N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet10/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Qaynatib sterillash. Bu usul bilan to‘liq metalldan tashkil topgan asboblar sterillanadi. Qaynatishda cho‘kma hosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida sterilizatorga distillangan suv va natriy bikorbanatning 1% eritmasi solinadi.
Sterillashning avtoklavlash (bosim va bug‘ bilan sterillash) usu- lini maxsus sterillash apparatida amalga oshiriladi. Avtoklavda steril- lashni 120-130°C haroratda 1,1 va 2,0 kg/sm2 ostida olib boriladi. Av- toklavda jarrohlik asboblari, choyshablar, korroziyaga chidamli met all qotishmalaridan tayyorlangan apparat qismlari, shisha idishlar, rezinali mahsulotlar (qo‘lqop, drenaj) sterillanadi.
Quriq issiqlik bilan sterillash. Bu usulni qo‘llash uchun quriq issiqlik beradigan maxsus apparatdan foydalaniladi. Quruq issiqlik bilan jarrohlik asboblari, kesuvchi asboblar sterillanadi. Sterillash 40 daqiqa mobaynida olib boriladi. Belgilangan vaqtning 25 daqiqasida metall asboblar qizisa 15 daqiqasida zararsizlanadi. Jarrohlik asboblari, shisha idishlar 180°C 1 soat mobaynida, agar 160°C harorat bo‘lsa 2 soat mobaynida sterillanadi.
Sovuq usulda sterillash. Bu usul bilan kesuvchi asboblar va sto- matologik oyna sterillanadi. Buning uchun ularni 96% spirtga 2 soatga solib qo‘yiladi. So‘vuq sterillash uchun 1% xloramin, 6% periks vodorod, 3% formalin, 1% xlorgeksin va boshqa eritmal ardan foyda- laniladi.
FOYDALANILGAN STOMATOLOGIK
ASBOBLARGA ISHLOV BERISH

Foydalanilgan stomatologik asboblarga ishlov berish uchun yuvuv- chi eritma solingan idish, dezinfeksiyalovchi eritma solingan 2ta idish, cho‘tkalar, distillangan suv solingan idish, qon borligini aniqlash sina- malarini o‘tkazish uchin reaktivlar va yuvuvchi vositalar kerak bo‘ladi.
Stomatologik asbob-uskunalar avtoklavlash usulida quyidag icha sterillanadi:

  1. Foydalanilgan asboblar cho‘tka bilan dezinfeksiyalovchi eritmali idishga solib yuviladi;

  2. Qondan tozalangan asboblar dezinfeksiyalovchi eritmali ikkinchi idishga solinadi;

  3. 5 daqiqa davomida suvda yuviladi;

  4. Yuvilgan asboblarni 45-50°C li yuvuvchi eritmali idishga 15-20 daqiqaga botirib qo‘yiladi;

  5. So‘ng 3 daqiqa davomida oqar suvda yuviladi;

  6. Distillangan suvda chayiladi;

  7. Quruq issiqlik shkafida 85-90° C temperaturada quritiladi;

  8. Sinamalar o‘tkaziladi;

  9. Quritilgan asboblar bikslarga joylanadi;

  10. Biksning yon teshiklari ochib qo‘yiladi;

  11. Bikslar avtoklavga joylanadi;

  12. Avtoklav qopqog‘i zich qilib yopiladi, bug‘ chiqarib yubori- ladigan jo‘mrakni ochiq qoldirib, boshqa jo‘mraklar berkitiladi va qozon qizdiriladi;

  13. Avtoklav kamerasiga bug‘ kirganida bug‘ o‘tkazadigan jo‘mra- gidan havo chiqadi. Havoni bug‘ bilan shu tariqa haydab chiqarish 2,0 kg/sm bosim ostida, 132°C haroratida, 20 daqiqa davomida olib boriladi.

STERIL STOLNI TAYYORLASH
Steril stolni tayyorlash uchun stomatologik xonaning hamshirasi qo‘llarini yuvib steril rezinali qo‘lqop kiyadi. Qo‘lqopdagi talk yuq- larini ketkazish uchun 96 gradusli spirt bilan artadi. Honada steril oqliklar solingan biksni ochib asboblar turadigan maxsus stolga steril kleyonka, ustidan ikkiga buklangan steril choyshab yozadi. Choyshab- ning ichki tomoniga stomatologik asbob-uskunalarni va bog‘lov mate- riallarni terib chiqadi. Choyshabning ustki qismi joylangan asbob- uskunalar ustiga yopib qo‘yiladi.
Hozirgi vaqtda stomatologik xonalarda steril stol vazifasini bajara- digan maxsus apparatdan foydalanilmoqda.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling