N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115
sun’iy 
olov 
chiqarishni o‘rganib olganlar. Ular yog‘ochni bir-biriga ishqalash 
natijasida olov chiqarganlar. Bu nihoyatda ko‘p mehnat talab qilgan. 
Yog‘ochni yog‘ochga uzoq 
vaqt qattiq ishqalagandan so‘ng juda 
mayda kipik hosil boMgan, u qizib tutay boshlagan, puflab alanga 
oldirilgan. 0 ‘rta paleolit davri yodgorliklarida 
ko‘plab gulxan 
qoldiqlari 
topilgan. Odamlar 
o‘tin 
bilan 
birgalikda 
hayvon 
suyaklarini ham yoqqanlar.
0 ‘rta paleolit davrida neandartal tipdagi odam yashagan. Bu 
davr odami dastlab Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgani 
uchun ham shu nomni olgan. U ilk paleolit odamidan ancha farq 
qilgan. Uning bo‘yi past peshonasi tor va nishab, qosh ustidagi 
suyaklari qalin, yonoq suyaklari chiqib ketgan, iyagi nihoyatda 
kichkina, tizzalari sal bukilgan, 2 oziq tishi bo‘rtib chiqqan, qo‘l 
panjalari kalta va yo‘g ‘on boMgan. Bosh miyasining hajmi 1200- 
1400 sm ni tashkil etgan. Xuddi shunday tipdagi odam 1938 yili 
A.P.Okladnikov tomonidan Teshiktosh g‘oridan topilgan.
0 ‘rta paleolit davri yodgorligi 0 ‘zbekistonda dastlab 1938 yilda 
Teshiktoshda topilgan. Hozirgi kunda esa 0 ‘rta Osiyo hududi 
bo‘yicha ulaming soni 300 dan ortgan. Ulardan 50 dan ortiq 
makon 
keng 
o ‘rganilgan. 
Lekin hozirgacha Teshiktosh makoni 
o'zining qadimiyligi va arxeologik materiallarga boyligi bilan ajralib 
turadi.
Muste bosqichi 
tosh davrining boshqa davrlariga nisbatan keng 
o‘rganilgan. Bu davrga oid makonlarning tadqiq qilinishi o‘rta paleolit 
davri xo‘jalik madaniy hayotining barcha tomonlarini yoritdi. Bu 
davr OUslomov, K.Kraxmal, A.Okladnikov, V.Ranov, M.Qosimov, 
R.Sulaymonov, T.Mirsoatov, N.Toshkenboev, Z.Abramova va boshqa- 
lar tomonidan tadqiq qilingan.
0 ‘zbekistonda keyingi davrlarda muste davriga oid ko‘plab makonlar 
topib tadqiq qilingan. Faqatgina Toshkent vohasining o‘zidan 30dan 
ortiq yodgorlik topilgan. Lekin muste davrining ko‘pgina topilmalari 
tuproq qatlamlarida sochilma holda topilgan. Chunki 
adir va 
tekisliklardagi 
manzilgohning 
keyingi 
davrlarda 
buzilib 
ketishi 
natijasida madaniy qatlamlar yo‘qolgan yoki tabiat ta’sirida yuvilib 
ketgan. Moddiy buyumlar esa tuproq qatlami tashqarisida topilgan va
24


arxeologlar tomonidan qayd qilingan. Muste davri yodgorliklarining 
to 'liq madaniy qatlamlari ko‘proq g ‘or-m akonlarda saqlanib qolgan. 
Ular Zarafshon vohasi va Qizilqum hududlaridan ham ko‘plab topib 
tadqiq qilingan. Boysun tog‘i mintaqasidan Teshiktosh g ‘or-m akoni, 
Am ir Tem ur g ‘ori, Toshkent vohasidan Obiraxmat, X o ‘jakent, B o‘zsuvr
KoMbuloq makonlari, Farg‘ona vodiysidan Jarqo‘ton, B o‘ribuloq, 
Tomchisuv manzilgohlari, Zarafshon vohasidan Om onqo‘ton, G o'rdara, 
Q o‘tirbuloq, Zirabuloq, Takalisoy g ‘or makonlari, shuningdek, U chtut- 
V aush-Ijond va Q opchig‘oy ustaxonalaridir.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling