tabiat yodgorliklari hisoblangan daraxtlar turlari haqida hozirgacha maxsus ilmiy
ishlar qilinmagan, ularning turlar tarkibi, tarqalishi va ekilish tarixi haqida
ma’lumotlar juda kam. Asriy daraxtlar haqida so’z yuritilganda, aborigen
(mahalliy) turlardan sharq chinori (Platanus orientalis), tutlar (Morus alba, Morus
nigra), grek yong’og’i (Juglans regia) kabi turlarni hisobga olinadi. Ammo
viloyatimiz hududida ancha kam o’rganilgan bir qator adventiv - iqlimlashtirilgan
turlar borkim, ular ham har tomonlama o’rganilishi va muhofazaga muhtoj asriy
daraxtlar hisoblanadi. Bular qatoriga Nurota tog’laridagina uchraydigan savr-
Platycladus orientalis (Biota orientalis), pista (Pistacia vera) va ayrim asriy
daraxtzorlar – Urgut, Ohalik kabi joylarda mavjud daraxtzorlarni kiritish mumkin.
4
Ularning ancha turlari iqlimlashtirilgan daraxtlardir (yapon soforasi – Sophora
japonica, qo’ng’ir eman – Quercus robur, arg’uvon – Cercis siliquastrum, tikanli
gledichiya – Gleditschia triacanthos, soxta kashtan – Aesculus hippocastanum va
boshq.). Bundan tashqari, viloyat tumanlaridagi ayrim ziyoratgohlarda o’sib turgan
chinorlar haqida ham – ularning soni, yoshi, ekilish tarixi, hozirgi holati haqida
ham ma’lumotlar deyarli yo’q, mavjudlari ham ko’pchilikka ma’lum emas. Ularni
hisobga olish va muhofaza etish, kelgusi avlodlargacha yetkazish choralarini
ko’rish muhim ilmiy, amaliy va shu qatorda ma’naviy ahamiyatga ham ega. Zero,
odamlar borki, tirigida o’likdir, odamlar borki, o’ligida tirikdir. Aksariyati
ziyoratgohlarda o’suvchi, tarixni eslatuvchi bu tirik botanik yodgorliklarni
o’rganish, ularni muhofaza etib, kelgusi avlodga yetkazish zarur.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, o’rganilayotgan mavzu ancha dolzarb va o’z
vaqtida tanlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: