Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Enzimologiya fanining rivolanish bosqichlarni qanday? 
2. Enzimologiya fanining maqsadi va predmeti qanday? 
3. Fermentlar bilan ishlash jarayonida qanday metodlardan foydalaniladi? 
4. Fermentlarni tozalash bosqichlarini ketma ketligini ayting? 


11 
5. Hujayra va to`qimadan ferment qanday ajratib olinadi? 
6. Fermentlarning tabiati qanday va ularning anorganik katalizatorlardan 
o`xshashlik va farqlarini sanab o`ting? 
7. Fermentlarni ajratishda qanday omillar muhim hisoblanadi? 
8. Qaysi omillrning o`zgarishi ferment ajratishda uning faolligi o`zgarishiga 
bevisita ta`sir qiladi?
 
1.2 Fermentlarning tuzilishi. Fermentlarning nomenklaturasi va 
klassifikasiyasi 
 
Tarixi. 1955 yilda Brusselda Xalqaro bioximiklar kongeresi bo`lib o`tdi va 
fermentlarning dastlabki nomenklaturasi ishlab chiqildi. 1961 yilda birinchi 
variant chop etildi. 1992 yilda Xalqaro Biokimyo va molekulyar biologiya 
jamiyati tomonidan fermentlar sinflarini oltinchi nashri chop etildi va unga 
3196 ferment kiritildi. Har tili ushbu jamiyat tomonidan aniqlangan yangi 
fermentlar electron bazaga joylashtirilib yangilanib kelmoqda. Ferment sinfi EC 
(Enzyme Classification) bilan belgilanadi. 2018 yilgacha fermentlarning 6 ta 
sinfi mavjud edi va 2018 yil avgust oyida ushbu komissiya tomonidan EC 7 
ya`ni ettinchi sinf shakllantirilib unga Translokazalar deb nom berildi. Ushbu 
sinfga kiruvchi fermentlar hozirgi kunda tadqiq etilmoqda va ularning electron 
bazalari yangilanmoqda. 
Fermentlarning sinflanishi va vazifalari 
1. Oksidoreduktazalar – oksidlanish-qaytarilish reakstiyalarini amalga oshirish,
va O ni o’tkazish (masalan, katalaza, peroksidaza)
2. Transferazalar – atomlar yoki guruxlarni tashish reakstiyalarini katalizlaydi 
(metil, fosfat, amin va boshq) (Masalan: AlAt, AsAt)
3. Gidrolazalar – murakkab moddalarni suv ishtirokida parchalash 
reakstiyalarini katalizlaydi. (Masalan: amilaza) 
4. Liazalar – substratning bog`larini suv ishtirokisiz uzish reakstiyalarini 
katalizlaydi (Masalan: L-malat-gidrolaza) 


12 
5. Izomerazalar - molekula ichidagi o’zgarishlarni katalizlaydi, molekulani bir 
izomerdan boshqasiga o’zgartiradi (Masalan: glyukozo-6-fosfatizomeraza) 
6. Ligazalar (sintetazalar) ATF energiyasi yordamida sintez reakstiyalarni amalga 
oshiradi (Masalan: glutamat-ammiak-ligaza) 
7. Translokazalar (transporterlar) hujayra membranasida ion va molekulalarni 
tashishni amalga oshiradi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling