N. A. Egamberdieva
Uygarak m ozor- q o ‘rg‘oni
Download 11.72 Kb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-19468
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiq mozor q o‘rg‘oni
Uygarak m ozor- q o ‘rg‘oni -quyi Sirdaryo b o ‘yidagi Inkardaiyoga
yaqin bo‘lgan Uygarak tepaligida joylashgan. M il.aw . VII-V asrlarga oid 70ga yaqin m ozor q o ‘rg‘on o'rganilgan. Bu erdan yoqilgan va m a’lum bir m arosim lar bo ‘yicha ko‘milgan jasadlar topilgan. Ularning yonida sopol buyum lar, zargarlik buyumlari, ot anjomlari, bronza o ‘q uchlari va boshqalar topilgan. M ozor-qo‘rg‘onlar qadimgi davrlardayoq o ‘g ‘irlab ketilgan boMsada, o ‘sha davr madaniyati haqida darak beruvchi m ateriallar saqlanib qolgan. Tagisken va U ygarakdan topilgan moddiy buyumlar hayvoniy uslubda ishlangan dastlabki buyumlar ekanligi isbotlangan. Bu esa, Old Osiyo, Oltoy va Janubiy Sibir hududlari bilan m adaniy aloqada 0 ‘rta Osiyoning o ‘mi kattaligini isbotlaydi. Issiq mozor q o‘rg‘oni Olma-Ota shahridan 50 km sharqdagi Issiqdaryoning chap sohilidan topilgan. Uni 1972 yilda A.K.Akishev o ‘rgangan. Bu qo‘rg‘onda saklam ing kiyim - kechaklari, oyoq kiyimlari va qurollari nihoyatda yaxshi saqlangan. Bu topilm alar orqali olimlar saklam ing bayram larda kiyadigan kiyim tasvirini to ‘liq tiklaganlar. Ularning qalpog‘i, ko‘ylagi va oyoq kiyimlari oltin qadama bezaklar bilan bezatilgan. Bu erdan 4 mingdan ortiq oltin buyum lar topilgan. Skiflar madaniyati m il.aw .V II asrdan shakllana boshlagan. Skiflar dastlab ko‘chmanchi hayot kechirishgan. m il.avv.V asrdan ularning dastlabki m ustahkam langan manzilgohlari paydo boMadi. U quyi Dnepr bo‘yidagi xozirgi N ikopol yonida boMgan. m il.aw . IV asrlarga kelib, u nixoyatda tez rivojlanib, hunarmandchilik va savdo markaziga aylanadi. M il.aw . IV—III asrlarga kelib skiflarning bir qancha shaharlari boMgan- Kamensk, Elizavetovskiy va boshqalar. Skiflarning eng qadimiy q o ‘rg‘onlari mil.av. VI asrlarga oiddir. Skiflar, Gerodotning xabaricha, qilichga ham sigMnishgan, hatto unga qurbonliklar keltirishgan. Ularning qilichi temirdan yasalib, dastasining boshi yoysimon qilib qayirligan, dastaning tagi esa, kapalak qanotlariga o ‘xshash gulband q o ‘yilgan. Ammo, skiflar o ‘q-yoyni ishlatishda juda m ohir boMishgan. 0 ‘qlari bronzadan ishlangan va uch qirrali boMgan. Bunday o‘qlar ilk tem ir davrida Sharqiy Evropa, Sibir va 0 ‘rta Osiyoning juda ko‘p erlaridan topilgan. Skiflarning sopol idishlari qoMda ishlangan. Naqshi kam boMgan, tagi yassi boMib, tuiiari ko‘p boMgan. Gerodot skiflarning ko‘mish marosimini toMiq tasvirlab bergan, buni arxeologik maMumotlar ham tasdiqlaydi. S k if podshosi qaerda oMsa ham, uni Dnepming ostonalaridan pastroqdagi Gerri degan joyga olib borib ko‘mishgan. Bu joydan g‘oyat boy s k if qabrlari topilgan. Lekin ularning barisi talab ketilgan. Gerodotning xikoyasi bo‘yicha, qabrga podshoning ayollari, jangchilari, qullari, otboqarlari va otlari o ‘ldirilib birga ko‘milgan. Shuningdek, bu erda ularning diniy e ’tiqodi bilan bog‘liq turli xayvonlaming oltin haykalchalari (bug‘u tasviri ko‘plab topilgan), kumush idishlari va sopol buyumlari ham qo'yilgan. Soloxa, Chertomlik, Kuloba m ozor-qo‘rg‘onlari bularga misol bo‘la oladi. C h ertom lik m o z o r- qo‘rg‘oni - quyi D nepr bo‘yida joylashgan. Uning balandligi 20 metr, aylanasi esa 350 m etr boMgan. Chertomlik qo‘rg‘oni buyumlari skiflar davridayoq o‘gMrlab ketilgan boMsada, b a’zi narsalar saqlanib qolgan. Kamon o'qlari saqlanadigan oltidan ishlangan gMlof topilgan. Unda yunonlar xudosi Axil hayotidan tasvirlar aks etgan. Bu erdagi skif podshosi malikasining xonasi toMiq saqlangan. M alika oltinlar bezatilgan holda yotgan. Yonidan kum ush lagan va balandligi 1 m keladigan vaza topilgan. Vazada o ‘simliklar, qushlar, otlarni bezayotgan skiflar aniq tasvirlangan. Lekin bu yunonlar uslubida ishlangan. Mil.av.II asrgacha skiflarda m atriarxat tuzunii hukmronlik qilgan. Bu davrda ko‘chmanchi chorvadorlar orasida sarmatlar, keyinchalik alanlar hukmron boMganlar. Sarm atlarning qilichi 1 metr va undan uzunroq boMgan va otda chopishga qulay boMgan. Dastasi yog‘ochdan ishlangan. 0 ‘qlari esa tem irdan ishlanib. uch parrakli shaklini saqlab qolgan. Sarmatlar tom onidan siqib chiqarilgan skiflar m il.aw . II asrda Qrimga ko‘chib kelib, o ‘z davlatlariga asos solganlar. Ularning markaziy shahri Neopol boMgan. Shahar tosh devor bilan o ‘ralgan. Uylar ham toshdan yasalgan. S k if zadogonlari maqbaralari ham toshdan ishlangan. Shuningdek, qoya tosh ichiga o‘yilgan daxm alar ham topilgan. Ularning barchasi talangan boMsada, u davr to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi. Rossiya hududida mil.av VII-I1 asrlarga oid Volga, Oka daryolari bo‘ylarida Dyakovo yodgorligi va Kama bo‘yidan Ananino yodgorligi topilgan. Bu erning axolisi asosan chorvachilik (yilqichilik), qisman dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dyakovo yodgorligidan ertoMalar, tem ir o ‘roqlar, yorg'uchoqlar, urchuqtoshlar topilgan. Bu erdan asosan suyakdan ishlangan m ehnat qurollari topilgan. A nanno yodgorligidan esa katta urug‘ iste’qom at qilgan uzunasiga solingan uylar qoldigM topilgan. Ularning dafn marosimlari axoli o ‘rtasida mulkiy tabaqalanish boshlanganligini ko‘rsatadi. Boylarning qabrlarida turli zeb-ziynatlar, qurol yarogMar bor. Oddiy odam larilam ikida esa bunday buyum lar kam uchraydi, ba’zilarida esa um um an y o ‘q. Sibiming tem ir davri yodgorliklaridan Sayan va Oltoy yodgorliklari mashxurdir,bu hududlar unum dor va metallga boy boMgan. Sibirliklar tem ir bilan m il.aw . Y asrdan tanishishgan. Aholisi lalmi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Bu davrga oid ko‘plab qoyatosh suratlari saqlanib qolgan. Ularda dehqonchilik bilan bogMiq jarayonlar, axolining turmush tarzi aks etgan. Boyari to g ‘idagi suratda 3ta y og'och va bitta paxsa uy va o ‘tov rasmi solingan. Uning chap tomonida echki va bug'ulam i haydab kelayotgan cho‘pon tasviri bor. Bundan arxeologlar bu erning axolisi chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan degan xulosaga kelgan. Ularning qabrlari m o zo r-q o ‘rg‘onlar shaklida boMib, u erlarda haqiqiy mehnat va harbiy qurollar o ‘m iga ularning kichik modellari qo'yilgan. Umuman, tem ir davrida Sharqiy Evropa va Sibir aholisi yaratgan moddiy m adaniyat bir-biriga juda yaqin. Ulardagi urf-odatlar, ko‘mish marosimi shuningdek, oltin, kumush, bronza, suyakdan ishlangan deyarli barcha m ehnat qurollari, turli haykalchalar, harbiy qurollari o‘rtasidagi o 'xshashlik katta. Bu esa, ilk tem ir davrida Sharqiy Evropa, 0 ‘rta Osiyo va Sibir o ‘rtasida mustakam aloqalar boMganligidan darak beradi. Download 11.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling