Muzaffarova vazira shuxrat qizi samarqand viloyatining botanik tabiat yodgorliklari, biologiyasi va ularni
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
samarqand viloyatining botanik tabiat yodgorliklari biologiyasi va ularni muhofaza etish (1)
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ilk bor Samarqand shahri va viloyatida
buyuk Amir Temur davrida va XIX asrning so’nggi choragida iqlimlashtirilgan, hozir esa asriy bo’lgan daraxtlar o’rganildi. Botanik tabiat yodgorliklari deb hisoblangan daraxtlarning flora tarkibi, tuplar soni, tarqalishi, o’sish holati o’rganildi. Savr (Platycladus orientalis)ning va pista (Pistacia vera)ning asriy tuplari borligi aniqlandi va o’sish manzillari xaritaga kiritildi. Tadqiqot qisqa muddatli ekspeditsiyalar tashkil qilish yo’li bilan o’tkazildi va asriy daraxtlarning hududimizda tarqalganligi va holati o’rganildi. Ekspeditsiyalar 2010-yil yozida Samarqand viloyatining Qo’shrabot, Nurobod, Ishtixon, Oqdaryo, Jomboy, Payariq, Urgut tumanlari, Omonqo’ton, Ohalik hududlariga uyushtirildi. Savr (Platycladus orientalis), chinor (Platanus orientalis), eman (Quercus robur), jo’ka (Tilia cordata) daraxtlari generativ holatda, ya’ni urug’ hosil qilib ko’payish holatida. Ayrimlarida esa, masalan, qrim qarag’ayi (Pinus 6
pallasiana)ning ayrim tuplarida, Qo’shchinorda va Urgutda o’sib turgan chinorlar (Platanus orientalis)da qurish alomatlari mavjud. Ikki bo’lakli ginkgo (Ginkgo biloba), mamont daraxti (Sequojadendron giganteum)larning yoshi 136-137 yilga teng bo’lsa-da, hali generativ bosqichga kirmagan. Fikrimizcha, ginkgo, sekvoyadendronlar uchun Samarqand iqlim sharoiti optimal o’sish sharoiti emas. Ilk bor tekshirishlar natijasida Samarqand viloyatida yuksak o’simliklarning Qarag’aytoifalar (Pinophyta), Magnoliyatoifalar (Magnoliophyta) bo’limlariga mansub 17 oila, 23 turkum, 25 tur asriy daraxtlar mavjudligi aniqlandi. Shulardan 4 oila, 7 turkum, 7 tur daraxtlar Qarag’aytoifalar (Pinophyta) bo’limiga, 13 oila, 16 turkum, 18 tur daraxtlar esa Magnoliyatoifalar (Magnoliophyta) bo’limiga mansub.
Qarag’aytoifalar (Pinophyta)lardan qrim qarag’ayi (Pinus pallasiana) – 100 tupdan ko’proq, virjiniya archasi (Juniperus virginiana) – 8 tup, botqoq sarvi (Taxodium distychum ) – 5 tup, livan kedri (Cedrus libani) – 1 tup, sharq sauri (Platycladus orientalis) – 4 tup, mamont daraxti (Sequojadendron giganteum) – 1 tup, ginkgo (Ginkgo biloba) – 2 tupi asriy daraxtlar sifatida saqlanib qolgan. Magnoliyatoifalar (Magnoliophyta)dan sharq chinori(Platanus orientalis) – 100 tupdan ortiqroq, pista (Pistacia vera) – 1 tup, jo’ka (Tilia cordata) – 8 tup, eman (Quercus robur) – 19 tup, soxta kashtan (Aesculus hippocastanum) – 5 tup, gledichiya (Gleditschia triacanthos) – 6 tup, yapon saforasi (Saphora japonica) – 3 tup, arg’uvon (Cercis siliquastrum) – 1 tup, tugma daraxti (Gymnocladus dioica) – 1 tupi Samarqand viloyatining botanik yodgorliklari sirasiga kiradi.
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling