N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jon bos-4 makoni
Daryolisoy yodgorliklari
qadimgi Zarafshon daryosining eng qadimgi o ‘zanlardan biri - D aryolisoy bo‘ylaridan topilgan makonlar hisoblanadi. Daryolisoy sohillaridan ilk neolit davriga oid qirg‘ichlar, tarashlagichlar, paraqalar va trapetsiyalar topilgan. Bu erdan boshqa joylarga xos boMmagan o ‘ziga xos shoxdor trapetsiyalar topildi. M akondan naqshli sodda sopol idishlarining parchalari ham topilgan. N eolit davri odamlari daryo sohilida makon qilib, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanganlar. N eolit davri yodgorliklari Q izilqum ning Chinkeldi, Echkilisoy, X o ‘ja Gumbaz, Qoraqat degan joylardan ham topilgan. U joylardan topilgan arxeologik manbalar Daryolisoy topilm alariga o ‘xshash boMganligi sababli uni Daiyolisoy tipidagi ilk neolit davri yodgorliklari qatoriga kiritadilar. Jon bos-4 makoni O qchadaryo qirg‘oqlaridan topilgan. Uni S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi a ’zolari o ‘rgangan. M akondan chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari, sopol parchalari, hayvon va baliq suyaklari bilan birga katta chayla qoldigM ham topilgan. Chaylada neolit davrida yong‘in boMganligi aniqlangan. U qalin loyqa ostida qolgan. Chayla yarim ertoMa shaklida boMib, uning maydoni 290kv.m (24m x 17m) boMgan. U yog‘och ustun, sinchlar bilan ko‘tarilgan. Uning tom iga ko‘ndalang yog‘ochlar tashlanib, usti qamish bilan yopilgan. Chayla sathining ko‘p joylaridan katta-kichik chuqurchalar topilgan. Bu ustun va sinchlar o ‘rnatilgan chuqurchalar boMgan. Chayla o ‘rtasida katta markaziy o ‘choq qoldigM, uning atroflaridan esa, lOOga yaqin mayda o'choqlar qoldigM, chayla atrofidan esa kul, kuygan qamish va yog‘och qoldiqlari topilgan. S.P.Tolstov hisobiga koM*a. bu erda 120— 125 odam yashagan. Jo n b o s^l katta urug‘ jam oaning makoni boMgan. 56 Jonbos-4 makonidan so‘nggi neolit davriga xos nukleuslar, nayza paykonlari, qirg‘ich, o ‘q uchlari va tosh qurollar topilgan. M akonning madaniy qatlamidan baliq, yovvoyi cho'chqa, qirg‘ovul, o ‘rdak, g‘oz tuxumlari po‘choqlari, jiyda danaklari ham topilgan. Topilgan suyaklarning 86% baliqlam ing suyaklari bo‘lib chiqqan. U erdan sopol idishlaming parchalari ham topilgan boMib, ular tuxum simon shaklda, osti yassi boMib, sopol idishlaming sirti ilon izi, archa bargi singari, romb, uchburchak, to ‘lqinsimon geometrik naqshlar berilgan. Kaltaminorliklar sopol idishlarini o ‘ziga xos tarzda yasaganlar. Ular qopga o'xshash narsaga qum solib, atrofini loy bilan shuvab chiqqanlar va quritilgan. Keyin er tandiriga o ‘xshash xumdonga bir nechtasi terilib, olov yoqilgan va xumdon og‘zi bekitilgan. Katta haroratda olov yonib, idish ichida iz qoldirgan. Shu sabab sopol buyumlari tuxumsimon shaklda boMgan, lekin idish ichi pishmasdan qolgan. Sopol ioyiga yantoq yoki qamishning toza kuli solingan. Sopol qozonlarga esa maydalangan toshlar qo‘shilgan. Jonbos-4 atrofidagi taqirlardan neolit davriga oid ikkita qabr topilgan. Marhumlar g ‘ujanak holda, ya’ni oyoq-qoMlarini bukib, ko‘milgan. Qabrlarning har xil joylaridan turli taqinchoqlar, chaqmoqtosh qurollar, sopol idishlar siniqlari va qizil bo‘yoq qoldiqlari topilgan. Bu topilmalar kaltaminor madaniyatiga xos edi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling