Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
Har hubobi gunbadi gardon anga...
Olamedur ishq, lekin bas vase’, Toramedur ishq, lek asru rafe’... SHu o‘rinda Navoiy agar unga Alloh umr bersa, o‘z ishqi sharhini nazmga solib, bir doston yozish niyati borligini aytadi: Bir necha kun umrdin topsam amon, SHarhi ishqim nazm etay bir doston. Anda bilgay kimgakim insofdur, Kim so‘zum chinmudurur yo lofdur. Ma’lumki, tasavvufda Haqni tanishning ikki yo‘li mavjud. Birinchisi hayajonli, ruhiy kechinmalarni oshkora izhor etib borish mayli bo‘lsa, ikkinchisi osoyishta, ichki dardni yashirish maylidir. Birinchi mayl “sukra” (mastlik) yo‘li deb atalib, uning yirik namoyandalari sifatida Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Abu Sa’id Abulxayr, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Boborahim Mashrab nomlarini keltirish mumkin. Ikkinchi mayl sahv (hushyorlik) yo‘li deb nomlanib, uning tarafdorlari qatorida Junayd Bag‘dodiy, Sa’diy SHeroziy, Baxouddin Naqshband kabi ijodkorlarlarni sanab o‘tish mumkin. Adabiyotshunos olim N.Komilovning fikricha, SHayx San’onning barcha diniy ilmlari va Qur’onni unutishi bu Haqqa etish uchun dunyoviylikdan, jumladan, aql va aqliy narsalardan qutulish, o‘zligini unutishga ishoradir. Uning xotirasi qaytishi esa, sukradan sahvga qaytish hisoblanadi. Haqiqiy baqo esa sahv, ya’ni hushyorlikka qaytishdan keyin boshlanadi. Sukradagi solik bamisoli dengizga sho‘ng‘ib, g‘arq bo‘lgan kishi bo‘lsa, sahvga qaytgan dengizga sho‘ng‘ib, gavhar donalarini olib qaytib chiqqan g‘avvos kabidir. Mazkur hikoyatdan so‘ng tolib qushlar ruhiyatida keskin o‘zgarish sodir bo‘ladi. Endi ular yo‘ldan qaytish haqida emas, Simurg‘ga qanday qilib tezroq etib borish to‘g‘risida savollar bera boshlaydilar. Dostondagi shu o‘rindan boshlab, muallif qushlarning nomini aytmaydi, balki, hammasini “bir qush” tarzida nomlaydi. Dostondagi falsafiy va tarixiy shaxslar hayotidan olingan ibratli hikoyatlar tasviri shu o‘rindan boshlanadi. Bu savol-javoblar 68 bobni (80–148-boblar) tashkil etadi. Qushlar va Hudhud o‘rtasidagi savol-javoblar tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liq ayrim nazariy va amaliy masalalar (pir va murid munosabatlari, tariqat va uni ado etish, tavba, gunoh va boshqalar) muhokamasiga bag‘ishlanish bilan birga ularda axloqiy illat va insoniy fazilatlar haqidagi qarashlar ham aks etadi. Xususan, nafsni tiyish, mol-dunyo va siymu zarga hirs qo‘ymaslik, himmat, insof kabi inson ma’naviy takomilida muhim o‘rin tutuvchi axloqiy xislatlarning Hudhud tilidan qilingan bayoni mazmun jihatidan shoirning “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlarida shu xususda keltirgan fikrlariga hamohangdir. Hudhud hikoyatdan so‘ng asl manzilga etish uchun 7 vodiyni bosib o‘tish kerakligini aytadi. Dostonda qushlar bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan ushbu vodiylar (Talab, Ishq, Ma’rifat, Istig‘no, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano vodiylari) tasavvuf yo‘liga kirgan solik riyozat chekib bosib o‘tishi lozim bo‘lgan tariqat maqomining etti bosqichidir. Bu vodiylarni bosib o‘tish uchun otlangan yuzlab qushlardan qancha-qanchasi azob-uqubatga dosh berolmay halok bo‘ladi, cho‘lu biyobonlarda qolib ketadi. Bu esa so‘fiylik yo‘liga kirgan solik o‘zining ulug‘ maqsadiga etish uchun hamma narsaga, hatto jondan kechishga ham tayyor turishi lozimligini anglatadi. Etti vodiy tavsifi munozara va savol-javob epizodlarining mantiqiy davomi bo‘lib, asar kompozitsiyasida muhim o‘rin tutadi. Navoiy inson oliy darajadagi ma’naviy poklikka erishishi uchun faqat axloqiy illatlardan qutulishining o‘zi kifoya emas, u jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni ham bartaraf etishi, ulardan ustun turishi kerak, degan fikrni ilgari surar ekan, inson haqiqatni tashqaridan, o‘zga joylardan emas, balki o‘zligini anglab, o‘zidan qidirishi zarurligini ta’kidlaydi: O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil, Har ne istarsen o‘zungdin istagil Qushlar vodiylardan o‘ta boshlaydilar: Talab vodiysi – qushlarning Simurg‘ vasliga talabgorligi bilan bog‘liq bo‘lib, Navoiy bu vodiyga shunday ta’rif beradi: CHun talab vodiysig‘a qo‘ysang qadam, Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling