Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


Download 335.49 Kb.
bet83/92
Sana10.01.2023
Hajmi335.49 Kb.
#1086231
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK

Yo‘q ajab, nevchunki, xom etgan kishi ranjur erur.
Navoiy bundan hayratga tushadi. G‘azal yozilgan qog‘ozini tekshirsa, o‘z joyida. Ertasi tongda Pahlavon Muhammad uch-to‘rt kishini etaklab kelib, bu g‘azalni o‘n ikki yil burun Abulqosim Bobur majlisida “tinglab, yod olganini” isbotlash uchun ularni guvoh qiladi. Ular ham bu g‘azalni o‘sha majlisdan eshitganmiz, deb g‘azalni yoddan aytib beradilar. Navoiy esa yanayam hayron bo‘ladi. Keyinchalik ma’lum bo‘ladiki, shu kuni yosh shoirning liboslarini tikayotib, Pahlavon Muhammad yangi g‘azalni topib, olib yod oladi va joyiga qo‘yadi. So‘ng esa biz yuqorida ko‘rib o‘tgan holatni uyushtiradi. SHundan so‘ng Alisher Navoiy bemorlikdan qutuladi.
Bu erda biz Pahlavon Muhammadning beg‘ubor haziliga guvoh bo‘lish bilan birgalikda oyog‘i boddan aziyat chekayotgan Navoiyning kasalini davolagan ham deya olamiz. CHunki o‘zi yozgan g‘azalni boshqa shoirga nisbat berib o‘qilganidan keyin Navoiy bu holatni tahlil qilib, oyoq og‘rig‘ini ham unutib yuboradi. Bu esa oyoqdagi kasallikni bosh orqali chiqarib yuborishdir, ehtimol.
Navoiy va Pahlavon Muhammad qirq yil davomida do‘stu hamsuhbat bo‘ladilar: “Qirq yilg‘a yaqin bu faqir bila musohibi joniy, mahrami rozi pinhoniy erdi”.
Navoiy Pahlavon Muhammadning vafot etganini chuqur alam va g‘am bilan tasvirlaydi. Bir kuni Pahlavon Muhammadning shogirdlaridan biri uning ahvoli og‘irlashib qolganligini aytadilar. Navoiy tabib yuboradi. Birozdan so‘ng tabiblar etib borgunlaricha Pahlavonning vafot etganligi to‘g‘risida xabar keladi.
Pahlavon Muhammad Sulton Husayn Boyqaro uning uchun atab maxsus qurdirgan Ne’matoboddagi dahmaga dafn etiladi. SHoir uning xotirasiga bag‘ishlab yozgan ta’rixida Pahlavonning vafoti sanasi “ba’di Maxdumi ba yak sol”37 (“Maxdumdan bir yil keyin”) jumlasida aniqlanadi. CHunki Pahlavon Muhammad maxdumi nuran – Abdurahmon Jomiydan bir yil o‘tib, bu foniy dunyoni tark etgan edi.
Munshaot” asari Alisher Navoiyning turli vaqtda turli shaxslarga yo‘llagan maktublaridan iborat to‘plam bo‘lib, Musulmon SHarqi insho san’atining turkiy tilda yaratilgan yuksak namunalaridan hisoblanadi. Mazkur asar ustida adabiyotshunos olimlar S. G‘anieva, YU. Tursunov va Q. Ergashevlar ilmiy izlanishlar olib borib, “Munshaot”ning xos xususiyatlariga doir tadqiqot va maqolalar yaratganlar.
Xususan, YU. Tursunov 2001 yilda “Munshaot”ni bugungi kun o‘zbek tiliga moslab, nashr ettirdi38. Olim mazkur kitobning so‘zboshisida asarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalib, “Munshaot”ni nashrga tayyorlash jarayonida asarning bir necha qo‘lyozma nusxalari qiyosan o‘rganib chiqilganligini va ular tarkibidagi maktublar son jihatdan farqlanishini ta’kidlaydi. YU.Tursunov Sankt-Peterburgdagi Davlat Xalq kutubxonasida 588-tartib raqami bilan saqlanuvchi “Munshaot” tarkibida 60 ta, boshqa ko‘plab nusxalarda 90 ta atrofida, nihoyat Alisher Navoiyning o‘zi tuzgan “Kulliyot”ga kiritilgan “Munshaot”dagi maktublar soni 104 ta ekanligini ma’lum qiladi. Olim bu holatni Alisher Navoiyning maktublari turli davrlarda yaratilganligi va keyinroq yozilgan xatlar asosida “Munshaot” tarkibi to‘ldirib borilganligi bilan izohlaydi. YU. Tursunov amalga oshirgan “Munshaot” nashri Istanbuldagi To‘pqopi saroyi kutubxonasida 808-raqam ostida saqlanayotgan Alisher Navoiy asarlari kulliyotining qo‘lyozma nusxasi asosida bo‘lib, mazkur nusxadagi “Munshaot” boshqalariga nisbatan to‘liqroq hisoblanadi, ya’ni 107 maktubni o‘z ichiga oladi39.
Musulmon SHarqida maktub insho san’atini o‘zida namoyon qilib, unda maktub bituvchining badiiy salohiyati, nuktadonligi, so‘zga hassosligi aks etgan va bu xatlarda maxsus axborot etkazishdan ko‘ra chuqur mazmunning mavjudligi ustuvor hisoblangan. Alisher Navoiy “Munshaot” muqaddimasida bu haqda to‘xtalib, forsiy tilda yozilgan maktublardagi jimjimadorlik, noziklik, mazmunan teran baytlarning turkiy tilda bitilgan maktublarda mavjud emasligini, aksincha, turkiy tildagi xatlarning badiiylikdan yiroq bo‘lganligini ta’kidlab, turli she’riy parchalar bilan bezalgan go‘zal maktublarni turkiy tilda ham yozish mumkinligini isbotlash maqsadida o‘zi yozgan xatlarni to‘plab, taqdim etayotganligini ma’lum qiladi. Haqiqatan ham, Alisher Navoiy “Munashot”i tarkibiga kirgan maktublar mohiyati bilan tanishish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, har bir maktubda turli badiiy san’atlar: o‘xshatish, istiora, tashbeh, mubolag‘a va saj’ usulidan juda ko‘plab o‘rinlarda foydalanilgan. Bundan tashqari, deyarli har bir xatda Qur’on oyatlari, hadislar, ruboiy, bayt, masnaviy, she’riy parchalar keltirilgan bo‘lib, ular xat yuborilgan insonga fikrni yanada ta’sirchan tarzda etkazishda xizmat qilgan.
Alisher Navoiyning “Munshaot” asaridagi maktublar turli voqea-hodisalar munosabati bilan shoirning do‘sti Sulton Husayn Boyqaroga, shahzodalarga va boshqa shaxslarga yo‘llangan bo‘lib, ular mazmunan nasihat, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ruhidadir. Xatlarda turli tarixiy shaxslar nomlari, ularning hayoti bilan bog‘liq ibratli jihatlar tilga olinib, Alisher Navoiy bu orqali maktub yo‘llanayotgan odamni to‘g‘ri yo‘lga chaqiradi.
Umuman olganda, Alisher Navoiyning “Munshaot” asari Musulmon SHarqi insho san’atining yuksak namunasi bo‘lish bilan birga o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayoti haqida xabar beruvchi muhim manba sifatida ham g‘oyat qimmatlidir.
“Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) hazrat Navoiyning umri poyonida yozgan so‘nggi asari bo‘lib, 1500 yilda yaratilgan. Asar axloqiy-ta’limiy mazmunda, buyuk mutafakkirning boy hayotiy tajribasi va xulosalari asosida yaratilgan, Navoiyning o‘zi bu haqda asar muqaddimasida shunday yozadi:
...Bu nav’ ashob va ahbobg‘a intiboh qilmoq va alarni bu nav’ holatdin ogoh qilmoq vojib ko‘rundiki, har toifa xisolidin vuquflari va har tabaqa ahvolidin shuurlari bo‘lganki, munosib el xizmatig‘a shitob qilg‘aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob vojib bilgaylar va bori el bila maxfiy rozlarin so‘zlashgaylar va shayotin va ins makru firibdin boziy emagaylar. Va har nav’ el suhbat va xususiyatiki, alarga havas bo‘lg‘ay, bu faqirning tajribasi alarg‘a bas bo‘lg‘ay”.
“Mahbub ul-qulub” asari 3 qismga bo‘linadi. Birinchi qism “Xaloyiq ahvol va af’ol va aqvolining kayfiyati” deb atalib, 40 faslni o‘z ichiga oladi. Unda sultonlardan tortib darveshlargacha bo‘lgan 49 ijtimoiy tabaqa va guruhlarning tavsifi keltiriladi. Navoiy birinchi faslda avvalgi asarlarida bo‘lgani kabi hukmdor eng avvalo adolatli bo‘lishi kerak degan masalani qo‘yadi va odil podsho Allohning fuqaroga yuborgan rahmatidir, uning adolati mamlakatga omonlik va farovonlik olib keladi deydi:
Odil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va mamolikka mujibi amniyat va rafohiyat”. Navoiy ana shunday odil podsho sifatida Sulton Husayn Boyqaroni madh etadi:

Download 335.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling