N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takalisoy g‘ori
Omonqo‘ton g‘or makoni-Samarqand viloyati Urgut tumanining
Omonqo‘ton qishlog‘i yaqinida, Samarqanddan 43-44 km janubda joylashgan. Makon 1947 yilda D.N.Lev rahbarligidagi SamDU ekspeditsiyasi tomonidan topildi va 1957 yillargacha tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqotlar jarayonida qalinligi 25smdan 1,5 mgacha boMgan madaniy qatlam aniqlanib, undan 220 ta tosh buyumlar topildi. Ularning asosiy qismi chaqmoqtoshdan yasalgan. 30 ga yaqin turli xildagi nukleuslar boMib, ular orasida gardishsimon va prizma shaklidagi nukleuslar ham bor. Paraqalar levallua-muste texnika madaniyatini eslatadi. Kertish texnikasi asosida toshning ikkala tomoniga ham ishlov berish natijasida qurol tigMari arrasimon va toMqinsimon boMib chiqqan. Bu erda bargsimon paraqalar ham bor. Bunday qurol namunalari Ko‘tirbuloq va Zirabuloq makonlaridan ham topilgan. Omonqo‘ton g‘oridan hayvonlarning suyak qoldiqlari ham topilgan. Arxeolog D.N.Levning tadqiqoticha, makon ilk va rivojlangan muste davriga oiddir. Takalisoy g‘ori - Omonqo‘ton g‘origa yaqin joylashgan muste davri yodgorligidir. Uni 1952 yilda D.N.Lev tadqiq qilgan. Bu erdan chaqmoqtosh siniqlari, uchburchaksimon uzun paraqa, kertish usulida ishlangan pichoqsimon qurol, gulxan izlari va hayvon suyaklari topilgan. Toshning ishlanish texnikasi asosida uni D.N.Lev mustening so‘nggi bosqichiga oid deb ko‘rsatadi, chunki bu erdan topilgan paraqalar va otsheplar gardishsimon va prizmaga o‘xshash nukleuslardan ajratib olingan. Bu makonda neandertal odamlar vaqtincha yashaganlar. Takalisoy makonidan topilgan ashyolar Qo'tirbuloq makonidan topilgan ashyolarga o ‘xshash boMib, bu neandertal odamlarning Zarafshon vohasida muste davri boshidan to oxirgi bosqichigacha uzluksiz yashaganlaridan darak beradi. 28 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling