Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


I BOB. ENZIMOLOGIYA FANINING NAZARIY QISMI


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

I BOB. ENZIMOLOGIYA FANINING NAZARIY QISMI 
 
1.1 Kirish. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixi 
Tirik hujayralarda kimyoviy jarayonlarni va modda almashinuvini 
boshqarishda bevosita ishtirok etuvchi, asosiy omillardan eng birinchisi-
fermentlardir (lotincha fermeptum-achitqi). Ular oqsil tabiatga ega bo’lib, biologik 
katalizatorlik vazifasini bajaradi. 
Fermentlar to’g`risidagi birinchi ma’lumotlar XVII asrda golland olimi Van 
Gelmond tomonidan spirtli bijg`ishda aniqlagan va “ferment” atamasini taklif 
qilgan.
XVIII asr oxirida Reomyura va Spallanstiya yirtqich xayvonlar me’da 
shirasida go’shtni hazmlanishi mexanik ta’sirda emas, balki kimyoviy jarayon 
tufayli amalga oshishini isbotlaganlar. 1836-yili esa T.Shvann me’da shirasida 
pepsin fermenti borligini kashf qilgan. XIX asrning oxirlarida fermentlarga enzim 
(yunoncha en-ichki, zume- achitqi) deb ham nom berilgan.
Biologik katalizatorlarga berilgan ikki nom achish jarayonini o’rganishdan 
kelib chiqqan. 
Rus olimi K.S. Kirxgoff birinchi bor kraxmalni shakarga aylanishida 
kimyoviy moddalar (fermentlar) ishtirokini ko’rsatgan bo’lsa, 1837-yili Payen va 
Perso ularni ajratib olgan va termobilligini aniqlaganlar.
Organizmda sodir bo’ladigan modda almashinuvi va bu jarayonning tashqi 
muhit bilan bevosita aloqada bo’lishi, oddiy sharoitda, engil holatda amalga 
oshishi fermentlarning bevosita faoliyatidandir. Tirik hujayrada sodir bo’ladigan 
reakstiyalarni laboratoriya sharoitida amalga oshishi kerak bo’lsa, reakstiyaga 
kirishayotgan substratni yoqish, kuchli bosim yoki konstentrlangan ishqor va 
kislotalar bilan ta’sirlantirilsa ko’zlangan maqsadga erishiladi. Organizmda esa, 
murakkab reakstiyalar katalizator-fermentlar yordamida osongina amalga oshadi. 
Shu yili Bersellius fermentlarni anorganik katalizatorlar bilan solishtirgan. M.M. 
Manasteina, G.Buxner va E.Buxner bu yo’nalishdagi ishlarni davom ettirgan



1890-yilda esa E. Fisher fermentlar spestifikligini “qulf-kalit” nazariyasi asosida 
ishlashini isbotlagan. 
Ushbu nazariya asosida 1903- yilda Viktor Genri fermentlarning ta’sir 
mexanizmini tasvirlaydigan matematik modelini taklif qiladi.
XIX asr oxirida Kyune “enzim” atamasini fanga kiritgan. XX asrning 
boshlarida I.P. Pavlov oshqozon-ichak yo’llarida fermentlar nofaol-proferment 
holatda bo’lishini, tripsinogenni enterokinaza ta’sirida faollanishini ko’rsatadi va 
fermentlar faolligini aniqlash usullarini yaratadi.
Mixaelis va Menten 1913-yilda fermentlar ta’sir etish mexanizmi va 
fermentativ kinetikani yaratishadi.
Biokimyo fanining mazkur sohasini-enzimologiya deb ataladi. Bu bo’lim 
fermentlarni ajratish,tozalash, molekulyar strukturasi, massasi unga ta’sir qiluvchi 
fizika-kimyoviy agentlarning faoliyatini o’rganadi. 
Inson amaliy faoliyatida xom-ashyoni qayta ishlash va oziq-ovqat 
tayyorlashda har xil fermentativ jarayonlardan foydalanib kelgan. Achitqi 
zamburug`idan non yopishda, sumalak pishirishda esa unayotgan bug`doy donidan 
olingan shiralardan foydalaniladi. 
Fermentlarni amaliy asosda o’rganish XVIII va XIX asrlardan boshlandi. 
Bu sohada nemis kimyogari Yu.Libix, mikrobiologiya faniga asos solgan franstuz 
olimi L.Pasterlar achish jarayonini tirik organizmdagi maxsus kimyoviy moddalar 
(fermentlar) bilan bog`laganlar. 
1926-yili Dj.Samner UREAZA fermentini kristall holda oladi va uni oqsil 
tabiatli ekanligini aniqlaydi. 1948-yilda Linus Poling fermentativ jarayonda 
fermentning faol markazi muxim ekanligini aniqlaydi.
Fermentlar haqidagi ta’limotning keyingi rivojlanishi fizika va kolloid 
kimyo fanlari erishgan yutuqlar bilan bog`liq. 
• 
1957-yili Viland va Pfleyderer fermentlarni molekulyar shakllarda-
izoferment ekanligini isbotlaydi. 1960-yilda Fillips lizotstimni uchlamchi 
strukturasini rentgenostruktur tahlil orqali aniqlaydi 




Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling