Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


-rasm. Fermentlarni kimyoviy ajratish sxemasi


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

1-rasm. Fermentlarni kimyoviy ajratish sxemasi 
 
Shunday qilib kultural suyuqlikni filtrati (hujayradan tashqaridagi fermentlar 
ajratish uchun) va hujayra ichidagi fermentlar ekstrakti tayyor bo’ladi. Bu ikki 
eritma bir-biridan nima bilan farq qiladi? Hujayra tashqarisidagi filtrat odatda 15-
20 ta har xil oqsillar saqlaydi, hujayra ekstraktida esa oqsil spektri ancha ko’proq 
bo’ladi (2-rasm).
Ko’pincha, tiniq holatdagi ferment eritmasi vakuumda parlatish orqali yoki 
ultrafiltrastiya yo’li bilan quyultirib olinadi. Bu usullar ferment eritmasini 5-15 
marotaba quyultirib olish imkonini yaratadi. 
Quyultirilgan ferment eritmalari asbest yoki stellyuloza filtrlaridan 
o’tkazilib, tozalab olinadi. Kommerstiya uchun tayyorlangan ferment 



konstentratlariga stabilizatorlar (osh tuzi, benzoatlar, sorbinatlar, ba’zida metall 
ionlari) solinadi. Agar zarur bo’lsa suyultiriladi.
2-rasm. Mikroorganizmlardan fermentlarni ajratib olish 
Quruq holatdagi ferment preparatlari olish uchun organik erituvchilar (etil 
spirti, izopropil spirti, asteton) yordamida (1hajm ferment konsentratiga 2-4 hajm 
organik erituvchi hisobidan) yoki noorganik tuzlar, (ammoniy sulfat yoki sulfat 
natriy) yordamida cho’ktiriladi, cho’kma stentrafuga yordamida ajratilib, 
vakuumda quritiladi. Quritilgan preparatlar havonchada maydalanib, unga 
qo’shimcha moddalar (kraxmal, dekstrinlar, ksiloza, osh tuzi yoki boshqa inert 
qo’shimchalar) qo’shib standartlanadi. Ko’pincha ferment preparatlari (suyuqlikda 
quruq modda miqdori 15% dan ko’proq bo’lsa) purkab quritiladi.
Enzimologiya fanining yutuqlari asosida hozirgi kunda 2000 dan ortiq 
fermentlar toza holda ajratib olingan. Fermentlar va noorganik katalizatorlar 


10 
umumiy kataliz qoidalari asosida faoliyat ko’rsatib, ular o’rtasida o’xshash 
xususiyatlar bor: 

Energetik imkoniyati bor reakstiyalarni kataliz qiladilar; 

Reakstiya yo’nalishini o’zgartirmaydilar; 

Reakstiya jarayonida miqdoriy o’zgarish kuzatilmaydi; 

Reakstiya mahsulotlariga ta’sir qilmaydilar. 
Fermentlar bir necha xususiyatlari orqali noorganik katalizatorlardan farq 
qiladilar: 

Fermentlarning noorganik katalizatorlardan asosiy farqi, ular 
kimyoviy tarkibi bo’yicha oqsillardir. 

Fermentlar “yumshoq” sharoitda, (past harorat, normal bosim, ma’lum 
pH qiymatiga ega bo’lgan muhit) eng yuqori faollikka ega bo’ladi. Fermentning 
yagona molekulasi bir minutda substratning bir mingdan bir milliongacha bo’lgan 
molekulasini katalizlaydi. Bunday reakstiya tezligi noorganik katalizlarda 
kuzatilmaydi. 

Har bir ferment faqat aniq bir reakstiyaning yoki moddaning hosil 
bo’lishi yoki parchalanishini katalizlaydi. 

Fermentlarning reakstiya faolligi boshqarilishi mumkin, neorganik 
katalizatorlarda bu amaliyotni bajarish mumkin emas. 

Fermentlar termolabil bo’lib, kislota va ishqorlar ta’sirida tez 
faolligini yo’qotadi. Fermentlarning eng faol nuqtalari 40-50
0
S atrofida bo’ladi. 

Fermentlarning faolligiga aktivator va ingibatorlar ta’sir qiladi. 

Fermentativ reakstiyalar, ularning ketma-ketligi muayyan vaqt va 
makonda genetik tizim orqali rejalashtiriladi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling