Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Majolis un-nafois”
Qatra zi lab pok kunad mohi man
(Mazmuni: Mening oyim jom (qadah)ni dahan (og‘zi) tomon olib borsa, Labidagi qatralarni toza qiladi) Bunda “jom” so‘zi “dahan” (og‘iz) tomonga, ya’ni “d” tomonga olib boriladi va “jomid” so‘zi hosil bo‘ladi, ikkinchi misrada nazarda tutilgan labdagi qatra, ya’ni nuqta tozalansa (olib tashlansa), “Homid” ismi kelib chiqadi. Asarda shu tarzda 3 amal, 15 qism va 48 ta uslub qoidalari va ular bilan bog‘liq holda 121 ta muammo va uni echish usullari ko‘rsatib beriladi. Risolada muammoning turli uslub qoidalari yuqorida ko‘ringanidek, ixcham va tushunarli tilda bayon qilib berilganligi uchun asar o‘z davri va undan keyin ham keng shuhrat qozondi. Alisher Navoiyning adabiyotshunos olim sifatidagi faoliyatini ko‘rsatib beruvchi yana bir asar bu “Majolis un-nafois” tazkirasidir27. Navoiy tazkirani 1491-98-yillar davomida yaratadi. Tazkirada XV asrda yashab, faoliyat yuritgan 459 shoir haqida ma’lumot keltiriladi. Alisher Navoiy tazkiraning muqaddimasida asarning tarkibiy qismi va nomlanishi haqida shunday yozadi: “...chun bu maqsudg‘a etildi, oni sekkiz qism etildi har qismi bir majlisg‘a mavsum bo‘ldi va majmuig‘a “Majolis un-nafois” ot qo‘yildi”. Tazkiradagi shoirlar majlis, ya’ni qismlarga quyidagicha taqsimlangan: 1-majlisda 46 ta, 2-majlisda 91 ta, 3-majlisda 175 ta, 4-majlisda 72 ta, 5-majlisda 21 ta, 6-majlisda 31 ta, 7-majlisda 22 ta va 8-majlisda Husayn Boyqaro bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Tazkiraning birinchi majlisi “Jamoati maxodim va azizlar zikridakim, bu faqir alarning sharif zamonining oxirida erdim va mulozimatlari sharafiga musharraf bo‘lmadim” degan nom bilan tasnif etilgan bo‘lib, bunda hazrat Navoiy o‘z tazkirasini “tabarruk qilmoq uchun” shayxlardan Xoja Qosim Anvor zikri bilan boshlaganini ta’kidlaydi: “Ul jumladin soliki atvor va koshifi asror, ya’ni Hazrati Amir Qosim Anvor (quddisa sirruhu)dur. Har necha alarning rutbasi shoirliq poyasidin yuqoriroqdur va valoyat ahli zumrasida vasfdin toshqariroq, ammo chun haqoyiq va maorif adosida nazm libosi dilpazirroq uchun iltifot qilur ekandurlar, tayammun jihatidin bu muxtasarni alarning sharif ismlari bila ibtido qilildi” Qosim Anvordan keyin uning shogirdlari Mir Maxdum va Hofizi Sa’d haqida ma’lumotlar beriladi. Tazkiraning 2-majlisida shoir bolaligi va yigitlik paytida suhbatlariga musharraf bo‘lgan shoirlar haqida hikoya qilinadi. Bu majlis mashhur tarixchi, “Zafarnoma” muallifi SHarafidddin Ali YAzdiy zikri bilan boshlanadi. Majlisda Alisher Navoiy o‘zining tarbiyasi va ijodiy kamolotiga alohida ta’sir ko‘rsatgan zotlar: Xoja Fazlulloh Abullaysiy, SHayx Sadriddin Ravosiy, SHayx Kamol Turbatiy, Darvesh Mansur, Hofiz Ali Jomiy, Xoja YUsuf Burhon; o‘z zamonining taniqli shoirlari: Mavlono Lutfiy, YAqiniy, Atoyi, Muqimiy, Sakkokiy, shoir tog‘alari Mir Said Kobuliy, Muhammad Ali G‘aribiy, farzand o‘rnida qadrlagani shoir Mirzobek, ustozi va do‘sti Sayyid Hasan Ardasher haqida ma’lumot beradi. Xususan, Alisher Navoiy Mirzobek haqida yozar ekan, uning juda erta vafot etganini, badiiyat jihatdan etuk baytlar bitsa-da, ularni yakuniga etkazmaganligini afsus bilan bayon etadi. Xususan, uning Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur, Kim jonga qaro balo bo‘lubtur deb boshlanuvchi matla’sini tugatib, o‘z devoniga kiritganligini aytadi. Tazkiraning 3-majlisi o‘z davri she’riyatiga ulkan hissa qo‘shgan yuksak tab’li shoirlari haqida bo‘lib, buyuk shoir Abdurahmon Jomiy zikri bilan ochiladi. Majlisda, shuningdek, Amir SHayxim Suhayliy, Abdulloh Hotifiy, Osafiy Hiraviy, Zave Qozisi kabi “Xamsa” dostonlariga tatabbu’ bitgan ijodkorlar, Sayfiy Buxoriy kabi muammo va aruz ilmiga doir risola bitgan ijodkor, Kamoliddin Binoiy, Gadoiy kabi sohibi devon shoirlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. 4-majlisda zamon fozillari – she’rda mashhur bo‘lmasalar-da, ammo ba’zan latif bayt aytuvchi ijodkorlar haqida so‘z boradi. Alisher Navoiy bu majlisni kamoloti “azharu min ash-shams” (quyoshdan porloq) shaxs – Pahlavon Muhammad Go‘shtigir zikri bilan boshlaydi. SHoir uning pahlavonligi u erishgan kamolotning eng quyi darajasi bo‘lib, musiqa ilmida o‘z davrining benaziri ekanligini ta’kidlaydi. SHuningdek, nazm aytishda ham yuksak iqtidorga egaligini aytib, Husayn Boyqaro Pahlavon Muhammadning quyidagi baytiga ming oltin tanga tuhfa qilganligini faxr bilan tilga oladi: Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling