qolmasdan, balki u ibodatdir. Наг bir musulmon ibodat qilmasligi
mumkin bo’lmaganidek molu dunyosi ma’lum miqdorga etgach Islom
ahlining zakot bermaslikka hech bir haqqi yo’q. Zakotni inkor qilgan
shaxs islom dinidan chiqqan bo’ladi, ammo uni farz ekanini e’tirof
etsayu, lekin amalda bajarmagan bo’lsa gunohkor bo’ladi.
Zakotni balog’at yoshiga etgan (18 yoshga to’lgan), hur va ozod
kishilar, aqli hushi joyida, mol-dunyosi, ya’ni jamg’armasi nisob
miqdoriga etgan va u shaxsiy mulk bo’lsa, 12 oy ichida biron marta ham
kamayib qolmasa, egasining kundalik ehtiyojlaridan ortiq bo’lsa, ana
shunday shaxs zakot to’laydi. Nisob - zakot berilishi shart bo’lgan
mollaming o ’lchov miqdori bo’lib, u mollarning turiga qarab turlicha
bo’ladi.
Islom quyidagi mollardan zakot olishnl tayin qilgan:
1) Tilla, kumush, qog’oz pullaridan;
2) Erdan olinadigan hosillardan;
3) Mevali daraxtlaming mevalaridan;
4) Savdo mollaridan;
5) Ghorvalardan;
6) Er osti boyliklaridan va xazinalaridan.
Bular islom tarixida Sunniylar va Shialar yo’nalishini vujudga
keltirdilar. MAZHABLAR; «Mazhab» arabcha so’z bo’lib, «oqim»,
«уо’1», «ta’limot» ma’nosini anglatadi.
99
Sunniylar. Sunniylar (sunna so’zi arabcha bo’lib, “an’anaviy
yo’l”) dunyodagi barcha musulmonlaming to’rtdan uch qismini tashkil
qiladi. Sunniylaming soni bo'yicha 1 milliard 550 milliondan ortiq odam
y ’ani Islom dinini tan oluvchilaraing qariyb 90 foizini tashkil qiladi.
Hozirgi paytda Sunniylar asosan arab mamlakatlarida, Turkiya,
Afg’oniston, Indoneziya, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Xitoy,
Bolgariya, Albaniya, Yugoslaviya, sobiq SSSR o ’midagi mustaqil
Do'stlaringiz bilan baham: |