Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
-rasm. Fermentlarni kimyoviy ajratish sxemasi
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Mikroorganizmlardan fermentlarni ajratib olish
1-rasm. Fermentlarni kimyoviy ajratish sxemasi
Shunday qilib kultural suyuqlikni filtrati (hujayradan tashqaridagi fermentlar ajratish uchun) va hujayra ichidagi fermentlar ekstrakti tayyor bo’ladi. Bu ikki eritma bir-biridan nima bilan farq qiladi? Hujayra tashqarisidagi filtrat odatda 15- 20 ta har xil oqsillar saqlaydi, hujayra ekstraktida esa oqsil spektri ancha ko’proq bo’ladi (2-rasm). Ko’pincha, tiniq holatdagi ferment eritmasi vakuumda parlatish orqali yoki ultrafiltrastiya yo’li bilan quyultirib olinadi. Bu usullar ferment eritmasini 5-15 marotaba quyultirib olish imkonini yaratadi. Quyultirilgan ferment eritmalari asbest yoki stellyuloza filtrlaridan o’tkazilib, tozalab olinadi. Kommerstiya uchun tayyorlangan ferment 9 konstentratlariga stabilizatorlar (osh tuzi, benzoatlar, sorbinatlar, ba’zida metall ionlari) solinadi. Agar zarur bo’lsa suyultiriladi. 2-rasm. Mikroorganizmlardan fermentlarni ajratib olish Quruq holatdagi ferment preparatlari olish uchun organik erituvchilar (etil spirti, izopropil spirti, asteton) yordamida (1hajm ferment konsentratiga 2-4 hajm organik erituvchi hisobidan) yoki noorganik tuzlar, (ammoniy sulfat yoki sulfat natriy) yordamida cho’ktiriladi, cho’kma stentrafuga yordamida ajratilib, vakuumda quritiladi. Quritilgan preparatlar havonchada maydalanib, unga qo’shimcha moddalar (kraxmal, dekstrinlar, ksiloza, osh tuzi yoki boshqa inert qo’shimchalar) qo’shib standartlanadi. Ko’pincha ferment preparatlari (suyuqlikda quruq modda miqdori 15% dan ko’proq bo’lsa) purkab quritiladi. Enzimologiya fanining yutuqlari asosida hozirgi kunda 2000 dan ortiq fermentlar toza holda ajratib olingan. Fermentlar va noorganik katalizatorlar 10 umumiy kataliz qoidalari asosida faoliyat ko’rsatib, ular o’rtasida o’xshash xususiyatlar bor: Energetik imkoniyati bor reakstiyalarni kataliz qiladilar; Reakstiya yo’nalishini o’zgartirmaydilar; Reakstiya jarayonida miqdoriy o’zgarish kuzatilmaydi; Reakstiya mahsulotlariga ta’sir qilmaydilar. Fermentlar bir necha xususiyatlari orqali noorganik katalizatorlardan farq qiladilar: Fermentlarning noorganik katalizatorlardan asosiy farqi, ular kimyoviy tarkibi bo’yicha oqsillardir. Fermentlar “yumshoq” sharoitda, (past harorat, normal bosim, ma’lum pH qiymatiga ega bo’lgan muhit) eng yuqori faollikka ega bo’ladi. Fermentning yagona molekulasi bir minutda substratning bir mingdan bir milliongacha bo’lgan molekulasini katalizlaydi. Bunday reakstiya tezligi noorganik katalizlarda kuzatilmaydi. Har bir ferment faqat aniq bir reakstiyaning yoki moddaning hosil bo’lishi yoki parchalanishini katalizlaydi. Fermentlarning reakstiya faolligi boshqarilishi mumkin, neorganik katalizatorlarda bu amaliyotni bajarish mumkin emas. Fermentlar termolabil bo’lib, kislota va ishqorlar ta’sirida tez faolligini yo’qotadi. Fermentlarning eng faol nuqtalari 40-50 0 S atrofida bo’ladi. Fermentlarning faolligiga aktivator va ingibatorlar ta’sir qiladi. Fermentativ reakstiyalar, ularning ketma-ketligi muayyan vaqt va makonda genetik tizim orqali rejalashtiriladi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling