N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
Qo‘tirbuloq makoni 
- ochiq joydagi qarorgoh hisoblanadi. Uning 
topilishi neandertal odamning g ‘orlardan chiqib, o‘ziga sun’iy boshpana 
qura olishi va dasht m intaqalarida yashashga o ‘tganligini ko‘rsatdi. 
Makon Samarqand shahridan 100 km g‘arbda, Qattaqo‘rg ‘on tumani- 
dagi Charxin qishlog‘i yaqinidagi Zirabuloq tog‘ining shimoliy yon 
bag'ridagi Q o‘tirbuloq deb nomlangan buloq atrofidan topilgan. Uni 
dastlab Yu.F.Buryakov rahbarligidagi 0 ‘rta Zarafshon ekspeditsiyasi 
tomonidan 1971 yilda ro‘yxatga olingan. Keyinchalik uni N.Toshkent- 
boev o ‘rgangan. Bu erdan 5 madaniy qatlam topilgan. Ulardan 
10 mingdan ko‘proq tosh buyumlar topilgan. Bu topilm alar asosan 
chashma yonidan topilgan. Shuningdek, tosh qurollari va chiqindilar 
yonida gulxan izlari ham topilgan. Bu tosh qurol yasashda ibtidoiy 
odam lam ing olovdan foydalanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu 
erdan turli ov qurollari palaxmon toshi va nayzalar ham topilgan.
Q o‘tirbuloq makonidan 
topilgan qurollam ing ishlanish texnikasi 
Obiraxmat va Teshiktosh madaniyatiga o ‘xshaydi. Shuni inobatga olib, 
olimlar uni ham rivojlangan muste davriga oid deb hisoblaydilar. Lekin 
bu 
m akonda 
qurol 
yasashda 
kertish 
texnikasida 
qurollam ing 
o‘tkirlanishi bir tekisda emasligi bilan boshqa madaniyatlardan farq 
qiladi.
Arxeologlar 
Zirabuloq tog‘ tizmasining shimoliy etaklaridan va 
Zarafshon daryosining o ‘ng qirg‘oqlaridan ibtidoiy kishilarning bir 
necha qarorgohlarini ham ruyxatga oldilar. Bulam ing madaniyati ham 
Q o‘tirbuloq madaniyatiga o ‘xshash bo‘lib, ularning ko‘pchiligida 
madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Ular orasida Zirabuloq makoni 
alohida o ‘rinni egallaydi.
Zirabuloq makoni - Q o‘tirbuloqdan 1 km sharqda joylashgan. 
U ham 1971 yilda ro‘yxatga olinib, tadqiqot ishlari 1978 yillargacha 
arxeolog M .Jo‘raqulov tomonidan olib borildi. Bu erdan Q o‘tirbuloq 
makonidan topilgan tosh buyumlarga o ‘xshash buyumlar topildi. 
Bundan arxeologlar bir—biriga yaqin qo‘shni boMgan ibtidoiy odamlar 
yashagan degan xulosaga keldilar. Lekin bu erdan so‘nggi muste davriga 
oid tosh qurollari ham topilgan.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling