N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik. Maxkamov Q
beshta aqida: tavhid (yakka
xudolik), adl (adolat), nubuw at (payg’ambarlik), imomat (imomlar hokimiyati) va qiyomat (oxirat kunining kelishi va o ’lganlaming tirilishi)ni tan olishdan iborat. 94 IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislami to ’plash tugallangan. To’plangan hadislar hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to’plovchi) mashhur bo’lgan. Shulardan uchtasi Markaziy Osiyo-dan chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo’lisi va mashhuri Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) dir. U Buxoroda tug’ilib, shu erda o ’z davri ilmlarini, ayniqsa, diniy bilimlarini har tomonlama o ’rgangan. So’ng o ’z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, B og’dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda ko ’p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar to ’plagan, so’ng Buxoroga qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan. Uning maqabarasi hozir ta ’mirlangan va ziyoratgohga aylantirilgan. Buxoriydan bizga juda ko ’p meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 taga yaqin katta hajmdagi asarlari mavjud. “Al- Jome’-Sahih”, “At-tarix al-Kabir”,”At-tarix as-sagir”, “Al-Adab al- Shufrad” kabilar shular jumlasiga kiradi. “Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim ikkalalarining ikki sahih kitobi paydo b o ’lgach, olimu muhaddislar juda nozik did bilan tekshirib, bahs yuritganlaridan keyin eng ishonchli ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning kitobi Qur’oni Karimdan keyin Islomning ikkinchi manbasi, “Eng oliy va eng sahih» manba deb shu ikki kitobni tasdiqladilar” 10. Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to ’rt jildli “A1 Jome’ al-Sahih” “Sahih- al-Buxoriy” nomi bilan ham m a’lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo’lib, 3450 bobni o ’z ichiga oladi. Chunki, Buxoriy 20 mingdan ortiqroq hadis to’plab, bulardan 7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy to’plamiga haqiqiy bilgan hadislamigina kiritgan. Bu kitobdagi hadislarda inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning m a’naviy yuksalishi, pokligi, donoligi, yaxshi-yomonni ajrata bilishi kabi g ’oyalar bayon etilgan. Hadislaming asosiy maqsadi: do ’stlik, adolat, o ’zaro yaxshi munosabatlami mustahkamlash, insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil Buxoriy “Sahih”ning hozir to ’rttala jildi o ’zbek tiliga tarjima qilinib, undan xalqimiz foydalanmoqda. 10 Имом Бухорий таърифи. Тошкент.-«Чулпон» нашриёти.-1996 йил. 9-бет. 95 liuxoriyning yaqin shogirdlaridan bo’lmish mashhur muhaddislardan biri Irnom Iso at-Termiziydir (824-892 yillar). Undan “Jame’ al-kabir”, “Jom e’ at-Termiziy”, “Ash-Shamoil al-Nabaviya”, “At-Tarix”, “Kitob az-Zuxd” kabi o ’ndan ortiq asarlar qolgan. Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari “Jom e’ at- Termiziy” bo ’lib, unda insonparvarlik g ’oyalari keng ifodalangan. O ’g ’irlik, zo’ra-vonlik, yolg’onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik kabi salbiy, ahloqqa zid qusurlar qattiq tanqid qilingan. Islomda mashhur bo’lgan muxaddislardan yana biri Abu Abdurahmon an-Nasoyidir (850-915 yillar). U Nisa (Turkmaniston) shahrida tug’ilib, horijiy sharq shahar-larida, xususan Misrda o ’z bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla shahrida vafot etgan. Uning “at-sunai al-Kubro” kitobi mashhur b o ’lgan. Qolgan yana uchta hadis yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi. Hadislar Qur’on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlaming ta ’lim-tarbiyasida, fiqx sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon katta ahamiyatini saqlab kelmoqda. Shariat-arabcha “to ’g ’ri yo’l”, “ilohiy belgilab berilgan y o ’l” demakdir. Shariat - islom qonun-qoidalariga, moddiy va m a’naviy hayotning barcha sohalarida musulmonlar bajarishi lozim deb belgilangan, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqarolik, ahloqiy va diniy faoliyat va hatti-harkatlar bo’yicha qonun-qoidalar va m e’yorlar majmuasidir. Shariatning harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u faqat huquq va qonunchilikka xos masalalar bilan cheklanib qolmay, u ahloq va diniy marosimchilik masalalarini ham o ’z ichiga oladi. Musulmonlar uchun bajarish farz, ya’ni majbur hisoblangan dasturlami belgilab beradi va ulaming diniy qonun tusiga kiritadi. Shuni hisobga olganda, shariatni faqat shartli ravishda diniy huquq tizimi deb atash mumkin. Shariat XIII-XII asrlar davomida asta-sekin shakllandi. Qur’on, hadis (sunna), ijmo’ va qiyos shariat manbalari hisoblanadi. Ijm o’ - diniy jam oa fikri (arabcha-ijmo’ al-umma) b o’lib, Q ur’on va hadislarga asoslangan, ammo alohida vaziyat yoki shart-sharoitni hisobga olib chiqariladigan ulamolar hukmi edi. 96 Qiyos - kengayib ketgan, ichki nizolar kuchayib borayotgan xalifalikda shariatga asos qilib olingan to’rtinchi manba edi. Qur’on va hadislardan topilmagan k o ’rsatmalar o ’m iga ulamolar bergan fatvo o ’tgan. Qiyos - mantiqiy taqqoslash yo ’li bilan biror masala b o ’yicha hukm chiqarish usulidir. Ijmo’ bilan qiyos qabul qilingach, mahalliy va markazdagi humdorlar shariatni o ’z xohish-irodalariga qo ’llash imkoniyatiga ega b o ’ldilar. Natijada islomning Muhammad payg’ambar davridagi ko’p talablari buzildi. Islomga bid’at hisoblangan yangiliklar kirib qolgan. Keyingi vaqtlarda vahhobiylar “islomni tozalash”ni talab qilmoqdalar. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling