N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Mavzuni mustahkamlovchi savollar
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodda tuting!
- 3-§. So‘nggi paleolit davri va uning yodgorliklari
- Tosh pichoqiar
Mavzuni mustahkamlovchi savollar:
1. 0 ‘rta paleolit davrining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang? 2. Tosh qurollarining ishlanish uslubi qanday boMgan? 3. Nukleus nima? 4. Teshiktosh yodgorligi topilmalarmi kimlar o‘rgangan? 5. Obiraxmatdan topilgan odam va Teshiktoshdan topilgan odam yashagan muhitni solishtiring? 6. Tosh ustaxonalari qaerlardan topilgan? 7. Ibtidoiy odamlar qanday g‘orlami o‘zlashtirganlar? Yodda tuting! • 0 ‘rta paleolit mil.avv. 100—40 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. • 0 ‘zbekiston hududi o‘rta paleolit mil.avv. 200-100 ming yilliklar hisoblanadi. • Jahon arxeologiyasida o‘rta paleolit muste va levallua-muste bosqichlariga boMinadi. • 0 ‘zbekiston hududida o‘rta paleolit -muste, levallua, levallua- muste, soan bosqichlariga boMinadi. •Nukleus tosh o‘zagidir. •Nukleus yorma texnika asosida ishlangan. • 0 ‘rta paleolitda sun’iy olov ixtiro qilingan. • 0 ‘rta Osiyodan 300dan ortiq o‘rta paleolit makonlari topilgan. • 1938 yili Teshiktosh g ‘oridan neandertal odam qoldiqlari topilgan. • 2003 yilda Obiraxmatdan neandertal va xomo sapines odamidagi xususiyatlar omuxtalashgan odam qoldiqlari topilgan. 31 • Zarafshon vohasidan Omonqo‘ton, Zirabuloq, Go‘rdara, Takalisoy makonlari topilgan. 3-§. So‘nggi paleolit davri va uning yodgorliklari Ilmiy adabiyotlarda so‘nggi paleolit davri yuqori paleolit davri tushunchasi bilan ham ishlatiladi. Bu davr mil.avv. 40— 12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Keyingi yillarda 0 ‘zbekiston arxeologiya- sining yutuqlariga ko‘ra, bu davr mil.avv. 100-12 ming yilliklar bilan belgilanmoqda. So‘nggi paleolit davrida ibtidoiy odamlar qon-qarindoshlik aloqalari asosida birlashgan jamoa bo‘lib yashay boshlaganlar, ya’ni ibtidoiy urug‘chilik jamoasi davri boshlangan. Urug'ni boshqaruv ayollar qoMida boMgan, chunki ular uy yumushi bilan band boMganliklari sababli oilani boshqarish zimmasida boMgan, erkaklar esa, doimo ovda boMganlar. Bunday davr tarixda matriarxat, ya’ni onalar hukmronligi davri deb ataladi. So‘nggi paleolit davrida hozirgi zamon odami qiyofasiga o‘xshash-krom anon odami yashagan. Kromanon odami suyak qoldiqlari dastlab Fransiyaning Kromanon makonidan topilgani uchun shunday nom olgan. Olimlar bu davr odamini homo sapiens-aql-idrokli odam deb ham ataydilar. So‘nggi paleolit davri yodgorliklari 0 ‘zbekiston hududida o‘rta paleolitga nisbatan kam topilgan. Bunga asosiy sabab, muzliklar eriy boshlagach, odamlar vodiy va daryo bo‘ylarida chayla, ertoMa va yarim ertoMalarda yashay boshlaganlar. Chayla va yarim ertoMalar vaqt o‘tishi bilan shamol, yomg‘ir, insonlar tomonidan erlarning o‘zlashtirilishi natijasida yo‘q boMib ketgan. ErtoMalarni topish esa, qiyin. Shu sababli so‘nggi paleolit davri makonlarining ko‘pchiligi tasodifiy ravishda topilgan. So‘nggi paleolit davri odamlari xo‘jaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arhar, qulon, tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz mevali o ‘simliklarni ham ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning ham dastlabki kurtaklari paydo boMgan. Tosh qurollari ishlash uslubi o'zgargan. Yorma texnika usuli ilk bosqichda keng qoMlanilgan boMsa, keyingi bosqichlarda retushlash usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay, ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash 32 deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib, kerakli shaklga keltirish tushuniladi. Bu usul juda murakkab bo‘lib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. Retush- langan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqa- lashgan. Tosh pichoqiar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich boMgan. Tosh kesgich qattiq materiallami ishlashda foydalanilgan. Tosh qirg‘ich uzunchoq parrakcha boMib, bir uchi yoysimon tig1 boMgan, muste davridagi qirgMchdan ancha farq qilgan, undan yumshoq materiallami ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoq- toshdan yasalgan nayza boMgan. Ajdodlarimiz yog‘och va hayvon suyaklaridan ham ko‘plab qurollar yasaganlar. Suyakdan garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar, shuningdek, terini tikish uchun ignalar va bigizlar yasashgan. Suyakdan qurollar yasash yuqori paleolit davrining so‘ngi bosqichlarida ko‘paygan. Bu bosqich jahbosqichi deb (20 ming— 13 ming yil oldin) ajratiladi. So‘nggi paleolit davrida qarindosh urug‘chilik munosabatlarining tartibga solinishi natijasida kishilarning jismoniy va aqliy rivoj- lanishida o‘zgarishlar yuz berdi. Insonlarning tashqi ko‘rinishida o‘zgarish yuz berishi bilan birga ulaming tabiiy -geografik sharoitga moslashishi natijasida irqlar vujudga keldi - evropoid, mongoloid, negroid. Evropoid irqi fanda kromanon odami nomini olgan. 0 ‘zbekistonning ham Samarqand makonidan kromanon odamning qoldiqlari topilgan. So'nggi paleolit davrida yuz bergan muhim o'zgarishlardan yana biri, bu san ’atning kashf etilishidir. San’atning vujudga kelishi o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bogMiq boMsa-da, ular qoldirgan ona haykalchalari va qoya tosh suratlari o‘sha davr ijtimoiy hayoti haqida bizga ko‘p maMumotlar beradi. 0 ‘rta Osiyoning ko‘pchilik joyidan qoyatosh suratlari topilgan. So‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklar kam topilganiga qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanishi yuqori paleolit davri taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlarini ochishga imkon berdi. Hozirgi kunda 0 ‘rta Osiyoda yuqori paleolit davriga oid 30 ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan boMsa, shulardan 10 tasi 0 ‘zbe- kistondan topilgan. Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand, Siyobcha, Xo‘jamazgil makonlari yaxshi o‘rganitgan. KoMbuloq 33 Bo'zsuv, Takalisoy, Tuyabo‘g‘iz makonlaridan ham yuqori paleolit davri izlari topilgan. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling