N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
sun’iy
olov chiqarishni o‘rganib olganlar. Ular yog‘ochni bir-biriga ishqalash natijasida olov chiqarganlar. Bu nihoyatda ko‘p mehnat talab qilgan. Yog‘ochni yog‘ochga uzoq vaqt qattiq ishqalagandan so‘ng juda mayda kipik hosil boMgan, u qizib tutay boshlagan, puflab alanga oldirilgan. 0 ‘rta paleolit davri yodgorliklarida ko‘plab gulxan qoldiqlari topilgan. Odamlar o‘tin bilan birgalikda hayvon suyaklarini ham yoqqanlar. 0 ‘rta paleolit davrida neandartal tipdagi odam yashagan. Bu davr odami dastlab Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgani uchun ham shu nomni olgan. U ilk paleolit odamidan ancha farq qilgan. Uning bo‘yi past peshonasi tor va nishab, qosh ustidagi suyaklari qalin, yonoq suyaklari chiqib ketgan, iyagi nihoyatda kichkina, tizzalari sal bukilgan, 2 oziq tishi bo‘rtib chiqqan, qo‘l panjalari kalta va yo‘g ‘on boMgan. Bosh miyasining hajmi 1200- 1400 sm ni tashkil etgan. Xuddi shunday tipdagi odam 1938 yili A.P.Okladnikov tomonidan Teshiktosh g‘oridan topilgan. 0 ‘rta paleolit davri yodgorligi 0 ‘zbekistonda dastlab 1938 yilda Teshiktoshda topilgan. Hozirgi kunda esa 0 ‘rta Osiyo hududi bo‘yicha ulaming soni 300 dan ortgan. Ulardan 50 dan ortiq makon keng o ‘rganilgan. Lekin hozirgacha Teshiktosh makoni o'zining qadimiyligi va arxeologik materiallarga boyligi bilan ajralib turadi. Muste bosqichi tosh davrining boshqa davrlariga nisbatan keng o‘rganilgan. Bu davrga oid makonlarning tadqiq qilinishi o‘rta paleolit davri xo‘jalik madaniy hayotining barcha tomonlarini yoritdi. Bu davr OUslomov, K.Kraxmal, A.Okladnikov, V.Ranov, M.Qosimov, R.Sulaymonov, T.Mirsoatov, N.Toshkenboev, Z.Abramova va boshqa- lar tomonidan tadqiq qilingan. 0 ‘zbekistonda keyingi davrlarda muste davriga oid ko‘plab makonlar topib tadqiq qilingan. Faqatgina Toshkent vohasining o‘zidan 30dan ortiq yodgorlik topilgan. Lekin muste davrining ko‘pgina topilmalari tuproq qatlamlarida sochilma holda topilgan. Chunki adir va tekisliklardagi manzilgohning keyingi davrlarda buzilib ketishi natijasida madaniy qatlamlar yo‘qolgan yoki tabiat ta’sirida yuvilib ketgan. Moddiy buyumlar esa tuproq qatlami tashqarisida topilgan va 24 arxeologlar tomonidan qayd qilingan. Muste davri yodgorliklarining to 'liq madaniy qatlamlari ko‘proq g ‘or-m akonlarda saqlanib qolgan. Ular Zarafshon vohasi va Qizilqum hududlaridan ham ko‘plab topib tadqiq qilingan. Boysun tog‘i mintaqasidan Teshiktosh g ‘or-m akoni, Am ir Tem ur g ‘ori, Toshkent vohasidan Obiraxmat, X o ‘jakent, B o‘zsuvr KoMbuloq makonlari, Farg‘ona vodiysidan Jarqo‘ton, B o‘ribuloq, Tomchisuv manzilgohlari, Zarafshon vohasidan Om onqo‘ton, G o'rdara, Q o‘tirbuloq, Zirabuloq, Takalisoy g ‘or makonlari, shuningdek, U chtut- V aush-Ijond va Q opchig‘oy ustaxonalaridir. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling