N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/79
Sana13.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1677272
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Bog'liq
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Munozara uchun savollar
1. Mazxab nima?
2. Islom ta ’limotining mohiyati nimadan iborat?
3. Shariat nimani anglatadi?
4. Islom xuquqshunosligi deganda nimani tushunasiz?
5. Hadis ilmi qachon paydo b o ’lgan?
Adabiyotlar
1. Bobomurodov A. Islom odobi va madaniyati. Toshkent 
“C ho’lpon” 1995
2.M o ’minov A. Hammualliflikda. Dinshunoslik asoslari. Darslik. 
Т., 2004.
3. Динлар хдкида маълумот. Тошкент-2000, Буклет. 3-буклам.
4. Y o’ldoshxo’jaev va boshqalar. Dinshunoslik. 2000-2004 у.
5,Sharipov E, Ikramov I. Dinshunoslik asoslari nazariyasi va
amaliyoti. Nam. 2005.
6.М уталлиб 
Усмонов. 
Куръони 
Карим 
ва 
жаноби 
Расулулох,нинг амаллари.Т.: “Нур”. 1992 й.
7.Бадойиъу-р-ривоят.Т.: “Ёзувчи” 1995 й.
8.Поклик имондандир.Т., “Узбекистан”, 1991 й.
92


5-MAVZU: ISLOM TA’LIMOTI 
Reja:
1.Islom ta’limoti
2. Islom dinining asosiy yo’nalishlari
3. Hadis ilmi, shariat
Mavzuning o ’quv maqsadi: Ushbu mavzuda Islom dinining 
ta’limoti aqidalari bayon etilgan.
Tayanch iboralar: ta’limot, Baqara, mazhab, halifa, shariat, ijmo, 
qiyos, oqim, Sunna, Shi’a.
Muhammad payg’ambar vafotidan keyin 4 ta xalifadan Abu Bakr, 
Umar, Usmon xoshimiylar urug’idan emas edilar. Ali esa shu urug’dan 
edi. M usulmonlar orasida xalifalik hokimiyatiga faqat payg’ambar 
avlodlari egalik qilishi lozim deb hisoblaydiganlar va aksincha 
hokimiyat tepasiga payg’ambar avlodi bo ’lmagan kishilar, agar ular 
diniy jam oa tomonidan saylansa ham chiqishi mumkin degan 
musulmonlarga ajraldi-lar.
Sunniy yo’nalishdagi musulmonlar 7 ta aqidani tan oladilar:
1) yakka Allohdan boshqa xudo yo ’q, u hech kimdan tug’ilmagan, 
hech kimni tug’dirmagan. Olamni yo ’qdan yaratgan, odamlarni, barcha 
jonli va jonsiz narsalami, ins-jinslami, farishtalami foniy va boqiy 
dunyolaming egasi, u hamma narsa, hodisalami ko’rib, bilib turadi. 
Ungagina bo’ysunaman, uning to’g ’ri yo ’lidan olib borayotgan 
Muhammad payg’ambarga ishonaman, unga taqlid qilaman.
2) Farishtalarga ishonish, ulami Alloh olovdan yaratgan jonsiz, 
ko ’zga k o ’rinmaydigan ruhlar, deb tasaw u r etiladi. Farishtalar Allohga 
itoat etadilar, uning xizmatini bajaradilar, deb ishonadilar. Masalan, 
farishta Azroil jon oluvchi, Jabroil farishta Allohdan Muhammad 
payg’ambarga xush xabar keltirgan. Munkir va Nakir degan farishtalar 
vafot etganlami so’roq qilib gunoh va savobini aniqlaydi va h.k.
3) Muqaddas kitoblarga ishonish va ulardagi ko’rsatmalarga amal 
qilish. Muqaddas kitoblar: Qur’on, Hadislar, Axbor, Tavrot, Talmud, 
Zabur, Bibliya (Injillar), Tripitaka, vedalar va boshqalardir. Bundan
93


Q ur’on osmondan tushgan eng so ’nggi, eng mukammal, haqiqat va 
Allohning so’zlari bitilgan «ona kitob»dir.
4) Payg’ambarlarga 
va 
M uhammadning 
Allohning 
elchisi 
ekanligiga ishonish, Alloh, er yuzidagi barcha odamlami o ’z elchisi 
Muhammadga vahiylar orqali boshqarib, ulami to’g ’ri yo’ldan boshlab 
borish vazifasini payg’ambarga, undan keyin esa podsholarga yuklagan, 
deb tasaw ur etiladi. Q ur’onda Muhammad payg’ambardan boshqa yana 
Nuh, Ibrohim, Ishoq, Yakub, Ayub, Yunus, Muso, Xorun, Iso, Y ah’yo, 
Maryam, Dovud, Sulaymon, Y usuf kabi payg’ambarlar to’g ’risida ham 
gap boradi. Qur’ondagi ayrim suralar payg’ambarlar nomi bilan ham 
atalgan, masalan, Muhammad, Ibrohim, Y usuf kabi.
5) Oxiratdagi va boqiy dunyodagi hayotga ishonish. Qur’onda, 
oxiratda o ’lganlar tiriladi, xudo ulami so’roq qilib gunohkorlar do’zaxda 
azob tortishga, savob ish qilganlar esa jannatda abadiy rohat-farog’atda 
hayot kechirishiga hukm qilishi aytiladi. Bu dunyo foniy, ya’ni 
o ’tkinchi, aldamchi, bir lahzali, asosiy hayot esa boqiy dunyoda ekanligi 
ta ’kidlanib, har bir kishi sabr-toqatli, insofli, adolatli b o ’lib, savob 
amalar qilishi kerak, ana shundagina jannat hayoti unga nasib etadi, 
deydilar.
6) Inson 
taqdirining 
xudo 
tomonidan 
oldindan 
belgilab 
(peshonasiga yozib) qo ’yilganligi to ’g’risidagi tasavvur-lar. Bu aqidaga 
k o’ra xudo hamma narsalar ustidan, shu jumladan, odamlarning taqdiri 
ustidan ham to ’la hukmronlik qiladi. Insonda xohish va iroda erkinligi 
yo’q bo’lib, inson faqat xudo xohlaganini, peshonasiga yozilganini 
ko’radi, degan g ’oya ilgari suriladi. Bu aqida ijtimoiy munosabatlarga 
tegishli bo’lib, islom olamida ko’p tortishuvlarga sabab bo’lgan.
7) Islomning oxirgi aqidasi - bu o ’lgandan keyin tirilishga 
ishonishdir. Bu aqidaning vujudga kelishida qadim dunyodagi animizm 
va avlodlar ruhiga sig’inish dinlammg bevosita ta’siri sezilib turadi. 
Islomdagi Shia musulmonlari e ’tiqodi 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling