N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sterillash
- Avtoklav
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Tayanch iboralar:
Infeksiya - kasallik tug‘diruvchi mikroorganizimlarning odam organizimiga kirishi natijasida organizm bilan ular o‘rtasida vujudga keladigan patologik jarayon; Aseptika - xirurgik infeksiyaga qarshi kurash usuli bo‘lib, unung asosi jarohatga infeksiya tushishining oldini olishdir; Antiseptika - jarohatdagi yoki organizmdagi mikroblarni yo‘qo- tishga qaratilgan chora tadbirlar kompleksidir; Sterillash - mikroblar va ularning sporalarini yo‘qotish usullari; OITV - ortirilgan immunitet tanqisligi retrovirusi; OITS - ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi - virus qo‘zg‘a- tadigan fojiali yuqumli kasallik; Avtoklav - bosim va bug‘ bilan sterillash usulini amalga oshiruv- chi maxsus sterillash apparati; Steril stol - sterillangan stomatologik asbob-uskunalar va bog‘lov materiallarini steril holda saqlanishini ta’minlash uchun hamshira tomonidan tayyorlanadigan stol. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: Infeksiya deganda nimani tushunasiz? Aseptika deb nimaga aytiladi? Aseptika qanday tadbirlarni o‘z ichiga oladi? Sterillash deb nimaga aytiladi? Sterillashning qanday turlari bor? Sterillash qanday ahamiyatga ega? Antiseptika deganda nimani tushunasiz? Antiseptikaning qanday turlari mavjud? Aseptika qoidalariga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? OITV qanday virus? OITS qanday kasallik? OITS kasalligining qo‘zg‘atuvchisi qanday nomlanadi? OITSni yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak? Qaysi asbob-uskunalar qaynatib sterillanadi? Sterillashning avtoklavlash usuli qanday amalga oshiriladi? Quriq issiqlik bilan sterillash jarayonini bilasizmi? Sovuq usulda sterillash uchun qanday kimyoviy eritmalardan foydalaniladi? Foydalanilgan stomatologik asboblarga avtoklavlash usulida qanday ishlov beriladi? Steril stolni kim tayyorlaydi? Steril stolni qanday tayyorlanadi? BOB STOMATOLOGIK BEMORNI TEKSHIRISH USULLARI Tekshirish usullarining maqsadi bemor kasalligining aniq tashxi- sini qo‘yish. Tekshirish usullari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: so‘rov, ko‘rik, yordamchi tekshirish usullari, laboratoriya tekshirish usullari. So‘rov. So‘rov tekshirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. So‘rov vaqtida quyidagilarni aniqlash lozim: bemorning shikoyatini, hozirda va avvalda kechirgan kasalliklarini, ish faoliyati tarzini va og‘riq xa- rakterini. So‘rov bemor shikoyatlarini aniqlashdan boshlanadi, ya’ni og‘riq qachon paydo bo‘lganligi, qanday ta’sirlardan zo‘rayishi yoki susayishi va og‘riqning davomliligi aniqlanadi. Og‘riqning xarakteri tashxisni aniqlashda va solishtirma tashxis o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Tish-jag‘ tizimidagi kasalliklar organizmdagi ko‘pgina somatik kasalliklar bilan bog‘langan holda kechishi mumkin. Shuning uchun so‘rov vaqtida avvalda va hozirda kechayotgan kasalliklarni aniqlash zarur bo‘ladi. Shuningdek shu kasalliklardan qanday davolan- ganligi ham ahamiyatli. Bemorning ish faoliyati tarzini aniqlash ham muhim o‘rin tutadi. Sababi ayrim zararli ta’sirlari bor bo‘lgan kor- xonalarda xizmat qiladigan xizmatchilarda stomatologik kasalliklarni rivojlanishi kuzatiladi. Masalan, kislotalar bilan ishlaydigan korxona xizmatchilarida tish qattiq to‘qimalarining nokariyesli nuqsonlari kuza- tiladi. So‘rov vaqtida bemorning tovushiga ham e’tibor berish lozim. So‘rov dastlabki tashxisni aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling