Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksidoreduktazalar.
Fermentlarning shifri Fermentlarni sinflari shaklanrilishi bilan birga ularning nomenklaturalari shakllantirildi. Har bir fermentning o`zining 4 na raqamdan iborat raqami mavjud va bu orqali ferment haqida to`liq ma`lumot olish mumkin. Masalan: 1.1.1.27 - LDG (Laktatdegidrogenaza) • 1 – fermentning sinfi • 2 – kichik sinfi (qaysi gurux donor ekanligini ko’rsatadi) • 3 – kichik kenja sinf (qaysi gurux aksteptor ekanligini ko’rsatadi) • 4 – fermentning tartib raqami 1. Oksidoreduktazalar. Bu fermentlarning katalizlash reakstiyasini quyidagicha ifodalash mumkin: Substrat + Aksteptor Substrat (oksidlangan) +Aksteptor (qaytarilgan) Xalqaro klassifikastiya nomenklaturasiga ko’ra bu sinfning 22 ta kichik sinfi mavjud: • EC 1.1, C - O guruxi bilan ta’sirlashuvchi fermentlarni o’z ichiga oladi; • EC 1.2 aldegid yoki oksikarbon donorlari bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1.3 C - C guruxlari bilan ta’sirlashuvchi fermentlarni o’z ichiga oladi; 13 • EC 1.4, C - N2 guruxlari bilan ta’sirlashuvchi fermentlarni o’z ichiga oladi; • EC 1.5, C - N guruxlari bilan ta’sirlashuvchi fermentlarni o’z ichiga oladi; • EC 1,6 NAD · yoki NADF · guruxlari bilan ta’sirlashuvchi fermentlarni o’z ichiga oladi; • EC-1.7 donorlar sifatida azotli birikmalar bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1,8 tarkibida oltingugurt tutuvchi donor guruxlar bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1.9 donor sifatida gem guruxi bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1.10 difenollar va ular bilan bog`liq donorlar bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1.11 peroksid sifatida ta’sir qiluvchi fermentlar; • EC 1.12 donor sifatida vodorod bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1.13 molekulyar kislorod bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1.14 molekulyar kislorod bilan bog`langan donorlar bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1.15 superoksid radikallarini qabul qiluvchi fermentlar; • EC 1.16 metall ionlarini oksidlovchi fermentlar; • EC 1.17 C yoki C 2 guruxlari bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; • EC 1.18 donor sifatida temir-oltingugurt protonlari bilan ta’sirlashuvchi fermentlar; Keng tarqalgan oksidoreduktazalarning kichik sinflaridan oksidaza va degidrogenazalar uchraydi. Oksidazalar bular oksidoreduktazalar bo’lib, yuqorida ta’kidlanganidek, vodorod atomi yoki elektronlarning bevosita kislorod atomiga uzatishda yoki substrat molekulasiga kislorodni biriktiradi: 14 Degidrogenazalar vodorod atomini ajratuvchi oksidoreduktazalardir. Degidrogenazalar xoloferment bo’lib, ularning kofermentlari sifatida nikotinamidadenin-dinukleotid (NAD), flavinadenindinukleotid (FAD) va xinonlar uchraydi. Vodorod atomining ko’chishida NAD ning faol guruhi hisoblangan nikotin kislotaning amidi muhim ahamiyatga ega. Substratdan ajralgan ikkita vodorod atomining bittasi, nikotinamidning 4-holatidagi uglerod atomiga (S 4 ), ikkinchi vodorodning elektroni esa piridin halqadagi azotga ko’chadi va bir vaqtning o’zida hosil bo’lgan erkin proton reakstion muhitga o’tadi: N + R C O NH 2 N C R C O NH 2 H H + H + +2H -2H 15 NAD ga bog`liq degidrogenazalar vodorod atomini (spirt, aldegid, aminlar va boshqalar) substratdan gidrid-ion (N - ), protonlar (N + ) shaklida ajratadilar. Sut kislotasining (laktat) pirouzum kislotaga oksidlanishi NAD ga bog`liq degidrogenaza ishtirokida bo’ladi: Sistematik nomi Alkogol:NAD-oksidoreduktaza Ishchi nomi Alkogoldegidrogenaza Sinf 1. Oksidoreduktaza Kichik sinf 1.1. SN-ON-gruppa donoriga ta’sir qiluvchi Kichik kenja sinf 1.1.1. NAD + yoki NADF + aksteptori Tartib raqami KF 1.1.1.1. Kofaktorlari Nikotinamidadenindinukleotid. Temir yoki Rux. FAD tariqasidagi koferment tarkibida fosforlangan vitamin V 2 (riboflavinfosfat) tutib, ular substratdan 2 ta vodorod atomini ajratadilar: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling