N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zirabuloq makoni
Qo‘tirbuloq makoni
- ochiq joydagi qarorgoh hisoblanadi. Uning topilishi neandertal odamning g ‘orlardan chiqib, o‘ziga sun’iy boshpana qura olishi va dasht m intaqalarida yashashga o ‘tganligini ko‘rsatdi. Makon Samarqand shahridan 100 km g‘arbda, Qattaqo‘rg ‘on tumani- dagi Charxin qishlog‘i yaqinidagi Zirabuloq tog‘ining shimoliy yon bag'ridagi Q o‘tirbuloq deb nomlangan buloq atrofidan topilgan. Uni dastlab Yu.F.Buryakov rahbarligidagi 0 ‘rta Zarafshon ekspeditsiyasi tomonidan 1971 yilda ro‘yxatga olingan. Keyinchalik uni N.Toshkent- boev o ‘rgangan. Bu erdan 5 madaniy qatlam topilgan. Ulardan 10 mingdan ko‘proq tosh buyumlar topilgan. Bu topilm alar asosan chashma yonidan topilgan. Shuningdek, tosh qurollari va chiqindilar yonida gulxan izlari ham topilgan. Bu tosh qurol yasashda ibtidoiy odam lam ing olovdan foydalanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu erdan turli ov qurollari palaxmon toshi va nayzalar ham topilgan. Q o‘tirbuloq makonidan topilgan qurollam ing ishlanish texnikasi Obiraxmat va Teshiktosh madaniyatiga o ‘xshaydi. Shuni inobatga olib, olimlar uni ham rivojlangan muste davriga oid deb hisoblaydilar. Lekin bu m akonda qurol yasashda kertish texnikasida qurollam ing o‘tkirlanishi bir tekisda emasligi bilan boshqa madaniyatlardan farq qiladi. Arxeologlar Zirabuloq tog‘ tizmasining shimoliy etaklaridan va Zarafshon daryosining o ‘ng qirg‘oqlaridan ibtidoiy kishilarning bir necha qarorgohlarini ham ruyxatga oldilar. Bulam ing madaniyati ham Q o‘tirbuloq madaniyatiga o ‘xshash bo‘lib, ularning ko‘pchiligida madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Ular orasida Zirabuloq makoni alohida o ‘rinni egallaydi. Zirabuloq makoni - Q o‘tirbuloqdan 1 km sharqda joylashgan. U ham 1971 yilda ro‘yxatga olinib, tadqiqot ishlari 1978 yillargacha arxeolog M .Jo‘raqulov tomonidan olib borildi. Bu erdan Q o‘tirbuloq makonidan topilgan tosh buyumlarga o ‘xshash buyumlar topildi. Bundan arxeologlar bir—biriga yaqin qo‘shni boMgan ibtidoiy odamlar yashagan degan xulosaga keldilar. Lekin bu erdan so‘nggi muste davriga oid tosh qurollari ham topilgan. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling