Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Fermentlar bilan ishlash jarayonida quyidagi metodlardan


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Fermentlar bilan ishlash jarayonida quyidagi metodlardan 
foydalaniladi:  
1. Polyarometriya 
2. Yadro magnit rezonans (YaMR) 
3. Elektron paramagnit rezonans 
4. Radioktiv izotop 
5. Spektrofotometriya 
6. Rentgenologik taxlil 
7. Kristallografiya
8. Mass-spektroskopiya
Hujayra ichidagi va hujayra tashqarisiga chiqadigan fermentlarni ajratib 
olish va ularni tozalashni dastlabki bosqichida juda ham katta farq bor. Biomassani 
kultural suyuqlikdagi metabolitlardan, jumladan hujayra tashqarisiga chiqqan 
fermentlardan ajratish jarayoni unchalik murakkab bo’lmasdan, stentrafuga, 
separator hattoki oddiy filtrlash (zamburug`lar uchun) orqali amalga oshiriladi. 
Oqibatda kimyoviy tarkibi bo’yicha xilma-xil metabolitlar saqlovchi kultural 
suyuqlikni filtrati biomassadan ajratib olinadi.
Odatda, filtrat ajratiladigan fermentni 80%ga yaqinroq bo’lgan faolligini 
saqlaydi va keyingi texnologik manipulyastiyalarga tayyor eritma hisoblanadi. 
Hujayra ichidagi fermentlarni ajratib olish uchun biomassa, unda sorbstiya bo’lib 
qolgan komponentlardan tozalash uchun distillangan suv yoki juda ham 
suyultirilgan bufer bilan bir necha marotaba yuvib tashlanadi. 
Hujayra strukturasini buzib, ichidagi fermentlarni ajratib olish uchun har xil 
usullardan foydalaniladi: mexanik (sharikchalar yordamida buzish; kvarst qumlari 
bilan artish), fizik (ultratovush, gidravlik qimirlatish, muzlatib-eritish) va 
boshqalar. Buzilgan biomassadan fermentni pH ko’rsatkichi fermentga to’g`ri 
keladigan suyultirilgan bufer yordamida amalga oshiriladi. Hujayrani buzilgan 
qismlari stentrafuga yordamida ajratiladi. Nuklein kislotalar fermentlar yordamida 
parchalanadi yoki yuqori molekulali kationlar yordamida cho’ktiriladi. Bu 
operastiya ayniqsa nuklein kislotasi ko’proq bo’lgan bakteriyalar va achitqilardan 



(ularda nuklein kislotalar miqdori biomassadan 8-12% ni tashkil qiladi) ferment 
ajratishda albatta qo’llaniladi (1-rasm). 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling