Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


Download 335.49 Kb.
bet82/92
Sana10.01.2023
Hajmi335.49 Kb.
#1086231
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK

Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar...


Ul parivashkim, bo‘lubmen zoru sargardo anga,
Ishqdin olam manga hayronu men hayron anga.
Navoiy bu zotni rindlar shohi deb atar ekan, Sayyid Hasan Ardasher saxovat, shafqat, lutfu tavoze, odob, hilm (yumshoq tabiatlilik), tahammul (sabrlilik), dunyoga befarqlik kabi boshqa hamma rindlarga ham nasib etavermaydigan ko‘plab nodir fazilatlar egasi bo‘lganligini ta’kidlaydi. Sayyid Hasan Ardasherning bu kabi fazilatlarini Navoiy bir necha voqealar misolida isbotlab beradi. Masalan, Sulton Husayn Boyqaro ham Sayyid Hasan Ardasherning juda chuqur hurmat qilib, saroyda vazir sifatida o‘z yonida bo‘lishini istagan. Biroq “rindlar shohi” bo‘lgan Sayyid Hasan Ardasher rozilik bermaydi va shohning ra’yini qaytarmaslik uchun lashkarda oddiy navkar bo‘lib ikki yil xizmat qiladi. Lekin sulton bu bilan u zotga zulm qilayotganligini anglaydi va xizmatdan ozod qiladi. Husayn Boyqaro o‘z farzandlariga Sayyid Hasan Ardasherni hamisha o‘rnak qilib ko‘rsatgan.
Asarda Sayyid Hasan Ardasherning pok e’tiqodi, Haqqa muhabbati, Allohning taqdiriga hamisha rozi ekanligini ta’kidlar ekan, Navoiy bir voqeani keltiradi. Unga ko‘ra, Sayyid Hasan Ardasherning Sayyid Muhammad ismli o‘n to‘rt yoshli yakkayu yagona o‘g‘li vafot etganida hamma g‘amu qayg‘uga tushganida bu zot “Allohning irodasi”, deya sabr bilan musibatni engadi, hatto, boshqalarga taskin beradi.
Hazrat Navoiy va Sayyid Hasan Ardasher juda yaqin do‘st edilar. Ular hamisha, har kuni bir-birlariga ma’naviy-ruhiy ehtiyoj sezardilar. Alisher Navoiy bu holatni shunday ifodaydi:
...bir kun alar mulozamatig‘a etmasam erdi, sabru toqatim qolmas erdi va alar ham kelib ahvol so‘rarlar erdi: “Tashvishe bo‘lmamish bo‘g‘aykim, bukun sendin xabar topa olmaduq”.
Sayyid Hasan Ardasher hajga borishni niyat qilar edi, lekin ko‘p mone’liklar bo‘lib bu niyatiga erisholmaydi. Navoiy davlat yumushi bilan Hirotdan tashqarida ekanligida Sayyid Hasan Ardasher etmish to‘rt yoshida vafot etadi. Bundan buyuk shoir chuqur qayg‘uga botadi, Hirot shimolidagi tog‘ etagida do‘sti va ustozi hisoblanmish bu zotning qabri ustiga sag‘ana qurdiradi. Keyinchalik Sayid Hasan Ardasherning boshqa yaqin insonlarining xoklari ham bu erga keltirilib, shu erga dafn etiladi. El orasida bu joy “Azizlar hazirasi” – “Aziz zotlar xilxonasi” deb nom oladi.
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher” yakunida bu zotning vafoti sanasiga bag‘ishlangan ta’rixni ilova qiladi, unga ko‘ra bu sana “Jannati pokash makon bod”36 (“Makoni pok jannatda bo‘lsin”) jumlasida namoyon bo‘ladi.
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasherni komil inson sifatida tasvirlaydi. Asarni o‘qish jarayonida Sayyid Hasan Ardasherning ma’naviy-ruhiy dunyosi bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ulug‘ shoir bu zotni bejiz komil inson sifatida tanlamaganligiga guvoh bo‘lamiz.
Hazrati Alisher Navoiy uchun ham do‘st, ham ota, ham ustoz maqomida bo‘lgan zotlardan biri Pahlavon Muhammad edi. Bu zotning vafotidan so‘ng ulug‘ shoir “Holoti Pahlavon Muhammad” asarini yozadi. Asarda Pahlavon Muhammadning ezgu amallari, barchaga birdek yoqimli fe’l-atvori, kuchli salohiyati haqida so‘z boradi.
Navoiy Pahlavon Muhammad haqida so‘z boshlar ekan, avvalo, uning jismoniy jihatdan zabardast va kuchli bo‘lganligini aytadi. Hatto, uning kabi kuchli inson besh yuz, ming yillarda ham tug‘ilmaydi, deydi. So‘ng uning yuksak ilmiy iste’dod va iqtidori haqida to‘xtalib, uning musiqa, tibbiyot, she’riyat, qofiya, aruz, badiiy san’atlar, ilmi nujum (astronomiya), fiqhda keng ma’lumotga ega bo‘lganligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, musiqa borasida juda iqtidorli bo‘lib, bir necha g‘azallarga kuy bog‘lagan edi. Masalan, Ustod Muhammad Xorazmiy, Mavlono Nu’mon, Mavlono Sohib Balxiy, SHayx Safoyi Samarqandiy, Xoja YUsuf Andijoniy kabi mohir sozanda va bastakorlar yo‘lida yaratgan kuylari tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan. Ayniqsa, Mir Buzurg Termiziyga bag‘ishlab kashf qilgan “CHohorgoh” kuyi butun Xurosonda, hatto, Samarqand va Iroqda ham bag‘oyat mashhur bo‘lib, uni kuylamagan biror hofiz bo‘lmagan.
Muammo ilmi borasida ham Pahlavon Muhammad tengsiz bo‘lib, “Kushtigir” taxallusi bilan bir qancha muammolar yaratgan.
Pahlavon Muhammad g‘oyat xushaxloq inson bo‘lib, uni Hirotda barcha tanigan-bilgan insonlar yaxshi ko‘rib, hurmat qilganlar: “Takallufsiz va mubolag‘asiz podshohdin gadog‘acha va ahlullohdin yahud va tarsog‘acha Pahlavonni sevmas va tilamas kishi yo‘q erdi”.
SHuning uchun ham, Pahlavon Muhammad sulton huzurida yuksak mavqega ega bo‘lib, shohning har bir majlisida ishtirok etgan.
Navoiy Pahlavon Muhammad bilan bog‘liq xotiralarini eslarkan, Abu Said Mirzo davrida Mashahadda bo‘lgan qiziqarli voqeani keltiradi. Mafosil (bod, revmatizm) bilan og‘rigan yosh Alisher Navoiyni tabib Mavlono Abdussalom SHeroziy muolaja qilib, uqalash lozim ekanligini aytadi. Pahlavon Muhammad mehribonlik ko‘rsatib, o‘zi bu ishni bajarishini aytadi va suhbat orasida yosh shoirdan turkiy shoirlardan qaysi birini ko‘proq ma’qul ko‘rishini so‘raydi. Navoiy avvaliga hamma shoirlarni hurmat qilishini aytadi. Lekin Pahlavon Muhammad baribir ular orasida tafovut bor, o‘zingga eng ma’qulini ayt, deb turib olgach, Navoiy Lutfiy, deya javob beradi. SHunda Pahlavon Muhammad nega Sayid Nasimiyni aytmading, deydi. Alisher Navoiy Lutfiy majoz bilan so‘z aytadi, Nasimiy esa haqiqat yo‘lidagilar kabi Haq ishqni oshkora kuylaydi, sen mendan majoz yo‘li bilan ijod qiladiganlarni so‘rading, deydi. Pahlavon Muhammad unday emas, Nasimiyda ham ishqni majoz bilan ifoda etish bor deydi va shu kuni Navoiy tongda yozib, hali hech kimga ko‘rsatmagan g‘azalini o‘qib beradi va uning maqta’sidagi Navoiy so‘zi o‘rniga Nasimiyni qo‘yadi:
Gar Navoiy siymbarlar vaslin istab ko‘rsa ranj,

Download 335.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling