N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Adizova

gilos 
qovun 
qalampir 


10 
 
Bu so‘zlardan o‘xshatish hosil qilish uchun o‘quvchilar ular orasidagi 
o‘xshah belgini bilishi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilar 
bilan quyidagicha savol-javob o‘tkazadi: 
O‘qituvchi: – O‘quvchilar, odam qo‘yga nimasi bilan o‘xshashi 
mumkin? 
O‘quvchilar: –Yuvoshligi bilan? 
O‘qituvchi: – Demak, qo‘y va odam so‘zlari ishtirokida qanday 
o‘xshatish qilish mumkin? 
O‘quvchilar: – Qo‘yday yuvosh odam deyish mumkin. 
O‘qituvchi: – Tosh kaftga nimasi bilan o‘xshaydi? 
O‘quvchilar: – Silliqligi bilan. 
O‘qituvchi: – Suv shishaga nimasi bilan o‘xshaydi? 
O‘quvchilar: – Tiniqligi bilan. 
O‘qituvchi: – O‘quvchilar yoqut nimaligini bilasizlarmi? 
O‘quvchilar javob berolmasa, o‘qituvchi yoqutning nimaligini 
tushuntiradi: Yoqut ‒ qizil rangli qimmatbaho tosh. (Yoqutning rasmini 
ko‘rsatadi.) 
O‘qituvchi: – Gilos yoqutga nimasi bilan o‘xshar ekan? 
O‘quvchilar: – Qizilligi bilan. 
O‘qituvchi: – Qovun asalga nimasi bilan o‘xshaydi? 
O‘quvchilar: – Shirinligi bilan. 
O‘qituvchi: – Qalampir zaharga nimasi bilan o‘xshaydi? 
O‘quvchilar: – Achchiqligi bilan? 
3. Nuqtalar o‘rniga quyida berilgan o‘xshatishlardan mosini qo‘yib 
yozing. 
1. Ko‘m-ko‘k Shohimardon tog‘lari … tovlanadi. 2. … yigit ketmon 
bilan yer ag‘daryapti. 3. Azim bilan Sobir … qadrdon. 4. Nasiba … 
qizarib ketdi. 4. Sinfda bolalar … g‘uvullaydi. 5. Dengiz botib 
borayotgan quyosh nurlaridan … tovlanadi. 6. Qahhor aka bu tog‘larni 
… biladi. 7. Kema … chayqaladi. 8. Buloqdan … tiniq suv oqib chiqadi. 
9. Osmonda yulduzlar … sochilib ketgan, juda ko‘p edi.
10. Nafisaning yuzi … oqarib ketdi. 
Foydalanish uchun o‘xshatishlar: ayiqday baquvvat, aka-ukadek
beshikday, anorday, ariday, besh qo‘lday, billurday, zumratday, 
atlasday, bodroqday, bo‘zday. 
4. Berilgan matndagi gaplarga quyidagi o‘xshatishlardan mosini kiritib 
yozing. 


11 
O‘lkamizga … bahor kirib keldi. Janubdan … turnalar uchib keldi. 
Daraxtlar oq, pushti … ga burkandi. Qir-u dalalarga … . Daryo va 
anhorlarda suvlar … oqmoqda. Osmonni tez-tez … bulutlar qoplaydi 
va … yomg‘ir quyadi. 
Foydalanish uchun o‘xshatishlar: tuya karvonidek tizilib, harirday 
yopinchiqlar, kelinchakdek bezanib, toychoqday pishqirib, yashil gilam 
to‘shalganday, sevinchi-dan yig‘laganday, qalin ko‘rpaday. 
5. Quyidagi o‘xshatishlardan foydalanib gap tuzing. 
Dumdek ergashib yurmoq, durday tishlar, yelday uchmoq, yelimday 
yopishmoq, zilday og‘ir, zig‘irday kichik, ipakday mayin, kamalakdek 
tovlanmoq, kaftday tekis, kelinchakdek bezanmoq, kiyikday chaqqon, 
ko‘z qorachig‘iday asramoq, marjonday tizilmoq. 
6. Quyidagi so‘zlarni o‘xshatish yo‘li bilan tasvirlang. 
Namuna: qovun ‒ asalday shirin qovun 
Soch, suv, husayni, yostiq, it, ko‘z, havo, qorin, pichoq, bug‘doy. 
7. Quyidagi o‘xshatishlarni to‘ldiring. 
Namuna: Qorday oppoq ko‘ylak. 
Qorday…, toshday…, shamolday…, shishaday…, tandirday…, 
xumday…, buzoqday…, oltinday…, kumushday…, yoqutday…, 
asaldek…, itday…, onaday …, osmonday…, otning qashqasiday …, 
ota-onaday …, ohanraboday … . 
8. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar oldidan o‘xshatish keltirib 
yozing. O‘lkamizga saxovatli kuz kirib keldi. Daraxlar bargi sariq 
tusga kirdi. Salqin kechalar, ertalab maysa ko‘katlar, dov-daraxtlar 
bargini bezaydigan shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda. 
Ariqlardagi suv tiniq bo‘lib qoldi. 
Kuzning birinchi oyi mevalar, sabzavot mahsulotlari, qovun-tarvuzlar 
serob bo‘lishi bilan dillarga quvonch baxsh etadi. Daraxtlarda noklar, 
shaftolilar, olmalar, toklarda uzumlar tovlanadi. Polizlardan pishgan 
qovunlarning hidi anqiydi. 
Bu davrda paxta dalalari ham o‘ziga xos manzara kasb etadi.
Paxtalar ochiladi 
Maktabda o‘quvchilar nutqini o‘stirishga ona tili o‘qitishning 
asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o‘stirish faqat ona tili va o‘qish 
darslarininggina emas, balki o‘quv rejasidagi barcha fanlar 
(tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula 
darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarning 
ham vazifasidir. 


12 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling