Tadqiqot maqsadi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishini bajarishdan
maqsad Samarqand viloyati va Samarqand shahri atrofidagi botanik tabiat
yodgorliklarining turlar tarkibi, tumanlarda tarqalishi, sistematikasi, ekilish tarixi,
ahamiyati va muhofaza etilish holatini batafsilroq o’rganishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilab
olindi:
Tadqiqot vazifalari:
1. Samarqand shahrida o’sayotgan botanik tabiat yodgorliklarini aniqlash.
2. Samarqand viloyati tumanlarida tarqalgan va o’sayotgan daraxt botanik tabiat
yodgorliklarini aniqlash va ularning holatini o’rganish.
3. O’rganilayotgan daraxtlarni fotosuratlarini olish va yig’ish.
4. To’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va sistematik guruhlarini aniqlash.
5. Botanik tabiat yodgorliklarining Samarqand viloyat hududiga keltirib ekilish
tarixini va hozirgi holatiga baho berish.
6. Botanik tabiat yodgorliklarining muhofaza choralarini o’rganish haqida fikr
yuritish.
5
7. Viloyat va Samarqand shahrida o’sib turgan asriy daraxtlarning joylashuv
xaritasini tuzish va ular bilan sayyohlarni tanishtirish marshrutini aniqlash.
8. O’rganilayotgan mavzu bo’yicha to’plangan ma’lumotlar asosida xulosalar
chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |