N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sir va xal berish
X a z a r la r g a
oid qabrlar Donda, Sim lyansk qishlogM yaqinida, Sarkelda olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqlandi. S a r k e l s h a h r i IX asrda xazarlar tom onidan asos solingan. Q al’a devori va binolar pishiq gMshtdan qurilgan. GMshtlarda ustalarning tam g‘alari bor. Ko‘p uylar yog‘ochdan qurilib ustidan loy bilan suvalgan. Bu erdan pulug tishi, don o ‘ralari, tem irchilik va kulolchilik ustaxonalari topib oM'ganilgan. Sopol idishlar kulolchilik charxida ishlangan. X asrda xazarlarni Svyatoslav enggach, dashtda olonlar va xazarlar deyarli y o ‘q boMib ketadi. X asrdan dashtni p e c h e n e g la r , keyinchalik t u r k l a r va k ip c h o q l a r egallaydi. Bu ko'chm anchi qabilalam ing izlari bizga faqat, qurolli jangchilar 140 ko'm ilgan mozor-qo‘rg‘onlardan m a’lum. Bu qo‘rg ‘onlardan topilgan q ilic h la r- qayrilgan yakka tig‘li bo‘lgan. Ularning tig ‘i tashqariga, orqa tomoni ichkariga bukilgan. Yakka tig ‘li qilichni sidirib urganda qo‘sh tig ‘li qilichga nisbatan chuqurroq botgan. Bu qilich ko‘chmanchi chorvadorlar orasida IX asrdan paydo bo‘lgan. Yaqin va 0 ‘rta Sharqda, Rossiyada XIV asrdan, G ‘arbiy Evropada XVI asrdan keng tarqalgan. Qilichdan ko‘proq engil qurollangan suvoriylar foydalanishgan. Baltika bo‘yi hududlarida ilk o ‘rta asrlar tarixi ham qabrlar asosida o'rganilgan. Mil. II—V asrlarda Latviyada m ozor-qo‘rg‘onlarga ko‘p odamlarni ko‘mish odat bo‘lgan. Shimoliy Latviya va Estoniyada esa, tosh terib ihota qilingan qabrlar rasm bo‘lgan. Qabrlam ing qaysi qabilaga mansubligini dafn uslubi va topilgan buyumlardan aniqlash mumkin. XIII asrdan Baltiqabo‘yi axolisi nem islar ta’siriga tushib qoladi. X asrdan Sharqiy Evropaning turli viloyatlarida murdalari kuydi- rilgan m ozor-qo‘rg‘onlar topilgan. Ularda mulkiy tabaqalanish yaqqol ko‘rinib turibdi. Chokarlar (drujinnik) qabrlari alohida ajralib turgan. Ular aholining zodagon tabaqasidan bo‘lib, qo‘shinning asosini tashkil etishgan va majusiylar odati bo‘yicha dafn qilingan. XI asrdan boshlab xristianlik dini qabul qilingach, majusiylar odati man qilinadi. Smolensk yaqinidagi Gnezdovo qishlog‘idan 3 mingga yaqin mozor- q o ‘rg‘on topilgan. Undagi markaziy mozor-qo‘rg ‘onning balanligi 10 metr, aylanasi 100 metr keladi. M ozor-qo‘rg‘onning tagida bir qancha m urdalar kuydirilgan gulxanlar topilgan. Gulxanlardan ajoyib qurollar, zeb ziynatlar, 0 ‘rta Osiyo tangalari (dirham), dubulg‘a, nayza, ko‘sh tig‘li shamshir, rus o ‘yma naqshi bilan bezatilgan tem ir plastinkalar va ko'm ilgan otlar topilgan. Bu m ozor-qo‘rg ‘onda knyaz dafn etilgan. Bu katta mozordan tashqari yana 700 dan ortiq m ozor-qo‘rg‘onlar ham tekshirildi. Lekin ko‘p mozor-qo‘rg‘onlar bo‘sh turibdi. Bular chetda xalok bo‘lgan jangchilarning ramziy qabrlari boMishi mumkin. Ozod xotin-qizlarning qabrlari alohida bo‘lgan. Ular orasida ham mulkiy tengizlik izlarini kuzatish mumkin. Boy tabaqa vakiilariga tegishli m ozor-qo‘rg‘pnlarga cho‘rilari va qullari oMdirib kuydirilib ko'm ilgan. Bu haqda o ‘sha davr yozm a m anbalarida ham m a’lumotlar saqlanib qolgan. Bu erdagi mozor-qo‘rg‘onlarida mehnat qurollari deyarli uchramaydi. Harbiy qurollar bor. Shamshirlarning boshi dumaloq, gulbandi to ‘g‘ri boMib, boshi va gulbandiga kumushdan naqsh berilgan. Uning yuzi enli bo‘lib, uzunligi bir metrgacha bo‘lgan. Gnyozdovadan topilgan o ‘qlar romb shaklida boMgan. Dubulg‘alari 141 kuloxsim on bo‘lib, ularni shishak deb atashgan. Qalqonlari yog‘ochdan yasalib, o ‘rtasiga tem ir qoplangan. Tem ir sovut parchalari topilgan. Sovutlar G ‘arbiy Evropada antik davr oxirlarida y o'qolib ketgan, faqatgina XII asr boshlarida salb yurishlari boshlangandan keyin yana paydo bo ‘ladi. Yaqin va 0 ‘rta Sharqda, 0 ‘rta Osiyoda doimo jangda sovutda yurishgan. G nyozdovodan slavyan yozuvi namunasi topilgan. Shuningdek, oltindan ishlagan turli buyum lar va hozirgi zamon qaychisiga o ‘xshash qaychi ham topilgan. Sharqiy Evropadagi m ozor-qo‘rg ‘onlardan topilgan buyumlar, asosan tanga pullar axolining tashqi aloqalarini aniqlashga imkon berdi. Bu erdan Vizantiya pullaridan ko ‘ra, Samarqand, Buxoro va Abbosiy halifaligining dirhamlari ko ‘p topilgan. Bu shaharlar X asrdayoq Rus bilan iqtisodiy va m adaniy aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu pullar ham asosan Rossiyaning Kiev, Smolensk va Novgorod shaharlarida ko ‘p to'plangan. 0 ‘rta asrlarda Rusda temirchilik rivojlangan. Harbiy qurollar bilan birgalikda pichoqlar ham poMatdan ishlangan. Tem ir Rusda ruddadan olingan va ulam ing tarkibida nikel boMgan. Zargarlikda XI asrdan murakkab usullarda naqsh berish takom il- lashgan. Zarxoshiya, qubba, quym a naqsh va qora kum ushga(qora kum ush-qalay, mis, kumush va jilosiz qoramtir oltingugurt qorish- masidan iborat boMadi. Unga dastlab naqsh 0 ‘yilgan keyin k o ‘zalarga qorishm a quyilgan.) naqshlari ishlangan. Sir va xal berish san’ati kashf etilgan. Kievda sirlash ustaxonasi topilgan. Unda sir eritadigan tigellar, har xil ko‘ralar, eritilgan turli rangdagi sir massalari topilgan. Hoshiyali sir quym a sir(sirlash uchun m etallning ustiga botirma chuqurchalar berilgan)ga nisbatan murakkab boMgan. Turli ranglardagi shishalardan ishlagan bilakuzuklar topilgan. Oldinlari ularni Vizantiya yoki Suriyadan keltirilgan deb hisoblashardi. Lekin keyinchalik uning Kievda ustaxonasi topilgan. Unda shisha eritadigan gilvata tigellar, buzilgan bilakuzuk parchalari va buzilgan asboblar topilgan. Rus shaharlarida IX asrlardan kulolchilik buyumlari charxda ishlana boshlagan. Kulolchilik buyumlarining shakli hamma erda bir xil boMgan. Bu slavyanlar yashagan hududning madaniy birliginidan darak beradi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling