Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Samarqand shahri atrofi va
Samarqand viloyati hududida tarqalgan botanik tabiat yodgorliklari haqidagi ayim
ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy ishlab chiqarish
markazining ilmiy xodimi R. Yu. Qozoqboyevning ilmiy maqolalarida [13,14],
S.A.Muhammadiyev
va
boshq.
[12]
hamda
X.A.Keldiyorov
va
E.S.Sulaymonovlarning [7] kitoblarda uchratish mumkin. Bu manbalardagi
ma’lumotlar bir-birini takrorlaydi, turlar soni, tuplar soni, Samarqand viloyat
hududida tarqalishi va hozirgi holati haqidagi ma’lumotlarni bermaydi. Ba’zi turlar
masalan, Platycladus orientalis – savrning Nurota tog’larining shimoliy-g’arbiy
yonbag’irlarida o’sishi biror manbada eslatilmagan. Shu sababdan viloyatdagi
botanik tabiat yodgorliklarini chuqurroq o’rganish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |