N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
Teshiktosh g ‘or-m akoni Surxondaryo viloyati, Boysun tumani-
dagi Boysun tog‘ining janubiy yon bag‘ridagi Zavtalashgan darasida joylashgan. G ‘or 1938-1939 yillarda A.P.Okladnikov tom o nidan tekshirilgan. 5 ta madaniy qatlamdan toshdan yasalgan mehnat qurollari, uchrindi tosh qurollar, turli shakldagi nukieuslar, o ‘tkir uchli tosh nayzalar, tosh pichoqlar, paraqalar, sixcha, qirg‘ich, kurakcha, chopper, chopqi va hokazolar topilgan. Teshiktoshdan topilgan mehnat quroilarning aksariyatf qirquvchi va tarashlovchi vazifalami bajargan. Bu erdan yana faqat neandertal odamiga xos disksimon nukleuslardan (o'zaklar) bir necha nusxa topilgan. Ularning diametri 10-15smni tashkil etgan. Uchrindi toshlardan terilarga ishlov berish, yog‘ochlarni kesish, randalash kabi ishlarda foydalanganlar. Bunday mehnat qurollar eng ko‘p Teshiktoshdan topilgan. Teshiktosh g‘orining eng qimmatli topilmasi odam suyagi qoldiqlarining topilishidir. U eng pastki madaniy qatlamdan topilgan. U chalqanchasiga yotqizilib, ustiga qizil oxra sepilgan holda ko‘milgan. Qabri atrofida arhar shohlari terilgan. Tadqiqotchilar fikricha, bu diniy e ’tiqod bilan bogMiq. 1938 yilda antropolog G.Gerasimov, uni 0 ‘rganib, 9 yoshli neandertal bola deb xulosa bergan. 1970 yillarda bu odamni antropolog A.Alekseev ham o ‘rgangan. Neandertal odamning 2003-2004 yillarda qilingan maxsus ta x lili, uning ilk xomo sapines (homo sapiens) odami ekanligini ko‘rsatdi. G ‘ordan gulxan izlari, uning atrofida tog‘ echkisi, bug‘u, yovvoyi ot, ayiq, sirtlon (giena), leopard, bars, quyon, kemiruvchilar va parrandalarning suyak qoldiqlari topilgan. Teshiktoshliklar ovchilik bilan birga termachilik bilan shug'ullanishgan. O b ira h m a t g‘o r m akoni Toshkent shahridan 100 km shimoli— sharqda, G ‘arbiy Tyan— Shanning Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilida joylashgan. G 'o r yoysimon shaklda boMib, 25 eni 20 metrdan ortiqroq, janubga qaragan, sathi keng, quruq va yorug‘. G ‘or-makon 1966-1972 yillarda R.X.SuIaymonov tomonidan o'rganilgan. U mustening rivojlangan va so‘nggi bosqichlariga oid. Unda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan 30 mingdan ortiq ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan turli mehnat qurollari- nukleuslar, paraqalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirg‘ichlar, pichoqlar va kurrakchalar topilgan. Ular o‘ziga xos prizma shaklidagi yorma texnika, qisman levallua tipidagi texnika asosida ishlangan. G ‘ordan hayvon suyagidan ishlangan bigizlar ham topilgan. Shuningdek, gulxan izlari, kul, ko‘mir, bug‘u, tog1 echkisi, to‘ng‘iz, jayron, g‘or sheri, arhar va boshqa hayvonlarning suyaklari ham topilgan. Bu erda odamlar 120— 40 ming yil muqaddam istiqomat qilganligi aniqlangan. Ular ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. Keyingi yillarda Obirahmat makonini qayta o‘rganish natijasida u erdan so‘nggi paleolit davri mehnat qurolarini va 16- qatlamdan 70 ming yil oldin yashagan odam suyaklari (6 ta tish va kalla suyagining boMaklari ) topildi. Mazkur topilma bo'yicha 2004 yilda halqaro simpozium o‘tkazildi. Unda Obiraxmat odamida neandertal va xomo sapines (zamonaviy odam) odamidagi xususiyatlar omuxtalashganligi va uning olamshumul ahamiyati qayd etildi. Obiraxmat makonidagi mehnat qurollari o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolitga o ‘tish davriga mansubdir. Bunday xususiyatga xos makonlar Evropa, Yaqin Sharq, Oltoy yodgorliklaridan ham topilgan. Tadqiqotlar natijasida olimlar, Obiraxmat odamlarining o‘rta paleolitdan uzoq tadrijiy rivojlanish orqali yuqori paleolit davriga o'tishgan degan xulosaga kelishdi. Xo‘jak e n t manzilgohi Toshkent vohasidagi muste davriga oid g‘orturidagi yodgorliklaridan biri bo'lib, Toshkent shahridan 80 km shimoliy-sharqda Xo‘jakent qishlog‘i yaqinida, Chirchiq daryosining chap sohilidagi qoyatoshlar ostida joylashgan. G ‘or shimoli-g‘arbga qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4m. Makonda 1958— 1959 yillarda A.P.Okladnikov va X.Nasriddinovlar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Uning madaniy qatlami g ‘oming ayrim joylaridagina saqlanib qolgan. Tadqiqot jarayonida makondan 524 ta tosh qurollar topilgan. Shulardan paraqalar 88 ta, nukleuslar 49 ta, qolganlari tosh uchirmalari va siniqlaridir. Topilgan qurollar levallua-muste mada- niyatiga xos bo‘lib, Obirahmat va Teshiktosh makonlaridagi mehnat qurollariga o‘xshashdir. 26 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling