N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Teshiktosh g ‘or-m akoni Surxondaryo viloyati, Boysun tumani- 
dagi 
Boysun 
tog‘ining janubiy 
yon 
bag‘ridagi 
Zavtalashgan 
darasida joylashgan. G ‘or 1938-1939 yillarda A.P.Okladnikov tom o­
nidan tekshirilgan. 5 ta madaniy qatlamdan toshdan yasalgan mehnat 
qurollari, uchrindi tosh qurollar, turli shakldagi nukieuslar, o ‘tkir 
uchli tosh nayzalar, 
tosh 
pichoqlar, paraqalar, 
sixcha, 
qirg‘ich, 
kurakcha, 
chopper, 
chopqi 
va hokazolar topilgan. Teshiktoshdan 
topilgan mehnat quroilarning aksariyatf qirquvchi va tarashlovchi 
vazifalami bajargan. Bu erdan yana faqat neandertal odamiga xos 
disksimon nukleuslardan (o'zaklar) bir necha nusxa topilgan. Ularning 
diametri 10-15smni tashkil etgan. Uchrindi toshlardan terilarga ishlov 
berish, yog‘ochlarni kesish, randalash kabi ishlarda foydalanganlar. 
Bunday mehnat qurollar eng ko‘p Teshiktoshdan topilgan.
Teshiktosh 
g‘orining 
eng 
qimmatli 
topilmasi 
odam 
suyagi 
qoldiqlarining topilishidir. U eng pastki madaniy qatlamdan topilgan. 
U chalqanchasiga yotqizilib, ustiga qizil oxra sepilgan holda ko‘milgan. 
Qabri atrofida arhar shohlari terilgan. Tadqiqotchilar fikricha, bu diniy 
e ’tiqod bilan bogMiq.
1938 yilda antropolog G.Gerasimov, uni 
0
‘rganib, 9 yoshli neandertal 
bola deb xulosa bergan. 1970 yillarda bu odamni antropolog A.Alekseev 
ham o ‘rgangan. Neandertal odamning 2003-2004 yillarda qilingan 
maxsus ta x lili, uning ilk xomo sapines (homo sapiens) odami ekanligini 
ko‘rsatdi.
G ‘ordan gulxan izlari, uning atrofida tog‘ echkisi, bug‘u, 
yovvoyi ot, ayiq, sirtlon (giena), leopard, bars, quyon, kemiruvchilar 
va 
parrandalarning 
suyak 
qoldiqlari 
topilgan. 
Teshiktoshliklar 
ovchilik bilan birga termachilik bilan shug'ullanishgan.
O b ira h m a t g‘o r m akoni Toshkent shahridan 100 km shimoli—
sharqda, 
G ‘arbiy 
Tyan— Shanning 
Chotqol 
tizmasidagi 
Paltov 
soyining yuqori sohilida joylashgan. G 'o r yoysimon shaklda boMib,
25


eni 20 metrdan ortiqroq, janubga qaragan, sathi keng, quruq va 
yorug‘. G ‘or-makon 1966-1972 yillarda R.X.SuIaymonov tomonidan 
o'rganilgan. U mustening rivojlangan va so‘nggi bosqichlariga oid.
Unda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. 
Ulardan 30 mingdan ortiq ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan turli 
mehnat 
qurollari- nukleuslar, 
paraqalar, 
o‘tkir uchli 
sixchalar, 
qirg‘ichlar, pichoqlar va kurrakchalar topilgan. Ular o‘ziga xos 
prizma shaklidagi yorma texnika, qisman levallua tipidagi texnika 
asosida ishlangan. G ‘ordan hayvon suyagidan ishlangan bigizlar 
ham topilgan. Shuningdek, gulxan izlari, kul, ko‘mir, bug‘u, tog1 
echkisi, to‘ng‘iz, jayron, g‘or sheri, arhar va boshqa hayvonlarning 
suyaklari ham topilgan. Bu erda odamlar 120— 40 ming yil 
muqaddam 
istiqomat 
qilganligi 
aniqlangan. 
Ular 
ovchilik 
va 
termachilik 
bilan shug‘ullanganlar. 
Keyingi yillarda Obirahmat 
makonini qayta 
o‘rganish natijasida u erdan so‘nggi paleolit davri 
mehnat qurolarini va 16- qatlamdan 70 ming yil oldin yashagan odam 
suyaklari (6 ta tish va kalla suyagining boMaklari ) topildi. Mazkur 
topilma bo'yicha 2004 yilda halqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 
Obiraxmat odamida neandertal va xomo sapines (zamonaviy odam) 
odamidagi xususiyatlar omuxtalashganligi va uning olamshumul 
ahamiyati qayd etildi.
Obiraxmat makonidagi mehnat qurollari o‘rta paleolitdan so‘nggi 
paleolitga o ‘tish davriga mansubdir. Bunday xususiyatga xos makonlar 
Evropa, Yaqin Sharq, Oltoy yodgorliklaridan ham topilgan. Tadqiqotlar 
natijasida olimlar, Obiraxmat odamlarining 
o‘rta paleolitdan uzoq 
tadrijiy rivojlanish orqali 
yuqori paleolit davriga o'tishgan degan 
xulosaga kelishdi.
Xo‘jak e n t manzilgohi Toshkent vohasidagi 
muste davriga oid 
g‘orturidagi yodgorliklaridan biri bo'lib, Toshkent shahridan 80 km 
shimoliy-sharqda Xo‘jakent qishlog‘i yaqinida, Chirchiq daryosining 
chap sohilidagi qoyatoshlar ostida joylashgan. G ‘or shimoli-g‘arbga 
qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4m. Makonda 1958—
1959 yillarda A.P.Okladnikov va X.Nasriddinovlar tadqiqot ishlarini 
olib borganlar. Uning madaniy qatlami g ‘oming ayrim joylaridagina 
saqlanib qolgan. Tadqiqot jarayonida makondan 524 ta tosh qurollar 
topilgan. Shulardan paraqalar 88 ta, nukleuslar 49 ta, qolganlari tosh 
uchirmalari va siniqlaridir. Topilgan qurollar levallua-muste mada- 
niyatiga xos bo‘lib, 
Obirahmat va Teshiktosh makonlaridagi mehnat 
qurollariga o‘xshashdir.
26



Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling