Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI


Download 335.49 Kb.
bet72/92
Sana10.01.2023
Hajmi335.49 Kb.
#1086231
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK

ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI
REJA:

  1. Navoiyning adabiyotshunoslik va tilshunoslikka doir asarlari.

  2. Diniy va tasavvufiy asarlari.

  3. Tarixiy, yodnoma va turli mavzudagi asarlari.

  4. Navoiyga nisbat beriluvchi asarlar.

Alisher Navoiy badiiy ijod bilan birga ilmiy faoliyatni teng olib borgan buyuk mutafakkirdir. Uning adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix, din tarixi va nazariyasiga doir ko‘plab asarlari muhim ma’lumotlarni qamrab olganligi, aniq dalillarga asoslanganligi va ob’ektiv xulosalarga egaligi bilan bugungi kun ilm-fani uchun ham nihoyatda qimmatlidir.
Alisher Navoiy adabiyotshunoslikka doir uch asar yaratgan bo‘lib, uning “Mufradot” yoki “Risolai muammo” asari hijriy 890, milodiy 1485 yilda fors-tojik tilida yaratilgan26. Risola muammo janrini echish qonun-qoidalariga bag‘ishlangan.
Ma’lumki, muammo arabcha “ko‘r qilingan”, “yashiringan” ma’nolarini bildiruvchi va bir, ba’zan esa ikki baytdan iborat mustaqil she’r turidir. Muammoda biror ism yoki narsa-buyum nomi berkitiladi. Bunda arab yozuvidagi harflarni turlicha o‘zgartirish yo‘li bilan yashiringan so‘zlar topiladi. Muammo 2 xil ma’no asosiga quriladi: tashqi (chalg‘ituvchi) ma’no va ichki (asosiy ma’no).
Alisher Navoiy “Risolai muammo” asarida o‘zidan avval yaratilgan asarlarning murakkabligi va ulardagi kamchiliklar haqida gapirar ekan, o‘z asarida iloji boricha ularni bartaraf qilishga intiladi. SHoir risolaning kirish qismida g‘oyat kamtarlik bilan uni yaratishdan maqsad olimlar e’tiboriga havola qilish emas, balki keng xalq ommasi, xususan yosh avlodga muammo sirlarini o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi:
Bu muxtasar asarning risolalar qatoriga kirish qobiliyati va bu kaminada uni olimlar ko‘zlariga ko‘rsatish salohiyati bo‘lmasa ham, bolalarga muammo amallarini o‘rganishlarini osonlashtirish uchun yarashi mumkin”.
Risolaning yozilish tarixi haqida “Xamsatu-l-mutahayyirin” asarida ham ma’lumot beriladi. Asarda aytilishicha, bir kuni Alisher Navoiy o‘zidan avval muammo haqida yaratilgan asarlar va ulardagi murakkabliklar haqida o‘ylab o‘tirganida, uning huzuriga Abdurahmon Jomiy tashrif buyuradi. Navoiy unga muammoga doir sodda va oddiy xalq ommasi uchun tushunarli bo‘lgan asar yozmoqchi ekanligini aytadi. SHunda Jomiy o‘zi ham anchadan beri shu haqda o‘ylab yurganligini ta’kidlab, qisqa muddat ichida “Risolai muammoi manzum” asarini yaratadi va Alisher Navoiyga ko‘rsatadi. Navoiy asarning ancha murakkab (xalq ommasi uchun tushunarsiz) ekanligini ko‘rib, o‘zi “Risolai muammo” asarini yaratadi va Jomiyga tuhfa qiladi. Jomiy asarni nihoyatda yuksak baholab, o‘g‘li Ziyovuddin YUsuf uchun darslik sifatida tavsiya etadi.
“Mufradot” asarida muammoning turli uslub va amallari ixcham, ravon tilda bayon qilinadi. Muammo amallariga keltirilgan misollar ham nihoyatda aniq va tushunarlidir.
Asarda AlisheriNavoiy muammo amallarini 3 qismga ajratadi:

  1. a’moli tahsiliy – hosil qilish amallari;

  2. a’moli takmiliy mukammallashtirish amallari;

  3. a’moli tasxiliy – osonlashtirish amallari.

Navoiy a’moli tahsiliyga ta’rif berar ekan, uning intiqod (saralash) degan turini izohlab, unga ko‘ra so‘zning ba’zi harflarini olish orqali muammo hosil qilinishini aytadi va ODAM ismida
Dili moro chu xohy boz justash
Z–ohu dardu mehnat cho‘ naxustash
(Ma’nosi: Dilimizni yana axtarmoqchi bo‘lsang,
Oh, dard, mehnatdan birinchisini qidir)
muammosini misol qilib keltiradi. Bu muammoni echish uchun oh, dard, mehnat so‘zlarining bosh harflari olinsa, ODAM ismi kelib chiqadi. SHuningdek, MALIK ismida
Jonibi huru so‘yi Kavsaru Firdavs mapo‘y,
Ruxi on mohu labi la’lu sari ko‘yash jo‘y.
(Mazmuni: Hur, Kavsar, Firdavs tomoniga borib yurma,
Ul moh(oy)ning yuzini, la’l labini va ko‘chasining boshini izla)
muammosi keltirilib, bunda moh, la’l va ko‘cha so‘zlarining boshi, ya’ni birinchi harflari olinishi orqali MALIK ismi kelib chiqishi ta’kidlanadi.
Muammoni echish amallarining ikkinchisi a’moli takmiliy, ya’ni mukammallashtirish amallari deb atalib, uning o‘zi yana 3 turga bo‘linadi: ta’lif, isqot, qalb. Ta’lif (ulash)ga ko‘ra, misradagi ba’zi so‘zlarning bir-biri bilan qo‘shilishi natijasida yashiringan ism hosil qilinadi. Masalan:
CHun bibirad jom ba so‘i dahan,

Download 335.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling