N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Mavzuni mustahkamlovchi savollar


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
Mavzuni mustahkamlovchi savollar:
1. 0 ‘rta paleolit davrining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang?
2. Tosh qurollarining ishlanish uslubi qanday boMgan?
3. Nukleus nima?
4. Teshiktosh yodgorligi topilmalarmi kimlar o‘rgangan?
5. Obiraxmatdan topilgan odam va Teshiktoshdan topilgan odam 
yashagan muhitni solishtiring?
6. Tosh ustaxonalari qaerlardan topilgan?
7. Ibtidoiy odamlar qanday g‘orlami o‘zlashtirganlar?
Yodda tuting!
• 0 ‘rta paleolit mil.avv. 100—40 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
• 0 ‘zbekiston hududi o‘rta paleolit mil.avv. 200-100 ming yilliklar 
hisoblanadi.
• Jahon arxeologiyasida o‘rta paleolit muste va levallua-muste 
bosqichlariga boMinadi.
• 0 ‘zbekiston hududida o‘rta paleolit -muste, levallua, levallua- 
muste, soan bosqichlariga boMinadi.
•Nukleus tosh o‘zagidir.
•Nukleus yorma texnika asosida ishlangan.
• 0 ‘rta paleolitda sun’iy olov ixtiro qilingan.
• 0 ‘rta Osiyodan 300dan ortiq o‘rta paleolit makonlari topilgan.
• 1938 yili Teshiktosh g ‘oridan neandertal odam qoldiqlari topilgan.
• 2003 yilda Obiraxmatdan neandertal va xomo sapines odamidagi 
xususiyatlar omuxtalashgan odam qoldiqlari topilgan.
31


• 
Zarafshon vohasidan Omonqo‘ton, Zirabuloq, Go‘rdara, Takalisoy 
makonlari topilgan.
3-§. So‘nggi paleolit davri va uning yodgorliklari
Ilmiy adabiyotlarda so‘nggi paleolit davri yuqori paleolit davri 
tushunchasi bilan ham ishlatiladi. 
Bu davr mil.avv. 40— 12 ming 
yilliklarni o‘z ichiga oladi. Keyingi yillarda 0 ‘zbekiston arxeologiya- 
sining yutuqlariga ko‘ra, bu davr mil.avv. 100-12 ming yilliklar bilan 
belgilanmoqda.
So‘nggi paleolit 
davrida 
ibtidoiy odamlar qon-qarindoshlik 
aloqalari asosida birlashgan jamoa bo‘lib yashay boshlaganlar, ya’ni 
ibtidoiy urug‘chilik jamoasi davri boshlangan. Urug'ni boshqaruv 
ayollar qoMida boMgan, chunki ular uy yumushi bilan band 
boMganliklari sababli oilani boshqarish zimmasida boMgan, erkaklar 
esa, doimo ovda boMganlar. Bunday davr tarixda matriarxat, ya’ni 
onalar hukmronligi davri deb ataladi.
So‘nggi 
paleolit 
davrida 
hozirgi 
zamon 
odami 
qiyofasiga 
o‘xshash-krom anon 
odami 
yashagan. Kromanon 
odami 
suyak 
qoldiqlari 
dastlab 
Fransiyaning 
Kromanon makonidan 
topilgani 
uchun shunday nom olgan. Olimlar bu davr odamini homo 
sapiens-aql-idrokli odam deb ham ataydilar.
So‘nggi paleolit davri yodgorliklari 0 ‘zbekiston hududida o‘rta 
paleolitga nisbatan kam topilgan. Bunga asosiy sabab, 
muzliklar 
eriy boshlagach, odamlar vodiy va daryo bo‘ylarida chayla, ertoMa 
va 
yarim 
ertoMalarda yashay 
boshlaganlar. 
Chayla 
va 
yarim 
ertoMalar vaqt o‘tishi bilan shamol, yomg‘ir, insonlar tomonidan 
erlarning o‘zlashtirilishi natijasida yo‘q boMib ketgan. ErtoMalarni 
topish esa, qiyin. Shu sababli so‘nggi paleolit davri makonlarining 
ko‘pchiligi tasodifiy ravishda topilgan.
So‘nggi paleolit davri odamlari xo‘jaligining asosini ovchilik 
tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arhar, qulon, tuya 
kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz 
mevali o ‘simliklarni ham ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning 
ham dastlabki kurtaklari paydo boMgan.
Tosh qurollari ishlash uslubi o'zgargan. Yorma texnika usuli ilk 
bosqichda keng qoMlanilgan boMsa, keyingi bosqichlarda retushlash 
usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay, 
ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash
32


deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun 
tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar 
uchirib, kerakli shaklga keltirish tushuniladi. Bu usul juda murakkab 
bo‘lib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. 
Retush- 
langan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqa- 
lashgan. Tosh pichoqiar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim 
mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich boMgan. Tosh 
kesgich qattiq materiallami ishlashda foydalanilgan. Tosh qirg‘ich 
uzunchoq parrakcha boMib, bir uchi yoysimon tig1 boMgan, muste 
davridagi 
qirgMchdan 
ancha 
farq 
qilgan, 
undan 
yumshoq 
materiallami ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoq- 
toshdan yasalgan nayza boMgan.
Ajdodlarimiz yog‘och va hayvon suyaklaridan ham ko‘plab 
qurollar yasaganlar. Suyakdan garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar
shuningdek, terini tikish uchun ignalar va bigizlar yasashgan. 
Suyakdan 
qurollar 
yasash 
yuqori 
paleolit 
davrining 
so‘ngi 
bosqichlarida ko‘paygan. Bu bosqich jahbosqichi deb (20 ming— 13 ming yil oldin) ajratiladi.
So‘nggi paleolit davrida qarindosh urug‘chilik munosabatlarining 
tartibga solinishi natijasida kishilarning jismoniy va aqliy rivoj- 
lanishida o‘zgarishlar yuz berdi. Insonlarning tashqi ko‘rinishida 
o‘zgarish yuz berishi bilan birga ulaming tabiiy -geografik sharoitga 
moslashishi natijasida irqlar vujudga keldi - evropoid, mongoloid, 
negroid. Evropoid irqi fanda kromanon odami nomini olgan. 
0 ‘zbekistonning ham Samarqand makonidan kromanon odamning 
qoldiqlari topilgan.
So'nggi paleolit davrida yuz bergan muhim o'zgarishlardan yana 
biri, bu san ’atning kashf etilishidir. San’atning vujudga kelishi 
o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bogMiq boMsa-da, 
ular qoldirgan ona haykalchalari va qoya tosh suratlari o‘sha davr 
ijtimoiy 
hayoti 
haqida 
bizga 
ko‘p 
maMumotlar 
beradi. 0 ‘rta 
Osiyoning ko‘pchilik joyidan qoyatosh suratlari topilgan.
So‘nggi 
paleolit davriga 
oid 
yodgorliklar 
kam 
topilganiga 
qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanishi yuqori 
paleolit davri taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlarini ochishga imkon 
berdi. Hozirgi kunda 0 ‘rta Osiyoda yuqori paleolit davriga oid 30 
ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan boMsa, shulardan 10 tasi 0 ‘zbe- 
kistondan topilgan. Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand, 
Siyobcha, Xo‘jamazgil makonlari yaxshi o‘rganitgan. KoMbuloq
33


Bo'zsuv, Takalisoy, Tuyabo‘g‘iz makonlaridan ham yuqori paleolit 
davri izlari topilgan.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling