N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
B o‘stonsaroyda asosan hukmdorlarning yaqin kishilari, vazirlar,
ularning oila a ’zolari yashaganlar. Shuningdek, bu erda turli tadbirlar - bazm va to‘y-tomoshalar, oliy martabali kishilarning tantanali uchrashuvlari oMkazilgan. Elchi va mehmonlar shu erda qabul qilingan. Samarqand shahri darvozalari 6 ta boMgan. Ulardagi peshtoqlarning ikki tarafida mustahkam minoralar boMgan, devorlari esa turli ranglar- dagi naqshlar bilan bezatilgan Rabotda turli-tuman kasbdagi hunarmandlarning mahallalari boMgan. Shahar tashqarisida Tem ur BogM Naqshi Jahon (C ho‘pon-O ta yonbagMrlarida), BogM Baland(hozir shu nomli mahalla o ‘rnida), BogM Shamol (hozir shu nomli daha oM'nida), BogM Behisht, BogM Nav (qal’a yonida), BogM Chinor, BogM Dilkusho, BogM BoMdu, BogM Z ag‘on, BogM amirzodai Shohruh, BogM Davlatobod, BogM Jahonnoma kabi bog‘ va charbogMarni bunyod qildirgan. Shahar XVIII asrning 20 yillarida shahar inqirozga uchrab, uzoq vaqt bo‘shab qoldi. Shahardagi m e’moriy yodgorliklar, jum ladan, darvozalar ham harobaga aylangan. Samarqandni arxeologik jihatdan o‘rganish ishlari XlX-asrning oxirlarida boshlangan. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Bartoldning tashabbusi bilan tuzilgan «Turkiston arxeologiya havaskorlari to ‘garagi» a ’zolari Samarqanddagi Afrosiyobni k o ‘p asrlar xazinasi deb qarab, unda keng koMamdagi arxeologik qazilma ishlarini olib bordilar. V.L.Vyatkin, N.I.V eselovskiylar o ‘tkazgan arxeologik qazilmalar natijasida turli holdagi qadimiy buyumlar topilib, muzeyga berildi. 1908 yilda V.L.Vyatkin Samarqand chekkasida joylashgan UIug‘bek 133 rasadx onasining o ‘rnini aniqladi va qazish ishiarini o ‘tkazdi. Natijada rasadxona harobasi ham da uning er ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. Keyingi davrlarda ham Sam arqand hududida arxeologik tadqiqot ishlari keng ko‘lam da davom etdi. 2001 yilda YUNESKOning Finliyandiyada o ‘tkazilgan 25-sessiyasida Jahon m erosi ro‘yxatiga kiritildi. Samarqandda 73 ta yirik tarixiy-m e’moriy yodgorliklar mavjud bo‘lib, bular; Registon ansambli, Shohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, U lug‘bek rasadxonasi, Bibixonim jom e m asjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Hoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqalar. Am ir Tem ur davrida qurilgan bino va chorbog*laming ko'pgina qismi bizning davrim izgacha saqlanmagan. Saqlanib qolganlari ham o ‘sha davr m e’m orchiligining yuksakligini ko‘rsatib turibdi. Bular jum lasiga, Shohi Zinda yodgorligi, Bibi Xonim masjidi, maqbarasi va madrasa qoldiqlari, Ruhobod (Shayh Burxoniddin Sag‘orjiy maqbarasi), G o‘ri Amir ansam blining asosiy qismi, Sharisabzdagi Oqsaroy, Jahongir maqbarasi, Sham siddin kulol maqbarasi, Turkistondagi X o ‘ja Ahmad Yassaviy xonaqohlarini kiritish mumkin. Tem uriylar davri shaharsozligini o ‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ular ko‘p asrlik m e’m oriy an’analarni davom ettirganiar. Bu davrda ham shaharlar to ‘rtburchak shaklda qurilgan bo'lib, mustahkam mudofaa devoriga, burj va darvozalarga ega boMgan. Har bir shaharda ark va hisor bo'lgan. Uning markaziy qismida, y a ’ni k o ‘chalar kesishgan joyda yopiq savdo gum bazlari bo‘lgan. Jum a masjidlari shahar bozoriga yaqin joylashtirilgan. M adrasalarning oldida ham keng inaydon tashkil qilingan. Hunarm andlarning o ‘z sohalari bo‘yicha ixtisoslashi va aholining tabaqalarga bo ‘linib yashashi shaharning daha va mahallalarga bo‘linishiga olib kelgan. Bosh ko‘chalarda hunarmandchilik va savdo rastalari boMgan. Aholining turar joylari ilk o ‘rta asrlardagidan farqli ravishda hovlili, bolaxonali va darvozali qilib qurilgan. Qurilish materiali sifatida xom g ‘isht va paxsa ishlatilgan. Pishiq g ‘isht poydevorlariga va hovlining yuzasiga ishlatilgan. Bu davrlardagi turar joylarning tuzulishi ko‘pincha o ‘sha davrda yaratilgan m o‘’ja z tasviriy san’at asarlaridan olingan. Shuning uchun oddiy aholining turar joylari haqida m a’lum otlar etarli emas. Tem ur davrida bunyod etilgan qasrlardan Shahrisabzdagi Oq saroy bir muncha saqlanib qolingan. Bu qasr Shahrisabz arki Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling