"Muzey fondi" tushunchasi. Muzey fondini ilmiy tashkil etish va komplektlashning ilmiy maqsadi
Download 72 Kb.
|
Davlat muzey fondi, Muzey ashyolarini o\'rganish, ilmiy ma\'lumotnoma apparati
Fondlarni komplektlash muzey faoliyatining eng asosiy jihatlaridan biri bo’lib, bu jarayonda jamiyat taraqqiyotini hujjatlashtirishda hamda ijtimoiy axborotlarni to’plash ham zurur vazifa hisoblanadi. Fondlarni komplektlashning ilmiy maqsadishundan iboratki, buning natijasida muzey ahamiyatga molik bo’lgan predmetlar topib boriladi, o’rganiladi, muzey fondlariga qo’shiladi. Buning natijasida muzey fondlari mukammallashib, to’lib boradi. Fondlarni komplektlashning ahamiyati shundan iboratki, fondlar yaxshi predmetlar bilan boyib, muzey fondining qiymati ortib boradi. Buning natijasida muzeyning jamiyatdagi o’rni yanada mustahkamlanadi. Muzey fondlarini komplektlab borish uni rivojlantirib borishdir. Demak, muzey fondini komplektlash - bu muzey kollektsiyalarining ko’payib, ortib borishidir. Albatta, bu jarayon ichki fond ishi (turkumlash, sistemalash, aniqlash) ham olib boriladi. Demak, fondlarni komplektlash muzey faoliyatining aossiy ko’rinishlaridan biri bo’lib, jamiyat taraqqiyotini hujjatlashtirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Fondlarni komplektlash avval ashyolarni yig’ish deb nomlangan. Hozirgi termin bilan qadimiy atama o’rtasida mohiyatan katta farq bor.Qadimgi atama muzey ashyolarini yig’ish, muzey fondini ko’paytirib borishgina nazarda tutsa, muzey fondlarini komplektlashda undan tashqari fondni ilmiy tashkil etish, predmetlarni o’rganish, ularni sistemalash ishlari ham olib boriladi.
Muzey fondlarini komplektlash asosan 2 yo’nalishda olib boriladi: 1. Tipologik (turdosh) kollektsiya. Unda muzey predmetlari tipologik belgilariga ko’ra muzey fondlari bo’limlariga qabul qilinadi. 2. Tematik (mavzuviy) ko’rgazmada turli turdagi predmetlar guruhi biografiyasi jamiyat hayotidagi biror hodisaga bog’liqligiga, ishlab chiqarish shakliga, madaniy hayotni aks ettirishiga qarab tashkil etiladi. Uni tashkil etish tematik, xronologik tamoyil asosida amalga oshiriladi. 2. Tarix sohasidagi muzeylardagi fondlarni komplektlash ishida muzeyshunoslar, tarixchilar, arxeologlar, etnograflar, moddiy va ma`naviy madaniyat tarixi bilan shug’ullanuvchilar, san`atshunoslar, adabiyotshunoslar ham qatnashadi. Komplektlash jarayonining o’zi bir necha bosqichlarga bo’linadi: 1. Tarix yoki hozirgi kunga oid faktlar ichidan muzey qiziqishga moligini ajratib olish. 2. Predmetning qimmatini fondni komplektlash maqsadi yuzasidan o’rrganish va aniqlash. 3. Muzey ahamiyatiga molik predmetni yakuniy ekspertdan o’tkazish. 4. Predmetni muzey predmetlari safiga qabul qilish. Fondlarni komplektlash manbalari har xil bo’lib, u tasodifiy topilmalardan rejalashtirilgan yo’naltirilgan tadqiqotlargacha o’z ichiga oladi. Muzey o’z faoliyati davomida kollektsiya to’plovchilar, alohida predmetlarning egalari, ilmiy tashkilotlar (ilmiy kollektsiya to’plovchi, lekin saqlovchi emas. Misol uchun: tarix fakul'tetlarining arxeologiya va etnografiya kafedralari), amaliy san`at ustalari, musavvirlar, fotograflar, nashryotlar, kitob palatalari, bukinistik va komession do’konlar bilan doimiy aloqada bo’lishi zarur. CHunki ular muzey fondini komplektlashda asosiy o’rin tutadigan, katta samara beradigan uslub - dala tadqiqotidir. Bu uslub asosan arxeologiya, etnografiya, moddiy madaniyat tarixi va boshqa sohalar uchun xarakterlidir. 3. Dala tadqiqoti uch bosqichda olib boriladi: tayyorlanish bosqichi, dala-tadqiqotini olib borish, yakuniy bosqich.Tayyorlanish bosqichida ekspeditsiya vazifalari aniqlanadi, mavzu shakllantiriladi va tanlanadi, tanlangan ob`ektning haqiqiyligi ilmiy asoslanadi. SHu bosqichda ilmiy adabiyotlar,shu va boshqa muzeylardagi ekspeditsiya mavzusiga oid yig’ilgan kollektsiyalar, ishchi dastur va ekspeditsiya yo’nalishi o’rganiladi. Bu bosqich oxirida ekspeditsiya rahbari va uning a`zolari maxsus hisobot-ma`ruza tayyorlab, uni muzey ma`muriyati va maxsus komissiyaga topshiradilar.Ikkinchi bosqich ekpeditsiya yo’nalishini joyini aniqlashdan va keyingi ishlarni aniq rejalashtirishdan boshlanadi. Lekin bu bosqichda asosiy ish asosan dala-tadqiqotini olib borishdir. Bu borada mahalliy aholi bilan suhbat, ularni qadimgi va hozirgi davrlardagi hayoti va faoliyatini o’rganish, ularni hikoyalarini yozib borish, muzey ahamiyatiga molik predmetlarni topish va unga ega bo’lish, ular to’grisida axborot yig’ish (yozma, tasviriy va ovozli) kabi ishlar olib boriladi. Ekspeditsiyani hujjatlashtirish doimiy ravishda olib boriladi va katta ahamiyatga ega bo’ladi. CHunki bu hujjatlashtirish o’z navbatida huquqiy ahamiyatga ham ega bo’ladi. Dala ro’yxati (polevaya opis') asosiy ekspeditsiya hujjati hisoblanadi. Unda predmetning muzey ahamiyatiga qanchalik molikligi dala sharoitida ekspeditsiya a`zolariga aniqlashga yordam beradigan belgilari aniqlanadi va yozib qo’yiladi. Dala ro’yxati quyidagicha to’ldiriladi: 1. Tartib nomeri. 2. Predmetning nomi, turi, tafsifi. tafsif qisqa, lekin predmet haqida etarli ma`lumot bera oladigan holatda beriladi. Predmetning ilmiy nomidan tashqari, mahalliy nomi ham yozib qo’yiladi. 3. Predmet soni, miqdori. Predmet faqat bir raqam bilan nomerlanishi, lekin bir necha qismdan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, bir predmetning turli tomondan olingan surati. 4. Sanasini aniqlash. Agar aniq sanasini aniqlash iloji bo’lmasa taxminiy sanasi so’roq belgisi bilan yozib qo’yiladi. 5. Kelib chiqsh joyi, tarixi, qaysi davrga tegishliligi. 6. Ulchami, saqlanganlik sifati darajasi. 7. Predmetning kimdan olinganligi va egasining manzili. 8. Narxi. Agar sovg’a qilingan bo’lsa, u ham qayd etiladi. 9. Predmetni olingan va hujjatlashtirilgan sanasi. 10. Fond bo’limini nomeri va shifri. Bu erda predmet qabul qilinadigan muzeyning fond bo’limi yoziladi. 11. Izoh. Ekspeditsiya jarayonidagi asosiy ikkinchi hujjat ekspeditsiya kundaligi hisoblanadi. Kundalikda butun ekspeditsiya faoliyati qariyalar, faxriylar va boshqa muhim voqealar bilan tanishuv jarayoni va uning egaligi, mualliflari, predmetlar, suhbatlar, shuningdek keyingi ekspeditsiya yo’nalishini aniqlashga doir suhbatlar aks etadi. ekspeditsiya hujjatlashtirib borish ham muhim ahamiyatga ega.Yakuniy bosqich muzeyga qaytgach boshlanadi. Bu erda predmetlar yana qaytadan to’liq, keng o’rganiladi va turkumlashtiriladi. ekspeditsiya yakuni bo’yicha ilmiy hisobot tekshiriladi, maxsus seminar o’tkaziladi. Agar zarur bo’lsa, yig’ilgan kollektsiyalar haqida ma`lumotnoma nashr etish, yig’ilgan kollektsiyalardan ko’rgazmalar tashkil etish va maxsus konferentsiya o’tkazish mumkin. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling