N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a
Download 6,16 Mb. Pdf ko'rish
|
peshtoq namunalari uchraydi. Maqbaraga kirish bir tom onlama, peshtoq
orqali boMib, u butun sharqiy devomi egallagan. Peshtoqning ustki qismi ravoqlar bilan bezatilgan. A rab-ota maqbarasi P.Sh.Zoxidov fikricha, oldin som oniylar qasrining bir qismi boMgan keyinchalik maqbaraga aylantirilgan. Um um an, X I-X II asrlarga oid m aqbaralar 0 ‘rta Osiyo hududida ko‘p saqlanib qolgan. Ularning qurilish uslublari bir-biriga yaqin. M aqbaralar orasida chodirsim on gumbaz bilan yopilganlari alohida ajralib turadi. Bu turdagi gum bazlar Pokiston, Xindiston va boshqa m amlakatlarda «gumbazi turkistoni» deb nomlanadi. Gumbazi turkistoni bilan yopilgan m aqbaralar turkum iga Qadimgi Toroz (hozirgi Jam bul) yaqinidagi Bobaji Xotun, K o‘hna Urganchdagi Faxriddin Roziy va Sulton Tekesh m aqbaralarini misol qilish mumkin. IX -X II asrlarda m asjidlar qurilishiga ham alohida e ’tibor berganlar, chunki u islom dinining asosiy g ‘oyaviy markazi hisoblangan. Ular xuddi turar joylardek, hovli atrofini o ‘rab olgan ayvon ko'rinishiga ega boMgan. E ’tiro f etishlaricha, Muhammad payg‘ambar, dastlab ibodatgoh sifatida onasining uyidan foydalangan ekan. M asjidlarning bir tomonida m ehrob boMib, ular ham alohida bezatilgan. Shuningdek, masjidlar yonida azon aytish uchun minoralar bunyod qilingan. Lekin ularning ko‘pchilik qismi saqlanib qolmagan. K o‘hna Urganch, Termiz, Buxoro, Vobkent va Jarqo‘tondagi minoralar bizning davrim izgacha etib kelgan. Jarqo‘tondagi minora Serakslik usto Ali ibn M uham m ad tomonidan qurilgan. Uning balandligi 21,6 m va ostki diametri 6,4 m ga teng. Devorlari yarim aylanasimon bo'rtm alar tarzida olinib, ularning yuqori qism ida ravoqchalar bilan tutashtirilgan. Buxorodagi M inorai Kalon 1127 yili qaroxoniy Arslonxon buyutmasi asosida qurilgan. Uning balandligi 45, 60 m boMib, 10 burchakli poydevor ustiga qurilgan, diametri 9 m etrga yaqin. Uni usta m e’mor Baqo bunyod qilgan. Bu minora pishiq gMshtdan bunyod qilingan boMib, uning ustki qismiga o ‘ym a naqsh bilan nihoyatda g o ‘zal, takrorlanmas bezaklar berilgan. 130 Vobkent minorasini Baqo ustoning shogirdi qurgan deb hisoblanadi. Uning balandligi 38,7m, 12 burchakli poydevor ustiga qurilgan, diametri 6,2 m. U ham pishiq gMshtdan naqshinkor qilib bezatilgan. Bu davrga oid madrasalar bizning davrim izgacha etib kelmagan. Faqat Shohi Zinda kompleksidagi Tam g‘ach Bug'raxon madrasasining qoldiqlari saqlanib qolgan. Tarixiy manbalarda uning 1066 yilda qurilganligi aytib oMilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida uning tomonlari 44x55 m boMganligi aniqlangan. Kirish tomoni sharqqa qaratilgan boMib, uncha katta boMmagan peshtoq boMgan. Uning o ‘ng va chap tom onlarida 2ta gumbazli darsxona boMgan. Hovli atrofida 10 ga yaqin hujralar, masjid va yozgi darsxonasi boMgan. Bu davrga oid karvon saroylaming ham ko‘pchiIigi yaxshi saqlan- magan. Lekin nomlari xalq orasida saqlanib qolgan. Jumladan. Toshrabot, Qo'shrabot, Oqrabot, Doya xotin va boshqalar. Odatda karvon saroylar rabotda joylashgan. Doya xotin va Raboti Malik karvon saroylari maMum darajada saqlanib qolgan. Ular orqali biz o ‘sha davrlarda karvon saroylar kanday tarzda boMganligi to‘g ‘risida xulosa chiqara olamiz. Raboti M alik karon saroyi 1078-1079 yillarda Qoraxoniy Shams ul-M ulk tomonidan qurilgan deb hisoblanadi. Bu bino xom gMshtdan qurilgan boMib, pishiq gMsht bilan pardozlangan. Devorlarining balandligi 12 m boMgan. Bugungi kunda uning peshtoqi saqlanib qolgan. Binoning old tomonining ikki burchagida minoralar boMgan. M inoralardan peshtoqqacha boMgan joylarda kungurador-yarim ustunlar joylashtirilgan. Uning usti ravoq toqlar bilan birlashtirilgan. Bino ikki qismdan iborat boMgan. Peshtoqdan ko'ngdalang joylashgan hovliga chiqilgan, uning to ‘rtala tom onida hovlilar boMgan. Hovlining to‘rida katta gumbazli saroy va xonalar boMgan. Bir paytlar Raboti M alik karvon saroyi katta kompleksdan iborat boMgan. Uning qarama-qarshi tomonida sardoba boMib, u ham hozirgi kungacha saqlanib turibdi. Download 6,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling