N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115
Varaxsha Buxoro xukum dorlarining qarorgohi boMib, bu erdan 
saroy qoldiqlari bilan bir qatorda devoriy suratlar ham topilgan.
M azkur yodgorlik 
1938-1953 
yillarda tekshirilgan. 
Varaxsha 
devorlariga loy suvokdan so‘ng elimli rang bilan suratlar solingan. 
Ularda podsho,. saroyi hayoti tasvirlangan. Shuningdek, Varaxshadan 
ganchdan ishlangan haykallar ham topilgan.
V araxsha devoriy suratlarida (VII-VIII asrlar) buxorxudodlam ing 
hayot tarzi, y a’ni saroy hayoti, ibodat va ov manzarasi tasvirlangan. 
Saroyning sharqiy zali janubiy devorining o ‘ng tom onida qanotli tuya 
shaklida ishlangan taxtda podsho tasviri, devorning chap tom onida saroy 
ahlining altar qarshisidagi ziyorati, saroyning qizil zal devoriy 
suratlarida esa fil mingan ovchining yoMbars bilan olishuv manzarasi 
tasvirlangan.
Panjikent harobasini tekshirish 1946 yildan buyon olib borilmoqda. 
Tadqiqotlar natijasida V-VII asrlarga oid boMgan turar joylar 
aniqlangan. Turar-joylar jum lasiga Divashtich saroyi, boy va oddiy 
shahar axolisi uylari kiradi. Boy xonadon uylari murakkab reja asosida 
qurilgan. Bu erda ham ijtimoiy uylar va 2 ta ibodatxona ochib o ‘rganildi. 
Saroy va yirik binolarning devorlariga hayotiy va diniy mavzudagi 
rasm lar solingan. Samarkand, Varaxsha, Panjikent rasmlari ilk o'rta 
asrlarda 0 ‘rta Osiyoda tasviriy san’at yuqori darajada boMganligini 
ko‘rsatadi.
Ilk oMta asrlarda saroylar haykaltaroshlik namunalari bilan ham 
bezatilgan. Quva ibodatxonasi Budda haykallari topilgan. Badisatvalar, 
farishta va jin lar birgalikda tasvirlangan bu F arg‘ona haykaltaroshlik 
maktabining o'zig a xos tomonlari mavjudligini aks ettiradi. Uning 
shaklanishida hind ikonografiyasi bilan mahalliy, ilohiy sanamlari o ‘z 
aksini topgan.
Haykaltaroshlik san’atining izlari mil. IV -V asrlarga oid Tohariston- 
ning K uyovqo‘rg‘on qal’adan topilgan. K uyavqo‘rg‘on haykallari zeb-
124


ziynatli bezaklarga boy engil kiyimlardagi erkak va ayol tasvirlaridan 
iborat.
Ilk 
o ‘rta 
asrlar 
davri 
monumental 
m e’morchiligida 
ganch 
naqshinkorligi keng qoMlanilgan. Unda antik davr an’analari umuman 
uchramaydi, 
balki o‘z zamonasiga xos yangi uslubiy y o ‘nalishi 
shakllangan. Buni Afrosiyob, Varaxsha va Dumaloqtepa (Tohariston) 
qasr bezaklarida uchratish mumkin.
Monumental san’at bilan birgalikda ilk o‘rta asrlarda amaliy 
san’atning 
barcha 
y o ‘nalishlari 
rivojlangan. 
Ular 
shaharlaring 
rivojlanishi va shahar hunarmandchiligining taraqqiyoti bilan uzviy 
bog‘langan edi. Oltin va kumushdan har xil idishlar yasash ko‘lami 
kengayadi. Ayniqsa, bu m asalada Xorazm maktabi, Tohariston va 
So‘g‘d ustalari katta yutuqlarga erishadilar.
Arxeologik qazish materiallari va tasviriy san’at asarlari ilk o ‘rta 
asrlar davrida zargarlik va tosh o'ym akorlik san’ati yuksak darajada 
rivojlanganligini tasdiqlaydi. V-VI asrlarda oliy nasabli mulk egalari- 
ning shaxsiy muhri sifatida qimmatbaho ♦tosh-serdolikdan gemmalar 
yasash davom etgan.
Ilk o ‘rta asrlar madaniyatida sanam lar yasash va ularga oilaviy 
sigMnish keng tus olgan. Ular Baqtriyada, So‘g‘dda, Choch va 
Farg‘onada mavjud boMgan. Arxeologiyada «koroplastika sanamlari» 
deb nom olgan badiiy san’atning markazi So‘g ‘diyona boMgan. 
Koroplastika 
Samarqand, Rabinjon, halibarzu, Kofirqal’a, Buxoro, 
Poykent va Erqo‘rg‘onda ko‘plab uchraydi. Ular oilaviy kult obrazlari, 
qahramonlik epos va rivoyatlarining personajlari sifatida ilk o 'rta asrlar 
madaniyatida keng o ‘rin olgan. Koroplastika bu haykalchalar boMib, 
ko'pincha 
sopoldan 
ishlangan, 
uning 
mum, 
gips 
va 
boshqa 
materiallardan ishlangani ham topiladi. Koroplastikada ko‘pincha ayol- 
ma’budalam iing xaykalchalari ishlangan. Lekin mil.avv.II asrdan erkak 
kishi va hayvonlarning koroplatikalari ham uchraydi. Sopol ko‘za va 
tut^tkich dastalarini har xil hayvonlar shaklida ishlash an’anaga aylandi.
Ilk oMta asrlarda hunarmandchiligida ostodonlar tayyoriash keng 
rivojlandi. Chunki zardushtiylik dinida murdalarni bevosita erga 
ko‘mishni taqiqlagan va ularning tozalangan suyaklarini ostodon deb 
atalgan maxsus sopol yashiklarda ko‘mishni taqozo etgan. Bu sopol 
yashiklarning qopqoqlari va devorlarining tashqi tomoni har xil bo‘rtma 
naqshlar-ilohiy personajlar va m e’moriy kolonnalar, daraxt va o'sim lik 
barglari bilan bezatilgan. Ostodonlarning ishlanishi turli joylarda 
turlicha boMgan. Masalan: Xorazmda m e’moriy va statuar ostodonlar,
125


C hochda chizm a naqshli yashiksim on 
ostodonlar, 
So‘g‘da esa 
otashparastlik ilohiyati e ’tiqodi bilan bogMiq bo‘lgan syujetli ostodonlar 
keng tarqalgan. Ostodonlar maxsus inshoot - nauslarda saqlangan.
VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asrning boshlarida 0 ‘rta Osiyo 
hududlariga islom diniy mafkurasining kirib kelishi mahalliy m adaniyat 
rivojlanishida to ‘sqinlikni keltirib chiqardi. Islom aqidashunosligi 
m ahalliy m uhitga majburan kiritildi, mahalliy an ’anaviy badiiy 
m adaniyat va san ’at olami islomiylashdi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling