N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115
G o‘rdara 
g ‘or makoni - Samarqand viloyati Urgut tumani 
Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida G o‘rdara 
soyi 
yaqinida topilgan. Uni 1966 yilda A.Asqarov rahbarligidagi arxeologik 
otryad ro‘yxatga olgan va keyinchalik N.Toshkenboev tomonidan tadqiq 
qilingan. Bu erdan gardish shaklidagi tosh siniqlari va qirg‘ich topilgan. 
Uning tosh buyumlari Q o‘tirbuloq makonining yuqori qatlamidan
29


chiqqan tosh buyumlari o‘xshaydi. Lekin bu erda hali tadqiqot ishlari 
oxiriga etkazilmagan.
Ibtidoiy odamlar 
hayotida tosh mehnat qurollari muhim o‘rinni 
egallagan. Shu sababli mehnat quroli uchun yaroqli tosh xom- 
ashyolarini topish ular uchun juda muhim boMgan. Ilk paleolit davrida 
odamlar qayroq toshlardan foydalanishgan boMsa, uning so‘nggi 
bosqichlarga kelib chaqmoqtoshning afzalliklarini bilib olishgan. 
Chaqmoqtosh tabiatda keng tarqalgani bilan birga unga ishlov berish va 
o ‘tkir qirra xosil qilish oson boMgan. Ibtidoiy odamlar o‘rta paleolit 
davriga kelganda chaqmoqtosh konlarini topib, u erlarda tosh 
ustaxonalarini tashkil qilganlar. Shuningdek, ibtidoiy odamlar ochiq 
xavoda yotgan chaqmoqtoshdan ko‘ra, uzoq yillar davomida nam 
tortgan 
chaqmoqtoshga 
ishlov 
berish 
osonligini 
ham 
payqab, 
chaqmoqtosh konlarini toshgan intilganlar. Bunday ustaxonalar nafaqat 
0 ‘zbekiston hududida, balki Kavkaz, Belorussiya, Boshqirdston, Volga 
bo‘ylari, Ukraina va Sibirdan ham topilgan. Bunday tosh ustaxonalarini 
tadqiq qilish olimlarga o‘sha davr moddiy buyumlarini tadqiq 
qilishnigina emas, balki tosh konlar ibtidoiy urug‘ jamoalari o‘rtasida 
madaniy va iqtisodiy aloqa vositasi sifatida ham katta o‘rin egallaganini 
aniqlash imkonini berdi. Ibtidoiy odamlar tosh hom-ashyosini o ‘zaro 
iqtisodiy ayirboshlashda va qurol yasash tajribalarini almashinishda 
foydalanganlar.
Bu o‘rinda muste davriga oid Qopchig‘oy, Qoratov, Ohangaron 
ustaxonalari qiziqarlidir. Ularni 
1951-1965 yillarda Arxeologiya 
institutining 
Ya.G‘.G‘ulomov 
rahbarligidagi 
arxeologik 
otryadi 
tomonidan o‘rganilgan.
Qopchig‘ay ustaxonasi - Farg‘ona shahridan 40 km janubda, Oloy 
tog‘ining shimoliy yonbag‘ridagi Dangi darasining ichkari qismidagi 
Qopchig‘oy degan joydan topilgan. U ochiq joydagi chaqmoqtosh koni 
hisoblanadi. U erdan topilgan tosh qurollar va chiqindilarga asoslanib 
tadqiqotchilar, uni muste davridan boshlab odamlar o‘zlashtirganligini 
ta’kidlaydilar. Bu ustaxonada A.P.Okladnikov, M.R.Qosimov ham 
tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Paleolit davri oid tosh ustaxonalari Navoiy 
viloyati 
Navoiy 
tumanida 
Uchtut, Ijond, Vaush va Zarafshonning qadimgi irmoqlari, 
Ohangaron daryosi bo‘ylarida ham mavjudligi qayd qilingan.
U chtut yodgorligi 
Navoiy 
viloyati 
Navoiy 
tumani 
Olchin 
qishlogM 
yonidagi Qoratog‘ning 
janubiy 
qiyaligida 
joylashgan.
30


Yodgorlik 1958 yili arxeolog X.Muhammedov tomonidan topilgan. 
Keyingi yillarda uni T.Mirsoatov keng koMamda o‘rgandi.
Uchtut ilk va o‘rta paleolit davriga oid ochiq manzilgoh va 
chaqmoqtosh xom ashyosi qazib olinadigan joy boMgan. U erdan 
muste davriga oid tosh qurollari, qo‘pol cho‘qmorlar, nukleuslar, 
uchrindi va boshqa qurollar topilgan.
Tosh ustaxonalari Zarafshonning qadimgi irmoqlari, Ohangaron 
daryosi bo‘ylarida ham mavjudligi qayd qilingan. 
Ular arxeolog 
T.Mirsoatov 
tomonidan 
o‘rganilgan. 
Chaqmoqtosh 
konlari 
va 
ustaxonalarini keng tadqiq qilish ibtidoiy madaniyati tarixni o‘rganishda 
muhim manba sanaladi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling