Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
Kim:— «Bo‘lur har lahza ranj afzun manga,
Ne edikim qilding, ey gardun, manga! Ofiyatdin ishq sori boshlading, YUz yonar o‘t ichra olib toshlading... Olloh! Olloh! Ne kechadur bu kecha! Sa’b mundog‘, yo rab, o‘lg‘aymu kecha! O‘tkaribmen ko‘p suubat kechalar, Ko‘rmadim mundog‘ uqubat kechalar!.. Do‘stlar, netti madad etkursangiz, Jam’ o‘lub men zorni o‘ltursangiz. To qutulsa dahr orimdin mening, Dahr eli afg‘onu zorimdin mening. Jonima, ashob, tig‘i qatl urung. Kuydurub, haryon kulumni sovurung. To jahonda bo‘yla rasvo bo‘lmayin, Bir o‘lay, yuz qatla hardam o‘lmayin!» SHayxning bu musibatli holatini ko‘rib, muridlari nasihatlar bera boshlaydilar. Ular shayxga aql mezoni bilan xitob etadilar, shayx esa ishq yo‘sinida javob qaytaradi. Muridlar unga tahorat olib, ibodat qilmoqni maslahat berganlarida shayx ularga shunday javob qaytaradi: SHayx deb:— «Yo‘q ko‘z yoshimdin o‘zga suv, Qon kelur hardam bog‘irdin ko‘zga suv». Muridlardan birining Ka’bani ziyorat qilmoq darkor degan da’vatiga SHayx tomonidan shunday javob bo‘ladi: SHayx debkim: “Onda qilg‘onni talab, Munda topdim, ne chekay ul yon taab”. SHu tariqa SHayx har muridning kuyinib aytgan o‘gitlariga ishq so‘zi bilan javob qaytaradi. Butxonadagi kishilar esa din ahlining bu holatini mazax qilib, o‘z dinlarining ustunligini gumrohlarcha ta’kidlay boshlaydilar. Bu hol tong yorishgunga qadar davom etadi. Muridlar nomusga chiday olmay, shayxni yolg‘iz tashlab ketadilar. SHayx butxonadagi bolalarga ham masxara bo‘ladi. SHu tariqa oradan bir oy o‘tadi. Nihoyat, tarso qizi yana butxonada paydo bo‘ladi va islomdek buyuk din peshvosi SHayxning kofirlar butxonasida bu tarzda yashashidan maqsadi ne ekanini so‘raydi. SHayx tarso qiziga o‘z holini bayon qilib, bularning barchasiga sababchi sening orazing, deb javob beradi. Tarso qizi shayx ishqining dalili sifatida unga to‘rt shartni bajarishi va ikki jurmona (jarima) to‘lashi kerakligini aytadi. Aytilgan to‘rt shart quyidagilar edi: may ichmoq; zunnor bog‘lamoq; Qur’onni o‘tda kuydirmoq; butparastlar diniga kirmoq. Jurmona sifatida esa bir yil davomida cho‘chqaboqarlik qilish va otashgohda o‘t yoqishni buyuradi. SHayx bu shartlar va jurmonalarni ortig‘i bilan ado etadi. SHu tariqa oradan bir yil o‘tadi. SHayxning Ka’bada bir foniy22 muridi bo‘lib, SHayx Rumga otlanganida u boshqa bir mamlakatda safarda edi. Safardan qaytgach, SHayxni topolmay, bo‘lib o‘tgan voqealar haqida surishtiradi. Muridlar unga ahvolni bayon qiladilar. Foniy murid ularga ta’na qilib shunday deydi: SHayxkim, pir erdiyu, sizlar murid, Borchag‘a irshodidin behbud umid... SHayxingizga bevafoliq boshlabon, Qiblangingizni dayr ichinda tashlabon.... Odami bo‘lsa, vafo andin yiroq, It vafo bobida andin yaxshiroq... SHu tariqa shogird bu erda o‘tirish bilan ish bitmaydi, deb barcha muridlarni Rum sari yo‘lga boshlaydi. Etib borib, ko‘radilarki, SHayxda na islom, na iymon maslagidan asar qolmagan edi. Sodiq shogird bu holni ko‘rib, oh uradi va kecha-kunduz YAratganga munojot qilib, SHayxning haqiga duo o‘qiydi va, nihoyat, Alloh uning duosini qabul etadi. SHayxga g‘oyibdan ogohlik etib, ko‘zlaridan xijolat yoshlarini to‘kib, sadoqatda bemisl bo‘lgan shogirdiga uzrxohlik qiladi. SHayx yana egniga poklik xirqasini kiyib, o‘z muridlari bilan Ka’ba sari yo‘l oladi. Rumda qolgan tarso qizi tush ko‘radi. Tushida Iso (a.s.)dan: “SHayx San’ondek buyuk murshid sening huzuringga mehmon bo‘lib kelsayu, sen mezbonlik odatini bilmasdan uning boshiga ne kunlarni solding?! Endi vaqtni g‘animat bilib, uning ortidan bor, diniga musharraf bo‘l”, – degan xabar keladi. Tarso qizi oh urgancha, ko‘zlaridan nadomat yoshlarini to‘kib, Ka’ba tomon yo‘lga tushadi. Yo‘lda unga xastalik va ojizlik yuzlanib, tuproq ustida hushidan ketadi. SHayxga bu hol ayon bo‘lib, muridlari bilan ortga qaytadi va tarso qizining so‘nggi lahzalarda iymon sohibasi bo‘lib jon berishiga shohid bo‘ladi. Alisher Navoiy hikoyat so‘nggida ishqqa shunday ta’rif beradi: Ishq bahredurki, yo‘q poyon anga, Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling