Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
Ketur bu ikki yodi birla bir qo‘sh.
Alar ishqida no‘sh aylab iki jom, Tutay Jomiy mayi madhin saranjom. 7-bob “hazrati shayxu-l-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy” madhidadir. Alisher Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni ikkita filga o‘xshatgani holda, Jomiyni yuz filga o‘xshatadi. So‘z o‘yini vositasida uni XI-XII asrlarda yashagan mashhur so‘fiy Zindapili Jomiyga qiyoslaydi, “fano timsoli”, “jahoni begaron” (cheksiz jahon), “olami kubro” (ulug‘ olam) deb ataydi. Bob Jomiy qo‘lidan bir jom ichish umidi bilan yakunlanadi: Keturgil, soqiy ul jomi kiromiy Ki, tutsun rindlar sarxayli Jomiy. CHu piri dayr may qildi havola, Icharmen gar erur gardun piyola. Navbatdagi bob dostonning yozilish sababi haqida. Bu bobda shoir dostonni yaratish orzusi paydo bo‘lgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga cho‘mganligini, ya’ni ko‘p mutolaa qilganligini, tinmay o‘ylaganligini aytadi. Dostonni yozishga undagan sabablardan biri o‘zining muhabbati, bu ishqning alam va iztiroblari ekangligini aytib, u tufayli o‘ziga etishgan azobu uqubatlarni bayon qiladi. SHunda unga g‘oyibdan nido kelib, hotif (g‘oyibdan oq fotiha beruvchi) uni yangi bir asarni yozishga ilhomlantirganini, keyin Jomiyning oldiga borganida u ham shoirni duo qilib, bu ishda unga oq yo‘l tilaganini yozadi. 9-bob asar rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarni ko‘rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatib, o‘z g‘oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayonidadir. Bunda Navoiy yozilajak asari yangi bo‘lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi: Ani nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay, Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay. Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq. Xush ermas el so‘ngincha raxsh surmak, Yo‘likim, el yugurmishtur yugurmak. Dostonning 10-bobi Sulton Husayn Boyqaro ta’rifiga bag‘ishlangan. Navoiy uni sultonlar ichida SHoh G‘oziy, g‘azot maydonida Ali ibn Abu Tolib, shariat rivojida payg‘ambar singaridir deb ulug‘laydi va uni adolatli, saxovatli hukmdor sifatida madh qiladi. 11-bob shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhiga bag‘ishlangan. Navoiy uni “Badiu-d-dahru Doroi zamon” deb atab, uning ismini kitobot (harf) san’ati asosida sharhlab o‘tadi. SHahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo‘lib, Navoiy uning har bir harfiga alohida ma’no yuklaydi: “ﺏ” – “be” ehsonda birlik, yagonalikning dalilidir, “ﺪ” – “dol” davlatdan nishona bo‘lib, dinu diyonat undan iqbol topadi. “ﻯ” – “yo” harfi yumn (baxt, omad)dan darak berib, uning qadami bilan zamona tinchiydi. To‘rtinchi harf “ﻉ” – “ayn” bo‘lib, adolatdan olingandir. “ﺍ” – “alif” harfi o‘z shakli bilan uning to‘g‘riligi, rostgo‘yligini bildiradi. “ﻝ” – “lom” harfi lutfdan voqif etib, latofat gulshanidan bahramand etadi. “ﺯ” – “ze” harfi abjad hisobiga ko‘ra 7 raqamini anglatadi, bu Alloh unga 7 iqlimni nasib aylashiga ishoradir. “ﻢ” – “mim” harfi millat kiromi, musulmonlik nizomi undan ekanligini anglatadi. “ﺍ” – “alif” harfi Alloh uning yori ekanligiga dalolat bo‘lsa, so‘nggi harf “ﻦ”– “nun” nasr (madad) Allohdandir degan ma’noni bildiradi. Navoiy yuqorida dostonni yaratishdan maqsad “ishq, ya’ni ilohiy ishq dardini kuylash” ekanligini aytib o‘tgan edi: Bu rangin sahfa bilkim, dard bog‘i, Ayon har lolasida ishq dog‘i. Bundan ma’lum bo‘ladiki, dostondan bosh maqsad ilohiy ishq dardiga mubtalo bo‘lgan solik (tariqat yo‘liga kirgan oshiq)ning sarguzashtlarini tasvirlashdan iboratdir. Dostonning asosiy qismi 12-bobdan boshlanadi. Voqealar CHin xoqonining farzandsizligi va uning iztiroblari tasviri bilan ibtido topadi. SHoirning maqsadi “ishq dardi”ni kuylash ekanligi muqaddimalardayoq ayon bo‘lgan edi. Bu ruh, ohang asar voqealari b-n bog‘liqo‘rinlarda ham ta’kidlanadi. Nihoyat uning iltijolari qabul bo‘lib, Tangri unga bir o‘g‘il in’om etadi. Navoiy go‘dakning tug‘ilishidan tortib ulg‘ayishigacha bo‘lgan har bir jarayonni alohida tasvirlaydi, hatto go‘dakka qo‘yilgan ismga ham alohida ma’no yuklaydi. “Farhod” so‘zining ma’nosi nurli siymo, baxti o‘ziga yo‘lboshchi demak. SHoir esa bu nomning arab yozuvidagi harflariga ramziy ma’no berib, ularni firoq, rashk, hajr, oh va dard deb talqin etadi. Bu bilan Navoiy o‘z qahramonining hayot yo‘lini, u chekadigan iztiroblarni, uning ilohiy ishq dardiga mubtalo bo‘lib tug‘ilganiga ishora qiladi: Anga farzona Farhod ism qo‘ydi, Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling