Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Mezon ul-avzon”
Guftamash: “Dar olami ishqi tu koram bo g‘am ast”,
Guft xandon zeri lab: “G‘am nest, kori olam ast”. (Mazmuni:Unga aytdimki, sening ishqing olamida ishim g‘amdan iborat bo‘ldi. U kulgu aralash miyig‘ida: “g‘am emas, olamning ishidir”, dedi). Ushbu majlisda shuningdek, Xoja Kamoliddin Udiy, Atoulloh Husayniy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Xondamir, Sulton Ali Mashhadiy kabi zamonasining fozillari haqida so‘z boradi. Tazkiraning 5-majlisi Xurosonning “tab’i nazmi bor” mirzozodalari zikrida bo‘lib, Davlatshoh Samarqandiy ta’rifi bilan boshlanadi. Alisher Navoiy Davlatshohning hasham va mol-dunyodan voz kechib, faqrlik yo‘lini tutganligi haqida ma’lumot berar ekan, uning “Majma’u-sh-shuaro” (“Tazkirat ush-shuaro”) asarini mutolaa qilgan shaxs Davlatshohning iste’dodi va kamoloti qay darajada ekanligidan xabar topadi degan fikrni keltiradi. Mazkur majlisda shuningdek, Mir Husayn Ali Jaloyir, Muhammad Solih, jiyani Mir Haydar Sabuhiy, akasining nabirasi Mir Ibrohim kabi mirzozodalar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Tazkiraning 6-majlisida Xurosondan tashqaridagi, xususan Samarqanddagi fozillar haqida so‘z boradi. Ushbu majlis Samarqand hokimi Ahmad Hojibek ta’rifi bilan ochiladi. Alisher Navoiy uning “Vafoiy” taxallusi bilan she’rlar bitishini, Hirotda ham o‘n yil hokimlik qilganligini, “surati xush va siyrati dilkash” shaxs ekanligini ta’kidlab, jangchi sifatidagi shijoati va botirligini alohida tahsin qiladi. Uning ijodidan quyidagi matla’ni keltiradi: Girifti joni man az tan ba zulfi purshikan basti, Kushodi parda az ruxsori xeshu chashmi man basti. (Mazmuni: Tanimdan jonimni olib, ko‘p zanjirli soching bilan bog‘lading, yuzingdan pardani ochib (u bilan) ko‘zimni bog‘lading). Mazkur majlisda “Ulug‘bek Mirzo” madrasasining mudarrisi Xoja Xurd, Nizomiy “Layli va Majnun”iga tatabbu’ bitgan Xoja Imod Loriy, Kirmon viloyati hokimi Amir Mahmud Barlos va boshqalar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. 7-majlis Amir Temur va temuriy ijodkorlar zikriga bag‘ishlangan. Unda Sohibqirondan boshlab Sulton Ali Mirzogacha jami 22 shaxs haqida so‘z boradi. Tazkiraning so‘nggi sakkizinchi majlisi to‘laligicha Husayn Boyqaro – Husayniy ijodiga bag‘ishlanib, uning deyarli barcha g‘azallari matla’si alifbo tartibida keltirilgan. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da adabiyot maydonida endigina ko‘rina boshlagan shoirlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Buni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin: “Mavlono Sifotiy emdi paydo bo‘lg‘onlardandur, faqir hanuz ani ko‘rmaydurmen, ammo she’rin eshitibmen”; “Mavlono Asiriy ham emdi paydo bo‘lg‘on xushtab’ yigitlardindur” va boshqalar. “Majolis un-nafois”da o‘sha davrda yashagan ba’zi ayol shoiralar haqida ham ma’lumot keltiriladi. Garchi ularning nomlari tazkirada alohida ijodkor sifatida keltirilmasa ham, ular haqidagi shoirning qaydlari adabiyotshunoslik uchun nihoyatda muhimdir. Alisher Navoiy tazkiraning shoir SHayxzoda Ansoriyga bag‘ishlangan faslida “andoq zohir bo‘lurkim, volidasi ham xushtab’dur va Bediliy taxallus qilur” degan ma’lumotni keltirsa, Mavlono Sulaymoniy haqidagi faslda Hofiz SHeroziy g‘azaliga nazira tariqasida yozilgan va Mavlono Sulaymoniyniki deb hisoblangan she’r haqida “Va mashhuri munundoqdururkim, bu abyot Mavlono Hakim tabibning xotini Mehriningdur” deb yozadi. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, fe’l-atvori, axloqi bilan bog‘liq xususiyatlar ham alohida ko‘rsatilgan. Har bir shoirga berilgan tavsif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan. Asarda badiiy ijod bilan bog‘liq nazariy masalalar yuzasidan ham fikr bildiriladi: ba’zi shoirlarning she’rlaridagi jiddiy nuqsonlar tanqid ostiga olinadi. Navoiy Atoyi, Baqoiy, mavlono Nargis, Qobiliy kabi shoirlarga baho berar ekan, ularning she’rlaridagi shakliy jihatlar, xususan, qofiyasiga alohida ahamiyat qaratadi va nuktadon she’rshunos sifatida namoyon bo‘ladi. Tazkirada o‘sha davr adabiy muhitidagi qizg‘in jarayon, adabiyotdagi poetik janr va turlar rang-barangligi ham ko‘rsatib berilgan. Asar jonli va ravon tilda, ixcham va sodda uslubda yozilgan. Navoiy g‘oyat siqiq jumlalarga katta ijtimoiy yoki badiiy voqelik va maqsadni singdirishga intilgan. SHu ma’noda tazkira XV asr ilmiy nasrining go‘zal namunasi hisoblanadi. “Majolis un-nafois” Navoiyning hayoti va faoliyatini o‘rganishda ham muhim avtobiografik manba hisoblanadi. Tazkira orqali shoirning qaysi hududlarda bo‘lgani, kimlar bilan uchrashgani, ustozlari, do‘slari, yaqin kishilari, hamsuhbatlari, qarindoshlari, farzandi o‘rnidagi shaxslar va h.k.lar haqida ma’lumot olish mumkin. Navoiy tazkirasida nomlari tilga olingan ko‘p shoirlarning asarlari bizgacha etib kelmagan. Bu jihatdan ham “Majolis un-nafois” g‘oyat nodir manba bo‘lib, adabiyotshunoslik uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Majolis un-nafois” boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilinib, tazkirachilikning rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, XVI asrda fors tiliga 3 marta (Faxriy Hirotiy. “Latoyifnoma”, 1521–22, Hirot; Muhammad Qazviniy, 1522–23, Istanbul; IIIoh Ali Abdulali, 1598, Nishopur), bugungi kungacha turli tillarga 7 marta to‘liq tarjima qilingan. Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy” va boshqa ko‘plab tazkiralar Navoiy tazkirasi ta’sirida maydonga kelgan. “M.”ning XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida ko‘chirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa joylarda saqlanmoqda. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari 1492-93 yillarda yaratilgan28. Navoiy turkiy tildagi adabiyotshunoslik masalalariga bag‘ishlangan SHayx Ahmad Taroziyning “Fununu-l-balog‘a” asari bilan tanish bo‘lmagani uchun aruz nazariyasiga doir qonun-qoidalarni turkiy tilda ilk marta bayon qilayotganini alohida ta’kidlaydi, xususan “g‘araz bu maqolotdin va maqsud bu muqaddimotdin bu erdikim, chun turk alfozi bilakim nazm voqi’ bo‘lubdur, anga zobitae va qonune yo‘q erkondur...” deb yozarkan, turkiy tilda aruz qonun-qoidalariga oid maxsus asar yo‘qligini aytib o‘tadi. “Mezon ul-avzon” muqaddima, asosiy qism va kichik xotimadan iborat. Muqaddimada Allohga hamd aytilgach, Sulton Husayn Boyqaroning ushbu asarni yozishga ilhomlantirganligi haqida so‘z boradi. Unda aytilishicha, Husayn Boyqaro Amir Xusrav Dehlaviyning 18 ming baytdan iborat g‘azaliyotini yig‘dirib, bir to‘plam holiga keltiradi. Xusrav Dehlaviy she’rlarining ko‘pi murakkab bahr va vaznlarda bo‘lib, ularni aniqlashda hatto ba’zi shoirlar ham ojizlik qilar edilar. Husayn Boyqaroning topshirig‘i b-n aruzshunoslar Xusrav Dehlaviyning har bir she’ri ustiga shu she’rning vaznini yozib chiqadilar. SHundan so‘ng devon tuzishda har bir she’rning vaznini qayd etib qo‘yish odat tusiga kiradi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti ham shu yo‘sinda tartib beriladi. Alisher Navoiy muqaddimada o‘zidan avval yaratilgan aruzga doir manbalar: Xalil ibn Ahmadning “Kitob ul-ayn”, SHams Qays Roziyning “Al-mo‘‘jam”, Nasiriddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or”, Abdurahmon Jomiyning “Risolai aruz” asarlariga to‘xtalib o‘tib, ularda mavjud bo‘lmagan ba’zi qoida, doira va vaznlarni o‘z asarida keltirib o‘tishini aytadi. YA’ni: “...necha qoidau doira va vaznkim, hech aruzda, misli fan vozii Xalil ibni Ahmad va ilm ustodi SHams Qays kutubida va Xoja Nasir Tusiyning “Me’yor u-l-ash’or”ida, balki Hazrati Maxdumiy navvara marqadahu nuran “Aruz”larida yo‘q erdikim, bu faqir bu fan usulidin istixroj qilib erdikim, bu kitobg‘a izofa qildim”. So‘ngra Navoiy aruzning “sharif” fan ekanligiga to‘xtalar ekan, Qur’oni karimdagi ba’zi oyatlar va payg‘ambarimiz hadislaridagi ba’zi jumlalarning aruz vaznlari bilan mos kelishi, Amir ul-mo‘‘minin Hazrat Ali devonidagi she’rlar ko‘plab mashoyix va avliyolarning nazmlari, masnaviylari aruz vaznida ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Aruzning sharif fan ekanligini shu tariqa asoslagach, ushbu fanning kashfiyotchisi Xalil ibn Ahmad va “aruz” istilohi haqida ma’lumot beradi. Navoiyning yozishicha, Xalil ibn Ahmad yashagan hudud yaqinida “Aruz” degan vodiy bo‘lgan va bu vodiyda arablar chodirdan uylar tikib, ularni bezatib sotgan ekanlar. Uyni “bayt” deb atashar ekan. Baytning mavzun-nomavzun (vaznli-vaznsiz) ekanligini aruz fanining o‘lchoviga solib ko‘rishganidek, bezatilgan uylar ham bahoga solib, o‘lchab ko‘rilar ekan. SHu tariqa mazkur ilm ushbu vodiy nomi bilan “Aruz” deb atala boshlangan. SHundan so‘ng aruzning nazariy qoidalari bayoniga o‘tiladi. Dastlab aruzdagi eng kichik birlik – juzvlar haqida ma’lumot berilar ekan, asarda ular “rukn” istilohi ostida keltiriladi. Juzvlar soni 6 ta bo‘lib, ular quyidagilardir: sababi xafif va sababi saqil (engil va og‘ir sabab), vatadi majmu’ va vatadi mafruq (birikkan va ajralgan vatad) hamda fosilai sug‘ro va fosilai kubro (kichik va katta fosila). Asarda ushbu juzvlarning barchasi ishtirok etgan quyidagi misra keltiriladi: Ul ko‘zi qaro dardu g‘amidin chidamadim. Juzvlardan so‘ng asl ruknlar ta’rifi keladi, ular “asllar” yoki “usul” nomi bilan beriladi. Navoiy ularning soni sakkizta ekanligini aytib, juzvlardan hosil bo‘lish tarkibini quyidagicha keltiradi: Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling