N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115
h is o b la n a d i.
134


Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlanib, pardoz ishlari 1404 boMgan. 
Uning ikkita tayanch qismi bugungi kungacha saqlanib turibdi. Shuning 
o‘zi ham bu qurilgan imoratning salobatli boMganligidan darak yilgacha 
davom ettirilgan. Qasrga kirish qismida ulkan va bejirim peshtoq berib 
turibdi. Peshtoq ustunlari girih, islimiy va hattotlik naqshlari bezatilgan. 
0 ‘ng ustunga Temurga bagMshlangan tarixiiy lavha oltin suvi bilan 
yozilgan.
Tem uriylar davri shaharsozligida bozor va savdo inshootlari 
qurilishlariga ham katta e’tibor berilgan. Bular to‘g‘risida Ispaniya qiroli 
Karl IHning Temur saroyidagi elchisi Rui Gonzales Klavixo asarida, 
«Bobum oma» kabi o ‘sha davr qoMyozma asarlarida maMumotlar 
saqlanib qolgan. Ularda ochiq bozorlar bilan bir qatorda rasta, chorsu, 
tim va boshqa usti yopiq savdo inshootlari to‘g ‘risida yozib qoldirilgan.
Tem uriylar davrida bunyod etilgan eng noyob inshootlardan biri 
U lug'bek rasadxonasidir. U 1424 yilda Obi Rahmat arigM yonida, osti 
tog‘ jinsli toshlardan iborat tepalik ustiga qurilgan. Rasadxona dumaloq 
shaklda boMib, diametri 48 metr boMgan. Abdurazzoq Samarqandiy uni 
etti qavatli, Bobur esa, 
uch oshyonafi deb yozadi. 
Arxeolog 
V.L.Vyatkin tomonidan rasadxonaning poydevori va asosiy asb o b i- 
Faxriy sektanti joylashtirilgan chohi qazib o ‘rganilgan. Bu choh 
aylananing oltidan bir qismi erga o ‘yib yasalgan. Uning ikki hoshiyasi 
marmar bilan pardozlanib gradus, daqiqa, soniyalar tushirilgan. Bino 
pishiq gMshtdan ishlangan.
Tem ur davrida bunyod etilgan madrasalaming maMum bir qism igana 
saqlanib qolgan, ular to'gM'isida tadqiqotchilar oMtasida turli xil fikrlar 
mavjud. Ulug‘bek davrida bunyod etilgan m adrasalar yaxshi saqlanib 
qolgan. Samarqandda 1417-1420 yillarda qurilgan madrasa boshqa 
madrasalardan qurilishi va bezalishi jihatdan alohida ajralib turadi. Bu 
madrasaning tomonlari 81x56 metrni tashkil etgan. T o‘rt burchagida 
minora boMgan. Binoning old tomonida peshtoq qurilgan. Hovli atrofida 
28 ta hujra ikki qavatli tarzda joylashgan va hujralaming har biri ikki 
boMimli boMgan. M adrasa hovlisida 4ta ravoqli ayvon bor. Uning 3tasi 
yozgi darsxona vazifasini o ‘tagan. Bosh peshtoq tomonida joylash- 
ganlari esa, qishki darsxona vazifasini o'tagan. Hovli to ‘rida masjid 
joylashgan. Binoning tashqari qismi girih va hattotiy naqshlar bilan 
koshinlangan. Peshtoq 10 yulduzli girih, bosh ravoq cheti morpechdan 
iborat. Hovli ichidagi ayvonlar, hujra peshtoqlari girih, islimiy va 
hattotiy naqghlar bilan bezatilgan.
135


U lug‘bek tom onidan 1417 yilda Buxoroda qurilgan madrasaning 
kom pozitsion echimi birm uncha oddiyroqdir. Unda bir qishki va ikkita 
yozgi darsxona mavjud. H ujralar ikki qavat qilib qurilgan bo‘lsa ham, 
bosh peshtoq tom onidagi hujralar ko‘cha tomonga qaratilgan. Binoning 
to ‘rt burchagida minora emas, guldastalar o ‘matilgan. Shu madrasaning 
darvozasida «Urn olmoq har bir musulmon va muslimaning burchi- 
dir» degan yozuv saqlanib qolgan. 1433 yilda Ulug‘bek tomonidan 
G 'ijduvonda bunyod etilgan madrasa bir qavatlidir. Uning hovlisi to ‘rida 
yozgi darsxona, o ‘ng tom onida masjid, chap tom onida m aktab-darsxona 
joylashgan. Yozgi darsxonaning ikki yon tomonida esa, 8 ta hujra 
joylashgan. M adrasaning to ‘rtburchagi guldastalar bilan yakunlangan.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling