N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
G o‘rdara
g ‘or makoni - Samarqand viloyati Urgut tumani Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida G o‘rdara soyi yaqinida topilgan. Uni 1966 yilda A.Asqarov rahbarligidagi arxeologik otryad ro‘yxatga olgan va keyinchalik N.Toshkenboev tomonidan tadqiq qilingan. Bu erdan gardish shaklidagi tosh siniqlari va qirg‘ich topilgan. Uning tosh buyumlari Q o‘tirbuloq makonining yuqori qatlamidan 29 chiqqan tosh buyumlari o‘xshaydi. Lekin bu erda hali tadqiqot ishlari oxiriga etkazilmagan. Ibtidoiy odamlar hayotida tosh mehnat qurollari muhim o‘rinni egallagan. Shu sababli mehnat quroli uchun yaroqli tosh xom- ashyolarini topish ular uchun juda muhim boMgan. Ilk paleolit davrida odamlar qayroq toshlardan foydalanishgan boMsa, uning so‘nggi bosqichlarga kelib chaqmoqtoshning afzalliklarini bilib olishgan. Chaqmoqtosh tabiatda keng tarqalgani bilan birga unga ishlov berish va o ‘tkir qirra xosil qilish oson boMgan. Ibtidoiy odamlar o‘rta paleolit davriga kelganda chaqmoqtosh konlarini topib, u erlarda tosh ustaxonalarini tashkil qilganlar. Shuningdek, ibtidoiy odamlar ochiq xavoda yotgan chaqmoqtoshdan ko‘ra, uzoq yillar davomida nam tortgan chaqmoqtoshga ishlov berish osonligini ham payqab, chaqmoqtosh konlarini toshgan intilganlar. Bunday ustaxonalar nafaqat 0 ‘zbekiston hududida, balki Kavkaz, Belorussiya, Boshqirdston, Volga bo‘ylari, Ukraina va Sibirdan ham topilgan. Bunday tosh ustaxonalarini tadqiq qilish olimlarga o‘sha davr moddiy buyumlarini tadqiq qilishnigina emas, balki tosh konlar ibtidoiy urug‘ jamoalari o‘rtasida madaniy va iqtisodiy aloqa vositasi sifatida ham katta o‘rin egallaganini aniqlash imkonini berdi. Ibtidoiy odamlar tosh hom-ashyosini o ‘zaro iqtisodiy ayirboshlashda va qurol yasash tajribalarini almashinishda foydalanganlar. Bu o‘rinda muste davriga oid Qopchig‘oy, Qoratov, Ohangaron ustaxonalari qiziqarlidir. Ularni 1951-1965 yillarda Arxeologiya institutining Ya.G‘.G‘ulomov rahbarligidagi arxeologik otryadi tomonidan o‘rganilgan. Qopchig‘ay ustaxonasi - Farg‘ona shahridan 40 km janubda, Oloy tog‘ining shimoliy yonbag‘ridagi Dangi darasining ichkari qismidagi Qopchig‘oy degan joydan topilgan. U ochiq joydagi chaqmoqtosh koni hisoblanadi. U erdan topilgan tosh qurollar va chiqindilarga asoslanib tadqiqotchilar, uni muste davridan boshlab odamlar o‘zlashtirganligini ta’kidlaydilar. Bu ustaxonada A.P.Okladnikov, M.R.Qosimov ham tadqiqot ishlarini olib borishgan. Paleolit davri oid tosh ustaxonalari Navoiy viloyati Navoiy tumanida Uchtut, Ijond, Vaush va Zarafshonning qadimgi irmoqlari, Ohangaron daryosi bo‘ylarida ham mavjudligi qayd qilingan. U chtut yodgorligi Navoiy viloyati Navoiy tumani Olchin qishlogM yonidagi Qoratog‘ning janubiy qiyaligida joylashgan. 30 Yodgorlik 1958 yili arxeolog X.Muhammedov tomonidan topilgan. Keyingi yillarda uni T.Mirsoatov keng koMamda o‘rgandi. Uchtut ilk va o‘rta paleolit davriga oid ochiq manzilgoh va chaqmoqtosh xom ashyosi qazib olinadigan joy boMgan. U erdan muste davriga oid tosh qurollari, qo‘pol cho‘qmorlar, nukleuslar, uchrindi va boshqa qurollar topilgan. Tosh ustaxonalari Zarafshonning qadimgi irmoqlari, Ohangaron daryosi bo‘ylarida ham mavjudligi qayd qilingan. Ular arxeolog T.Mirsoatov tomonidan o‘rganilgan. Chaqmoqtosh konlari va ustaxonalarini keng tadqiq qilish ibtidoiy madaniyati tarixni o‘rganishda muhim manba sanaladi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling