N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
Samarqand makoni - So‘nggi paleolit davrining
eng noyob yodgorligi hisoblanadi. U 1939 yilda geolog N.G.Harlamov tomonidan Samarqand shahridagi qadimgi Siyobcha soyi yoqasidan topildi. Makonda I.D.Lev va I.Jo‘raqulovlar 1969 yildan 1972 yilga qadar tadqiqot ishlarini olib bordilar. 2002 yilda SamDU arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan tadqiqot ishlari yana davom ettirilgan. Uning madaniy qatlamidan 7,5 mingga yaqin tosh qurollar topilgan. Ulaming aksariyati chaqmoqtosh, xalcedon, diorit, amfibolit, rogovik kabi tosh jinslaridan yasalgan. Makondan xilma xil qurollar topilgan; qirg'ichlar, keskichlar, sixlar, pichoqchalar, disksimon nukleuslar, uchrindilar, ushatgichlar, boltalar, yupqa paraqalar va boshqalar. Bular orasida hayvon terilarini ishlash uchun mo'ljallangan qirg‘ichlar, teshgichlar, suyakdan yasalgan mehnat qurollari diqqatga sazovordir. Tosh boltalar va yo‘ng‘ichlar o‘ziga xos ravishda ishlangan. 2002 yilda G.F.Korobkova makondan topilgan tosh qurollaming o ‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Jumladan, o‘zaklardan ajratib olingan tosh paraqalardan turli qurollar sifatida foydalanilgan. Tosh qurollarga dag‘al kertish usuli bilan ishlov berilgan. Tosh va suyakdan sanchqilar yasaganlar. Bu odamlarning baliqchilik bilan shug‘ullan- ganliklarini ko‘rsatadi. Makonning madaniy qatlamlaridan gulxan qoldig'i, kul, hayvon suyaklari, o‘simlik, chayla ustunlari qoldiqlari topilgan. U soy bo‘yida boMib, maydoni 100 kv m, to‘g ‘ri to‘rtburchak shaklida qurilgan. Samarqand makonini D.N.Lev 30— 35 ming yilliklarga oidligini aniqladi. Ammo keyingi tadqiqotlar, uning yoshini mil.avv. 20ming yillik bilan belgilashni to‘g ‘ri deb topmoqda. Makondan kromanon qiyofasidagi odamlarning suyak qoldiqlari topildi. Antropologlar ulaming 25 va 35 yoshli ayollarga tegishli ekanligini aniqladilar. Shuningdek, yosh bolaning oziq tishi, pastki ja g ‘ suyagi ham topilgan. Samarqand makonidan ibtidoiy odam tomonidan 5 ta maxsus belgi chizilgan hayvon qovurg‘asi qoldig‘i, maxsus teshikli dengiz chig‘anog‘i topilgan. Dengiz chig‘anog‘i zeb— ziynat bo‘lib, Hind okeani, Qizil dengiz va Fors qo‘ltig‘i hududlarida uchraydi. Chig‘anoqning topilishi 0 ‘rta Osiyo qabilalari bilan Hind okeani sohillaridagi qabilalar o‘rtasida aloqa boMganligi va bu chig‘anoqlar 34 Samarqand hududiga mahsulot ayirboshlash natijasida kelib qolganligini ko‘rsatadi. Makondan 20 ga yaqin ayollar taqinchog‘i topilgan. Umuman, Samarqand makoni yuqori paleolit davrini o‘rganishga oid qimmatbaho ma’lumotlar beradi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling