Mutloq spestifiklik. Bu xildagi spestifiklikka ega bo’lgan ferment faqat 
bittagina substratga ta’sir etib, substrat molekulasida ro’y bergan ozgina o’zgarish 
ham uning faolligini yo’qotishi mumkin. Masalan, ureaza faqat mochevinaga, 
alkogoldegidragenaza asosan etil spirtiga ta’sir etadi. 
Nisbiy spestifiklik. Bunday hollarda fermentlar substrat strukturasiga befarq 
bo’lib, faqat ular tarkibidagi kimyoviy bog`lar guruhiga qarab o’z ta’sirini 
ko’rsatadi. Peptid bog`larni gidrolizlovchi peptidaza va esteraza sifatida ta’sir 
etadigan tripisin fermentlari nisbiy spestifiklikka misol bo’ladi. 
Fermentlar faolligiga haroratning ta’siri. 
Harorat oshgan sari uning ferment-substrat kompleksiga ta’sir qilib, faolligi 
oshib boradi. Haroratning ma’lum chegarasida ferment faolligi maksimum 
bo’lishini, faollikning optimal nuqtasi deyiladi. Lekin harorat 40
0
Sdan oshganda 
ferment faolligi pasaya boshlaydi. Aksariyat fermentlar 60-80
0
S da butunlay 
faolligi yo’qolib, bunda ularning strukturasi o’zgarib, qaytmas denaturastiyaga 
uchraydi. 


36 
Fermentlar faolligiga haroratning ta’sirini grafik tarzda ifodalasak, u 
quyidagi ko’rinishda bo’ladi (7-rasm). 
10 20 30
50
100
90
80
70
60
to
50
V
 
7-rasm. Fermentativ reakstiya tezligining haroratga bog`liqligini ifodolovchi 
grafik. 
Lekin ayrim fermentlar 80
o
S dan yuqori haroratda ham faolligini saqlab 
qolishi mumkin. Masalan, tabiiy issiq suv manbalarida o’sadigan o’simliklarning 
fermenti 90
o
S dan yuqori faolligini saqlab qoladi. Ba’zi fermentlarning faolligi past 
haroratda ham yuqori bo’lishi mumkin. 
Vodorod ionlari konsentrasiyasining ta’siri. Organizmdagi ko’pchilik 
fermentlar pH-7 atrofida yuqori faollikka ega bo’ladi. Vodorod ionlarining 
o’zgarishiga ferment juda ta’sirchan bo’ladi. Bunga sabab fermentning faol 
markazidagi funkstional guruhlarning ionlanishidir. Muhitda pH-ning o’zgarishi 
ferment-substrat kompleksi o’rtasidagi kimyoviy bog`lanish darajasiga ham ta’sir 
qiladi.
Ayrim fermentlar kuchli kislota va ishqoriy muhitlarda ham faoliyat 
ko’rsatadilar. Masalan, oshqozondagi pepsinning ta’siri pH=1,5- 2,5 atrofida 
bo’ladi. Ichaklardagi fermentlar esa ishqoriy muhitda “ishlaydi”. Har bir 


37 
fermentning pH yaratgan optimal qiymati o’zgarsa, enzimning uchlamchi 
strukturasi ham o’zgarib, faolligi pasayadi (8-rasm). 
8-rasm. Fermentativ reakstiya tezligining pHga bog`liqligini ifodolovchi 
grafik. 
Fermentlarning ta’sir etish xarakteri ko’pincha substrat va reakstiyada 
ishtirok etadigan boshqa moddalar xususiyatiga ham bog`liq bo’ladi. Sababi, bu 
moddalar ham kuchsiz elektrolitlar bo’lib, tabiiy ionlanish xususiyatiga ega 
bo’lishidir. Demak, muhit pH ning o’zgarishi moddalarga va ferment faolligi ta’sir 
etadi. 


38 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling