N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
peshtoq namunalari uchraydi. Maqbaraga kirish bir tom onlama, peshtoq 
orqali boMib, u butun sharqiy devomi egallagan. Peshtoqning ustki qismi 
ravoqlar bilan bezatilgan. A rab-ota maqbarasi P.Sh.Zoxidov fikricha, 
oldin som oniylar qasrining bir qismi boMgan keyinchalik maqbaraga 
aylantirilgan.
Um um an, X I-X II asrlarga oid m aqbaralar 0 ‘rta Osiyo hududida ko‘p 
saqlanib qolgan. Ularning qurilish uslublari bir-biriga yaqin. M aqbaralar 
orasida chodirsim on gumbaz bilan yopilganlari alohida ajralib turadi. 
Bu turdagi gum bazlar Pokiston, Xindiston va boshqa m amlakatlarda 
«gumbazi turkistoni» deb nomlanadi. Gumbazi turkistoni bilan yopilgan 
m aqbaralar turkum iga 
Qadimgi Toroz (hozirgi Jam bul) yaqinidagi 
Bobaji Xotun, K o‘hna Urganchdagi Faxriddin Roziy va Sulton Tekesh 
m aqbaralarini misol qilish mumkin.
IX -X II asrlarda m asjidlar qurilishiga ham alohida e ’tibor berganlar
chunki u islom dinining asosiy g ‘oyaviy markazi hisoblangan. Ular 
xuddi turar joylardek, hovli atrofini o ‘rab olgan ayvon ko'rinishiga ega 
boMgan. E ’tiro f etishlaricha, Muhammad payg‘ambar, dastlab ibodatgoh 
sifatida onasining uyidan foydalangan ekan. M asjidlarning bir tomonida 
m ehrob boMib, ular ham alohida bezatilgan. Shuningdek, masjidlar 
yonida azon aytish uchun minoralar bunyod qilingan. Lekin ularning 
ko‘pchilik qismi saqlanib qolmagan. K o‘hna Urganch, Termiz, Buxoro, 
Vobkent va Jarqo‘tondagi minoralar bizning davrim izgacha etib kelgan.
Jarqo‘tondagi minora Serakslik usto Ali 
ibn M uham m ad tomonidan 
qurilgan. Uning balandligi 21,6 
m
va ostki diametri 6,4 
m
ga teng. 
Devorlari yarim aylanasimon bo'rtm alar tarzida olinib, ularning yuqori 
qism ida ravoqchalar bilan tutashtirilgan. 
Buxorodagi M inorai Kalon 
1127 yili qaroxoniy 
Arslonxon buyutmasi asosida qurilgan. Uning 
balandligi 45, 60 
m
boMib, 10 burchakli poydevor ustiga qurilgan, 
diametri 9 m etrga yaqin. Uni usta m e’mor Baqo bunyod qilgan. Bu 
minora pishiq gMshtdan bunyod qilingan boMib, uning ustki qismiga 
o ‘ym a naqsh bilan nihoyatda g o ‘zal, takrorlanmas bezaklar berilgan.
130


Vobkent minorasini Baqo ustoning shogirdi qurgan deb hisoblanadi. 
Uning balandligi 38,7m, 12 burchakli poydevor ustiga qurilgan, diametri 
6,2 
m.
U ham pishiq gMshtdan naqshinkor qilib bezatilgan.
Bu davrga oid madrasalar bizning davrim izgacha etib kelmagan. 
Faqat Shohi Zinda kompleksidagi Tam g‘ach Bug'raxon madrasasining 
qoldiqlari saqlanib qolgan. Tarixiy manbalarda uning 1066 yilda 
qurilganligi aytib oMilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida uning 
tomonlari 44x55 
m
boMganligi aniqlangan.
Kirish tomoni sharqqa qaratilgan boMib, uncha katta boMmagan 
peshtoq boMgan. Uning o ‘ng va chap tom onlarida 2ta gumbazli darsxona 
boMgan. Hovli atrofida 10 ga yaqin hujralar, masjid va yozgi darsxonasi 
boMgan.
Bu davrga oid karvon saroylaming ham ko‘pchiIigi yaxshi saqlan- 
magan. Lekin nomlari xalq orasida saqlanib qolgan. Jumladan. 
Toshrabot, Qo'shrabot, Oqrabot, Doya xotin va boshqalar. Odatda 
karvon saroylar rabotda joylashgan. Doya xotin va Raboti Malik karvon 
saroylari maMum darajada saqlanib qolgan.
Ular orqali biz o ‘sha davrlarda karvon saroylar kanday tarzda 
boMganligi to‘g ‘risida xulosa chiqara olamiz. Raboti M alik karon saroyi 
1078-1079 yillarda Qoraxoniy Shams ul-M ulk tomonidan qurilgan deb 
hisoblanadi. Bu bino xom gMshtdan qurilgan boMib, pishiq gMsht bilan 
pardozlangan. Devorlarining balandligi 12 m boMgan. Bugungi kunda 
uning peshtoqi saqlanib qolgan. Binoning old tomonining ikki 
burchagida minoralar boMgan. 
M inoralardan peshtoqqacha boMgan 
joylarda kungurador-yarim ustunlar joylashtirilgan. Uning usti ravoq 
toqlar bilan birlashtirilgan. 
Bino ikki qismdan iborat boMgan. 
Peshtoqdan ko'ngdalang joylashgan hovliga chiqilgan, uning to ‘rtala 
tom onida hovlilar boMgan. Hovlining to‘rida katta gumbazli saroy va 
xonalar boMgan. Bir paytlar Raboti M alik karvon saroyi katta 
kompleksdan iborat boMgan. Uning qarama-qarshi tomonida sardoba 
boMib, u ham hozirgi kungacha saqlanib turibdi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling