N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


M.M. Axmetjanov - pedagogika fanlari nomzodi, professor


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Adizova

M.M. Axmetjanov - pedagogika fanlari nomzodi, professor 
 
 
 
 
 
 
O’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabr 441-sonli burug’i bilan 
nаshrgа tаvsiya etilgаn. Qayd etish raqami 441-018 
 
 
 
 
 
 
 
ISBN 978-9943-7791-8-1 
 
 
 



KIRISH 
 
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan yangilanish, 
modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari 
jumladan, oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan 
yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va ko’nikmalarini 
shakllantirishni, o’z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya 
yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo 
etmoqda. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini hozirgi kun 
talablari asosida tayyorlashda “Ona tili o’qitish metodikasi” fani ham 
ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o’rinni egallaydi.
Zamonaviy 
ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga 
qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy 
mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, 
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. 
Mamlakatimizda 
pedagog 
kadrlarni 
tayyorlash 
jarayonini 
modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari
ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim 
mazmuni va o‘qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 
Bo‘lajak pedagog mutaxassislarni zamon talablari asosida aqliy,
axloqiy, intellektual, estetik va jismoniy jihatdan komil inson sifatida 
tarbiyalash “Ona tili o’qitish metodikasi” fanining ustuvor vazifalardan 
biri hisoblanadi. Mazkur fan orqali bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchilar 
ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodga yuksak ma’naviy-
axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga doir ilmiy-nazariy, amaliy-metodik 
bilimlar, zarur ko‘nikma va malakalar hajmini, o‘qituvchi shaxsida 
namoyon bo‘lishi lozim bo‘lgan umumkasbiy va shaxsiy fazilatlarni 
muvaffaqiyatli egallashlari kerak. 
O’quv qo’llanmada ona tili o’qitish metodikasining umumiy 
asoslari, darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida 
xorijiy ta’lim tizimida foydalanish, shuningdek boshlang’ich sinf ona 
tili va o’qish darslarida axbarot texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida 
innovatsiyalar va interfaol usullardan foydalanishning yo’l va usullari 
ko’rsatib berilgan. 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling